Ijtimoiy fanlar ” kafedrasi falsafa


-MAVZU. TABIAT VA TEXNOGEN SIVILIZATSIYA ESTETIKASI



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə300/433
tarix24.10.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#160352
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   433
Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq-www.hozir.org

17-MAVZU. TABIAT VA TEXNOGEN SIVILIZATSIYA ESTETIKASI

247
bizga faqat o‘tloqning bir parchasini, o‘zi «tanlab olgan” qisminigina, «tanlangan» ranglarnigina 


ko‘rsatishi mumkin. Yoki musiqa san’atiga aylangan tabiatni, deylik, Sayfi Jalilning dutorda ijro


etilgan «To‘rg‘ay» kuyini bir-ikki, boringki, o‘n-o‘n besh marta eshitsangiz, huzur qilasiz, estetik 
zavq olasiz, biroq uni har kuni tinglasangiz, u kuy qanchalik buyuk san’at asari bo‘lmasin,
joningizga tegadi. Jonli to‘rg‘ayning sayraganini esa, yillar davomida har kuni eshitsangiz ham, 
har gal zavq olasiz. SHu sababli estetikada tabiatni ham nosan’at, ham san’atga aylangan estetik
ob’ekt sifatida ikki yoqlama ilmiy yondashuv orqali o‘rganish maqsadga muvofiq.
San’atga aylangan estetik ob’ekt sifatida tabiat deyarli barcha san’at turlarida va janrlarida
o‘z aksini topadi. Boshqacharoq aytganda, tabiatni
«o‘rganish», «tushunish» barcha san’at turlariga xos. Masalan, badiiy adabiyotda hikoyadan –
romangacha, she’rdan – dostongacha tabiat manzarasi tasvirlanmaydigan biror janrni topish 
mumkin emas. O‘rik daraxtining to‘rt fasldagi holati, ko‘klamdagi gullagan, yozda barg yozib,
meva qilgan, kuzdagi oltin rangiga kirgan, qishda yalang‘och, shoxlari nayzaga o‘xshagan 
ko‘rinishlari badiiy adabiyotda ham, rassomlikda ham o‘z ifodasini topgan. O‘zbek xalq kuyi
«CHo‘li iroq»da fojiaviylikni, Betxovenning «Oydin sonati»sida inson qalbi evrilishlarining, 
xayolga cho‘mgan quvonchning ifodasini ilg‘aymiz. Me’morlikda yaproqlarning peshtoqlardagi
xandasaviy jilvasi, haykaltaroshlikdagi go‘zal kiyikning tasviri deysizmi, xullas, tabiat barcha 
san’at turlarida badiiy asarni go‘zallashtirib, ulug‘vorlashtirib turuvchi omil bo‘lib xizmat qiladi.
Xulosa qilib shuni aytish lozimki, tabiat estetikasini «ekologik estetika» doirasiga tiqib 
qo‘yish mumkin emas, uni texnika yoki mehnat estetikasidan keyin turadi, degan gaplar asossiz.
U bugungi kunda san’atdan keyingi eng qamrovli tadqiqot ob’ektiga ega bo‘lgan, muhimlardan 
muhimroq estetik nazariya turidir, uning «hurmatini joyiga qo‘yish” vaqti allaqachon kelgan.
Ko‘rib o‘tganimiz – tabiat estetikasi bizni hozir avvalgi davrlarga qaraganda ancha olisdan 

o‘rab turgan biologik muhitning hayotimizni go‘zallashtirishdagi, umuman, estetiklashtirishdagi


ahamiyatini tadqiq etsa, uni insonni «tabiiylashtirish» vositasi sifatida olib qarasa, texnika 
estetikasi, aksincha, bugungi kunda bizga eng yaqin bo‘lgan noosferani – texnikaviy muhitni
muntazam «insoniylashtirib» borish muammolarini o‘rganadi.
Inson doimiy ravishda ravnaq topib boradigan mavjudot, uzoq davom etgan insoniy
taraqqiyotning mahsuli, ya’ni, tosh asridagi va hozirgi odam, garchand ikkalasi ham odam deb 
atalsa-da, bir-biridan farq qiladi. Zamonaviy odam aqlan, axloqan nisbatan yuksak darajaga
ko‘tarilgan, jismonan esa, – go‘zallashgan. Texnikani ana shu go‘zallashgan inson yaratgan. Shu 
o‘rinda imom G‘azzoliyning inson va uning ijodiga nisbatan aytgan: «Yaratilgan yaratganiga
o‘xshaydi”, degan so‘zlarini yana bir bor eslaylik. Alloh insonni yaratib, uni o‘ziga o‘xshashini 
istasa, inson ham o‘z ijodi mahsulining o‘ziga o‘xshash bo‘lishini xohlaydi. Texnika inson
ijodining mahsuli sifatida inson qanchalik nozik, qanchalik aqlli, qanchalik go‘zal bo‘lsa, shunga 
qarab o‘zgarib boradi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, so‘nggi ikki asr mobaynida, ayniqsa, XX asrda inson 
tafakkuri, uning jisman va axloqan taraqqiyotidan ilgarilab ketdi. Chunki tafakkur, vujud va
axloqdan farqli o‘laroq, narsalarga aylanish xususiyatiga ega. Narsaga aylangan tafakkur tinimsiz 
ravishda yangi, o‘zidan yuksakroq narsaga aylanadigan tafakkurni taqozo etadi, u esa, o‘z
navbatida yana yangi narsani yaratadi va shu tarzda tafakkur olg‘a qarab boraveradi. Bu, biz, 
odatda, hisobga olmaydigan qonuniyat. Chunki tafakkurning nima ekani, u qanday qilib moddiy
jarayonlarni o‘zgartirishi hozircha noma’lum, vaholanki u biologik hodisa emas. «Tafakkur 
energiya shakli emas, – deydi akademik V.I.Vernadskiy. – Qanday qilib u moddiy jarayonlarni
o‘zgartira oladi? Bu savolga ilm hozircha javob topgan emas»
55
. Nima bo‘lganda ham, 

tafakkurning ravnaqqa qarab taraqqiy qilib borishi isbot talab qilmaydigan haqiqat. Ana shu


55


Вернадский В.И.

Начало и вечность жизни. М., «Советская Россия», 1989. С. 185.






Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   433




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin