Ijtimoiy fanlar ” kafedrasi falsafa



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə76/433
tarix24.10.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#160352
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   433
Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq-www.hozir.org

Harakat tiplari
. Fanda ob’ektiv borliq narsalari va hodisalari 


harakatining ikki asosiy tipi: progress 

va regress 
farqlanadi. Ularning biri materiya, energiya, axborotning makonda siljishi bilan bog‘liq 
bo‘lib, harakatlanuvchi

narsalar o‘z muhim xossalarini o‘zgartirmasligi, ya’ni o‘z sifatini 


yo‘qotmasligi

bilan tavsiflanadi. Bular miqdor o‘zgarishlari, makondagi ko‘chishlar yoki o‘rin

almashuvidir. Bunga yurib ketayotgan odam, qorong‘i osmon fonida projektor nurining harakati va 
hatto xayolda ayrim ob’ektlardan boshqa ob’ektlarga o‘tish misol bo‘lishi mumkin. So‘nggi zikr
etilgan holda fikrning muayyan (masalan, formal mantiq nuqtai nazardan to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri) 
yo‘nalishdagi harakati to‘g‘risida so‘z yuritiladi.Ammo harakatning qayd etilgan tipi dunyoda yuz
berayotgan o‘zgarishlarning butun rang-barangligini qamrab olmaydi. Aksariyat hollarda ular 
narsalarning ichki strukturasidagi qayta qurish bilan birga kechadiki, bu dastlabki narsa sifatlarining
o‘zgarishi va u butunlay boshqa narsaga aylanishiga sabab bo‘ladi.

Harakat shakllari
. Harakat shakllarini tasniflashda qaysi tamoyillarga rioya qilinishiga qarab bunday
shakllarning har xil miqdori farqlanadi. Masalan, 


XIX asrda materiya tashkil topishining turli 

darajalariga asoslanib,materiya harakatining besh asosiy shakli: mexanik, fizik, kimyoviy, biologik va


ijtimoiy harakat qayd etilgan
. Harakatning mazkur shakllari bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, bunda
har bir keyingi harakat o‘zidan oldingi harakatdan kelib chiqadi, unga asoslanadi, biroq, shunga 
qaramay, quyi shakl bilan bog‘lanmaydi.

Harakatning murakkab shakllarini soddaroq shakllarga 

bunday bog‘lashga urinishlar falsafa tarixida «mexanitsizm», «reduksionizm» (lot. «reductio» – 

«ortga surish») degan nom olgan, harakat ijtimoiy shakllarini biologik shakllar darajasigacha 

soddalashtirish biologizatorlik konsepsiyalarida mavjud. 





Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   433




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin