1-MAVZU: FALSAFA FANINING PREDMETI, MAZMUNI VA JAMIYATDAGI ROLI
16
Dunyoqarashni shakllantirish funksiyasi
insonning o‘z-o‘zini va o‘zini qurshagan borliqni
tushunishi, shuningdek, turli voqealar, hodisalarni va o‘z burchini qanday talqin qilishida
namoyon bo‘ladi.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilganidek, inson dunyoqarashida e’tiqodlar va bilimlar,
tuyg‘ular va emotsiyalar, oqilonalik va irratsionallik, tajriba, intuitsiya va hokazolar chambarchas
bog‘lanadi.
Falsafaning gnoseologik funksiyasi
tajribada sinash, tavsiflash yoki shak-shubhasiz inkor etish
mumkin bo‘lmagan, ya’ni fan ochib berish, tadqiq etish va tahlil qilishga qodir bo‘lmagan
narsalar va hodisalarni oqilona yo‘l bilan tushuntirishga harakat qilishdir
. Falsafa u yoki bu
mohiyati
aniqlanmagan yoki
kam o‘rganilgan hodisalarni tushuntirishga nisbatan o‘z
yondashuvlari, nazariyalari va gipotezalarini taklif qilar ekan, ularni bilishga bo‘lgan
qondirilmagan
qiziqish o‘rnini muayyan darajada to‘ldiradi, shu tariqa mifologik va diniy
fantaziyalarga kamroq o‘rin qoldiradi. Falsafa gnoseologiyada
hal qiladigan boshqa
bir muhim
vazifa «Haqiqat nima?» «Uning mezonlari qanday?» degan masalalar bilan bog‘liq, zero har
qanday bilish jarayoni oxir-oqibatda, u yoki bu tarzda haqiqatning tagiga etishga qarab mo‘ljal
oladi, bu esa eng muhim masaladir.
Dostları ilə paylaş: