4-MAVZU. BORLIQ – FALSAFANING FUNDAMENTAL KATEGORIYASI
57
«yangi o‘ziga xos xususiyati»dan
foydalanish imkonini amalda ta’minlaydi . Inson faqat o‘z tasavvuri
bilan cheklanadigan sun’iy tarzda yaratiluvchi virtual olamlar orasida yashay boshlaydi. Bunday
dunyoni yaratish mumkinmi? Biz o‘zimizda kiborglarni kashf etamizmi yoki faqat ongning
kompyuterlar modellashtiruvchi muhit doirasidagi hozircha ifodalash mumkin bo‘lmagan
holatlarining tajribasinimi – buni kelajak ko‘rsatadi. Bu yaqinlashayotgan va kompyuter ekranlari
yorug‘i bilan o‘ziga chorlayotgan holatlarni qanday baholash hamda tavsiflash mumkin? Hozirgi
zamon odamining haqiqiy bo‘lmagan, g‘ayriinsoniy zombi holatidagi mavjudligi borliqni inkor etish
demakdir. U shaklan boshqacha borliq, mazmunan esa yo‘qlik sifatida amal qiladi. Borliqning
yuqorida sanab o‘tilgan turli shakllari bugungi kunda fanga aniq ma’lum bo‘lgan, kuzatish, o‘rganish,
tahlil, nazorat va hokazolar predme bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha narsalarni o‘z ichiga oladi. Ayni
vaqtda dunyo fan va inson aqli anglab etmagan jumboqlar va mo‘‘jizalarga to‘ladir. Ammo bu hol
borliq haqidagi hozirgi tasavvurlar o‘z kuchini yo‘qotadigan qandaydir o‘zga dunyolar mavjudligidan
dalolat beradi, deb aytish uchun etarli asoslar mavjud emas.
Xullas, «borliq» kategoriyasi o‘ta umumiy falsafiy abstraksiya bo‘lib, u turli-tuman tabiat hodisalari