Ijtimoiy fanlar ” kafedrasi falsafa



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə19/433
tarix24.10.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#160352
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   433
Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq-www.hozir.org

Metodologik funksiyasi 

u yoki bu maqsadga erishishning muayyan usulini, shuningdek, borliqni 

nazariy va amaliy o‘zlashtirishga qaratilgan usullar yoki amallar majmuini anglatadi 
(bu

tushuncha yunoncha «methodos» – «yo‘l»,«tadqiqot», «tekshirish» so‘zidan kelib chiqqan).


Boshqacha qilib aytganda, bu faylasuf yoki olim o‘zi o‘rganayotgan predmetning tadqiqot yo‘lidir. 

Falsafaning integrativ funksiyasi 
real borliqning yangi ob’ektlari va hodisalari insonning nazariy
tadqiqotlari sohasidan o‘rin olishi, shuningdek, ilgari ma’lum darajada anglab etilgan narsalar va 
hodisalarni yanada chuqurroq o‘rganish uchun birlashishga ehtiyoj.

Falsafaning madaniy funksiyasi 
odamlar dunyoqarashini kengaytirish, ularda bilishga qiziqish 
uyg‘otish, nazariy fikrlash madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish orqali namoyon bo‘ladi. U
dunyoni o‘zlashtirish va bilishning universal shakli sifatida, insoniyatning eng yaxshi yutuqlarini 
o‘zidamujassamlashtiradi va ularni butun insoniyat mulkiga aylantiradi. Turli mamlakatlar va
xalqlarning falsafa tarixini o‘rganish ularning o‘tmishdagi va hozirgi madaniyatini yaxshiroq 
tushunish imkonini beradi, g‘oyalar almashinuvi va madaniy an’analarning o‘zaro ta’siriga
ko‘maklashadiki, bu madaniy meros bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan ko‘pgina muammolarni echishda 
muhim ahamiyat kasb etadi


Falsafaning aksiologik funksiyasi 

(yunon. «axia» – «qadriyat») 
hayotning ma’nosi, o‘lim va 
umrboqiylik masalalarini kun tartibiga qo‘yish, u yoki bu harakat, voqea, hodisaga «yaxshi»,
«yomon», «muhim», «foydali», «foydasiz» kategoriyalari bilan baho berish orqali namoyon 
bo‘ladi.

Falsafaning axloqiy funksiyasi 
odamlarning u yoki bu jamiyatda qaror topgan munosabatlar 
ta’sirida shakllanuvchi xulq-atvori. Bunda, masalan, axloqiy qadriyatlar, ularning tabiati, asoslari
va jamiyatdagi amaliy rolifalsafaning tadqiqot predmeti hisoblanadiki, bu jamiyatda yuzaga 
keladigan va tabiiy yo‘l bilan, ya’ni real hayot amaliyotida o‘rnatiladigan me’yorlar va qoidalarga
sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi. Bunday me’yorlar ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi 
muhim dastak hisoblanadi va odamlarning o‘zaro aloqalari, ularning munosabatlari, o‘zaro til
topish darajasida namoyon bo‘ladi. Xulosa qilib aytish mumkinki, falsafa doimo axloqda, 
jamiyatning barcha a’zolari xulq-atvorida namoyon bo‘ladi va shu tariqa yana bir muhim funksiya
– axloqiy funksiyani bajaradi.




Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   433




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin