4-MAVZU. BORLIQ – FALSAFANING FUNDAMENTAL KATEGORIYASI
58
jism sifatidagi evolyusiyasini esa nafaqat tog‘ jinslari yoki qit’alar tarixi, balki minerallar, foydali
qazilmalar, keyinroq esa, oliy shakllar darajasigacha rivojlangan jonli mavjudodlarning paydo bo‘lishi
ham tasdiqlaydi.
4. Substansiya tushunchasining mohiyati.
Falsafa tarixida o‘zining mavjudligi uchun o‘zidan
boshqa hech narsaga muhtoj bo‘lmagan birinchi asosni ifodalash uchun «substansiya» (lot.
«substantia» – «mohiyat», «asos») kategoriyasi qo‘llaniladi.
Ilk falsafiy yo‘nalishlarning vakillari
barcha narsalar asosini tashkil etuvchi moddani birinchi asos sifatida tushunganlar. Odatda, bunday
asos sifatida o‘sha davrda umumiy e’tirof etilgan birinchi stixiyalar: er,suv, havo, olov yoki fikriy
konstruksiyalar, «birinchi g‘ishtlar» – apeyron, atomlar qaralgan. «Avesto»da birlamchi substansiya
olov deb atalgan. Keyinchalik
substansiya kategoriyasi o‘zgarmas, nisbatan barqaror va hech narsa
bilan bog‘liq
bo‘lmagan holda mavjud o‘ta keng asosga aylandi. Inson idrok etadigan dunyoning
butun
rang-barangligi va o‘zgaruvchanligi substansiya bilan bog‘lana boshladi.Bunday asoslar sifatida
falsafada asosan materiya, Xudo, ong, g‘oya, flogiston,
efir va shu kabilar amal qilgan.
Substansiya
g‘oyasidan turli falsafiy ta’limotlar dunyoning birligi va uning kelib chiqishi haqidagi masalaga o‘zlari
qanday javob berishiga qarab har xil foydalanadilar.
Monizm
(yunon. «monos» – «bitta», «yagona») dunyoning narsalar va hodisalar rang-barangligi bir
substansiyadan iborat degan ta’limot
. Dunyoning kelib
chiqishi va mohiyati haqidagi hozirgi ilmiy
tasavvurlar, shuningdek, birinchi
asos muammosiga nisbatan falsafa tarixidagi eng salmoqli
yondashuvlar kurashi
nuqtai nazaridan substansiya tabiatini tushunishga nisbatan ancha keng tarqalgan
ikki yondashuv – materialis tik va idealistik monizmni qayd etish lozim.
Dostları ilə paylaş: |