Ijtimoiy fanlar ” kafedrasi falsafa



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə241/433
tarix24.10.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#160352
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   433
Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq-www.hozir.org

EVDEMONIZM
– (yunon. eudania–rohat–farog‘at, baxt–saodat) –axloq –odobning 
gedonizmga yaqin uslubiy tamoyili. E. antik dunyo axloqiy nazariyalarida to‘liq ravishda namoyon
bo‘lgan. (Demokrit, Sokrat, Aristotel). Baxtga intilishni e. axloq–odobning mezoni va inson 
axloqiy xatti–harakatining asosi deb hisoblaydi, shaxsiy baxtga intilish – individualistik e. ijtimoiy
baxtga intilish – sotsial e. dey.adi.
XVIII asr fransuz materialistlari (Gelvetsiy, Didro) qarashlarida ham e.g‘oyalari mavjud edi.
Ular inson baxti – har qanday jamiyatning va har qanday foydali inson faoliyatining tub 
maqsadidir, deb chiqqan edilar. Evdemonistik etika o‘z faolligi va insonparvarligi bilan xristianlik
etikasidan beqiyos yuqori turadi, chunki u oxiratda emas, balki erda baxtga erishishga da’vat etadi.
Evdemonistlar inson ham ma’naviy, ham jismoniy sog‘lomlikka intilsa, o‘zining va
o‘zgalarning barcha ezgu xususiyatlarining shakllanishiga yordam bersa hamda bu bilan 
zamondoshlar va kelajak avlod obro‘–e’tiboriga sazovor bo‘lsa bunday insonni baxtli va komil
deb e’tirof etganlar.
Baxt ob’ektiv prinsip bo‘lishi mumkinmi, alohida individlarga ularning xohish istaklari,
qiziqishlari, ehtiyojlari va insoniy jamiyatlari turli xil bo‘lishiga qaramasdan har biriga axloqiy 
mutanosiblik berish imkoniyatiga egami, degan savollar ularni qiziqtiradi. E. bu savollarga ijobiy
javob beradi va baxtni xulq-atvorning axloqiy prinsipi darajasigacha ko‘taradi.
E.ning muhimligi faqatgina xulqni asoslash usuli hamda xulqni to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqaga
qo‘yishda va baxtga bog‘liqligida emas. Xulqning o‘zi birinchi navbatda tashqi muhitdan qabul 
qilingan hissiyotlar bilan bog‘lanuvchi qadriyat, shuningdek lazzatni xis qilish, qalbiy komfort,
fikr va harakatlarning ezgulikka doir obraziga hamrohlik qiluvchi tushuncha sifatida alohida 
tushuniladi.
E.ning ijtimoiy xususiyatlarini Bentam ishlab chiqqan. Alohida individning barcha ezgu 
faoliyati qanchalik ko‘p kishilarni baxtli qilishi darajasi bilan ahamiyat kasb etadi. Sotsial e.ning
mohiyati jamiyatdagi barcha kishilar baxtiga intilish bilan izohlanadi. Davlat va uning barcha 
institutlari, ularning tadbirlari va qonunlari mana shu buyuk maqsad yo‘lidagi vosita, xolos.
Ijtimoiy e. oxir–oqibat, utilitarizmga olib keladi.





Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   433




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin