Ijtimoiy fanlar ” kafedrasi falsafa


Qarama-qarshilik birligi nima?



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə92/433
tarix24.10.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#160352
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   433
Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq-www.hozir.org

Qarama-qarshilik birligi nima? 

Birinchidan, qarama-qarshiliklar birligi – bu ularning uzviyligi. 
Har bir qarama-qarshilik boshqa bir qarama-qarshilikning mavjudlik sharti hisoblanadi. Ular 



5-MAVZU. OLAMNING UNIVERSAL ALOQALARI VA RIVOJLANISH. FALSAFANING QONUN VA 


KATEGORIYALARI 

72
alohida-alohida mavjud

bo‘lishi mumkin emas (agar qarama-qarshiliklardan biri yo‘q bo‘lsa, 
ularning

ikkinchisi ham yo‘q bo‘ladi). Ikkinchidan, qarama-qarshiliklar birligi ular birbirini taqozo 


etgan va bir-biriga o‘tgan holdagina muayyan mazmun kasb etadi. Har qanday qarama-qarshilik
o‘zida mavjud bo‘lmagan, lekin boshqa qarama-qarshilikda mavjud bo‘lgan jihatga muhtoj 
bo‘ladi. Ular bir-biri bilan o‘zaro ta’sirga kirishadi. Qarama-qarshiliklar bir-biriga ta’sir ko‘rsatish
orqali bir-biriga o‘tadi. Bu qarama-qarshiliklar makonda bir-biridan ajratilgan,turli jinsli hodisalar 
sifatida mavjud bo‘lmasligini, ularning har biri o‘zida boshqasining muayyan jihatini
mujassamlashtirishini anglatadi (masalan, o‘quv jarayoni o‘qituvchi va talablar mavjudligini 
nazarda tutadi).Qarama-qarshiliklarning qarshi harakat («kurash»)ga doir munosabati nima?
Qarama-qarshiliklar bir-birini taqozo etar va rivojlanar ekan, biri boshqasiga «beparvo» 
bo‘lmaydi, balki bir-biriga o‘zaro ta’sir ko‘rsatadi. Ularning o‘rtasida qarshi harakat, kurash
boradi. Uning mohiyati yagonalikka barham berishdan iborat. Qarama-qarshiliklarning har biri 
ikkinchisini o‘zidan itarib chiqaradi, undan xalos bo‘lishga harakat qiladi. SHunday qilib, qarama-
qarshiliklar kurashi qarama-qarshiliklar bir-birini inkor etgan, bir-birini istisno qilgan holda yuz 
beradi. Qarama-qarshiliklar birligi narsaning barqarorligini aks ettiradi va nisbiy, o‘tkinchi
hisoblanadi. Qarama-qarshiliklarning kurashi mutlaq xususiyat kasb etadi, u hech qachon 
to‘xtamaydi.

Ziddiyatlar 

– narsa yoki hodisa qarama-qarshi tomonlarining bir-birini istisno etish va birbiriga 



o‘tish munosabatlaridir. Ziddiyatlar borliqning barcha hodisalari va jarayonlariga xos bo‘lib, 

o‘zgarish va rivojlanishning manbai, harakatlantiruvchi kuchi sifatida amal qiladi. Ayni shu 

sababli ziddiyat dialektik ziddiyatlilik qonunining mohiyatini yoritib beruvchi bosh kategoriya 

hisoblanadi. Ziddiyat – bu qarama-qarshiliklar munosabatigina emas, balki ularning tarqalish 

jarayoni hamdir. SHu tufayli ham, Gegel g‘oyalariga asoslanib, ziddiyat tarqalishining quyidagi 

bosqichlari (fazalari) farqlanadi: ayniyat, tafovut, qarama-qarshilik, ziddiyat va asos (ya’ni 

ziddiyatning echilishi). 

Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   433




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin