Ijtimoiy fanlar ” kafedrasi falsafa


-MAVZU. FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə46/433
tarix24.10.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#160352
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   433
Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq-www.hozir.org

3-MAVZU. FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI:


G‘ARB 


FALSAFASI 

38
Zlatoust (347-407) edi. Uning 640ta da’vatlaridan ko‘pchiligi avliyo Pavel nomalarining sharhi 


edi. Uning asarlarida injilni amaliy qo‘llash sof ahloqiy masalalar bilan qorishib ketgan.


G’arbda eng yirik cherkov otalaridan biri «Pok» degan unvonga sazovor bo‘lgan Avreliy 
Avgustin (354-430) bo‘lib hisoblanadi. U faylasuf va islohiyotchi bo‘lgan. Avgustin o‘z hayotini
episkoplikka, tadqiqotchilikka, adabiyotga bag‘ishlaydi. U 100 ga yaqin kitob, 500 ta da’vat va 
200 ga yaqin nomalar yozadi. Uning o‘sha davrdagi eng mashhur asarlaridan biri «Sig‘inish» 401
yilda yozilgan. Bu asarda u o‘zining xristianlikkacha bo‘lgan hayotini yozadi. Muqaddas kitob 
«Bibliya» oyatlari ramziy — timsoliy bayon qilinadi. U mushriklik falsafasini qoralaydi.
Uningcha, bu falsafa insonni xristian dinichalik hech mahal haqiqatga olib kelmaydi. Avgustin 
bahs shaklida boshqa (dialog) falsafiy asarlar yozgan.
«Sxolastika»- so‘zi yunoncha «shkola»dan («shola») olingan bo‘lib, «o‘qish joyi»,»maktab» 
ma’nolarini anglatadi. Buyuk Karl saroyida o‘qituvchilik qilganlarni, yoki umuman saroy
maktabidagi o‘qituvchilarni sxolastlar deb ataganlar. Shuningdek, dinni o‘rganishda falsafani 
tatbiq qilgan o‘rta asr olimlarini ham sxolastlar deb ataganlar. Sxolastikani ma’lum darajada
ilohiyotni aqlga moslashtirish, dinni tafakkur yordamida quvvatlashga bo‘lgan intilish deb ham 
baholash mumkin. O‘sha davrda ilohiyotni muqaddas kitoblar aqidalari asosida emas, balki
falsafiy nuqtai nazardan tadqiq qilish toqozo qilinardi. Sxolastlarning maqsadi e’tiqod aqlga 
muvofiqmi degan savolga javob byerish bo‘lgan.
Realizm. Uning yirik vakillaridan biri Angelm Ketterberiyskiy (1038-1109) dir. U Shimoliy 
Italiyada tug‘ilgan, 1093 yilda Ketterberiysk shahrining arxiepiskopi etib tayinlanadi. Angelm
o‘zining ikki asari bilan mashhur.
Birinchisi «Monopoliya» — xudoning borligini sabab oqibat munosabatlari tizimida isbot
qilish. Bu isbot — kosmologik isbotning shakli sifatida shunday talqin qilinadi: inson hayotda ko‘p 
ne’matlardan foydalanadi. Bu ne’matlar esa eng oliy ilohiy ne’matlarning aksidir. Ular orqali
hamma narsalar mavjuddir. Uzluksiz tanazzulni tasavvur qilib bo‘lmagani sababli, hamma 
narsaning bir sababchisi bo‘lishi kyerakki, biz uni xudo deb ataymiz.
Britaniyada tug‘ilgan P. Abelyar (1079-1142) juda yoshligidanoq o‘z bilimi bilan mashhur edi.
Abelyar — mo‘‘tadil realistdir. Uning ta’kidlashicha, reallik yoki univyersaliy dastlab xudo aqlida
mavjuddir, undan keyin narsalarning o‘zida mavjuddir va nihoyat, odamlarning ongida mavjuddir. 
Abelyar «Men e’tiqod qilish uchun bilaman» degan g‘oyani ilgari surgan. Ya’ni bilmaydigan,
bilimsiz kishidan ko‘ra, din va uning asosiy tamoyillarini yaxshi o‘rgangan kishi abzal. Bunday 
kishi aqidaparast emas, balki o‘zi bilgan narsaning qadrini biladigan insondir.
Foma Akvinskiy (1224-1292) mo‘‘tadil realizmning yana bir yirik vakili bo‘lib hisoblanadi. 
Foma o‘sha davr uchun Arastu natur falsafasini ilohiyot bilan birlashtirishga harakat qilgan. Bunda
u mo‘‘tadil realizm pozitsiyasida turgan va sxolastikaning eng yirik namoyandasi bo‘lgan. Uning 
fikricha, natural falsafada tafakkur va Arastu mantiqiy ta’limoti yordamida xudo mavjudligi
haqidagi haqiqatga yerishishi mumkin.
Fomaning «Ilohiy summalar» asari 3000 maqoladan iborat bo‘lib, 600 masalani yoritishga
bag‘ishlangan. U ilohiyotning sistemali bayon qilinishi vazifasini bajaradi. «Ilohiy summalar»ning 
birinchi qismi xudoning mavjudligi va borlig‘i masalasida bahs yuritadi. Ikkinchi qismi «xudoga
qarab harakat» haqida hikoya qiladi.
Akvinskiy ta’limoticha, dunyo erarxik narvondan iboratdir. Uning eng quyi qismida yer va
4 elementdan iborat bo‘lgan hamma narsalar mavjuddir. Odam ruhi xudo va moddiy dunyo 
o‘rtasidagi joyni egallaydi. Dunyoviy jamiyat tepasida esa, papa boshchiligidagi ilohiy davlat
turadi. Yerdan uzoqlashgan sari u ilohiylashib boradi. Sayyoramiz dunyosinning tepasida 




Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   433




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin