17-MAVZU. TABIAT VA TEXNOGEN SIVILIZATSIYA ESTETIKASI
258
etib saylanishiga, hatto o‘zining ham geografiyadan ilmiy ishlar qilishiga sabab bo‘ldi, ko‘pdan-
ko‘p olimlarning ilmiy kashfiyotlariga turtki berdi.
Tarbiyaviylik - san’at uchun ustuvor vazifa.
Tarbiyachi sifatida san’at
inson
hissiyotlariga ta’sir qiladi, estetik kechinmalar uyg‘otadi va shu orqali bizda ezgulikdan yovuzlikni
farqlay bilish ko‘nikmasini shakllantiradi. Bu jarayon ikki yoqlama ta’sir tufayli ro‘y beradi.
Birinchisi –
bevosita, ikkinchisi– bilvosita. Birinchisi – to‘g‘ridan-to‘g‘ri
didaktik usul orqali
amalga oshiriladigan tarbiya. Bunda san’at asarining o‘zi, shakli va mazmuni bilan, butunisicha
nasihat ruhidagi tarbiyaga qaratilgan bo‘ladi. Misol tariqasida SHayx Sa’diyning «Guliston»,
Ahmad YUgnakiyning «Hibbat ul-haqoyiq» pandnomalarini, Maxtumqulining she’rlarini,
Ezopning masallarini keltirish mumkin. San’at tarbiyaviyligining ikkinchi, bilvosita tomoni real
hayot tajribasi sifatida asardan idrok etuvchi o‘ziga «yuqtirgan», ya’ni qalb prizmasidan o‘tkazib,
o‘zi uchun zarur deb qabul qilgan axloqiy-estetik qadriyatlar bilan bog‘liq.
Bunda san’at
asari ijtimoiylashgan badiiyat, undagi qahramon g‘oyaviy-badiiy
yaxlitlik tarzida
tarbiyaviy rol o‘ynaydi.
Dostları ilə paylaş: