Ijtimoiy fanlar ” kafedrasi falsafa


-MAVZU. OLAMNING UNIVERSAL ALOQALARI VA RIVOJLANISH. FALSAFANING QONUN VA



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə96/433
tarix24.10.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#160352
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   433
Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq-www.hozir.org

5-MAVZU. OLAMNING UNIVERSAL ALOQALARI VA RIVOJLANISH. FALSAFANING QONUN VA 


KATEGORIYALARI 

75
har qanday predmet muttasil o‘zgarishda bo‘ladi. Hech narsa boqiy emas. Butun borliq qachondir 


paydo bo‘lgan va qachondir halok bo‘ladi. Dunyo o‘zgaradi va ayni zamonda o‘zligini saqlab


qoladi, o‘z-o‘ziga nisbatan ayniy bo‘ladi.


Me’yor – 
predmet borlig‘ining chegarasi. U 


miqdor va sifatning shunday bir birligiki, bunda 

muayyan sifat faqat muayyan miqdor bilan bog‘liq. 
Me’yor –bu miqdor ko‘rsatkichlari yoki 
o‘zgarishlarining tegishli sifat mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan muayyan oralig‘i hamdir. Me’yor
– bu shunday bir chegaraki, unda miqdor o‘zgarishlari narsaning sifatiga putur etkazmaydi. Gegel

fikricha, «Hamma narsa o‘z me’yoriga ega, ya’ni miqdor jihatidan aniqdir


16
» Masalan, vodorod 

peroksidi va suv bir-biridan molekulalardagi kislorod atomlarining miqdoriga ko‘ra farq qiladi.


Huquqiy, axloqiy va estetik hodisalar tavsifida me’yor tushunchasi normativlik xususiyatini kasb 
etadi. «Aynan «ko‘proq» va «kamroq» orqali engiltaklik me’yori buziladi va butunlay boshqa
narsa – jinoyat namoyon bo‘ladi, aynan «ko‘proq» va «kamroq» orqali adolat haqsizlikka, fazilat 
nuqsonga o‘tadi
5
». Masalan, huquqda qilmishning ijtimoiy xavflilik darajasi va jazo chorasi 

o‘rtasidagi muvofiqlikka rioya etiladi. Me’yor tushunchasida miqdor va sifat xossalarining o‘zaro


aloqasi aks etadi. Tabiatda kuzatiladigan narsalarning bir holatdan boshqa holatga o‘tishi dunyo 
evolyusiyasining muhim va keng tarqalgan mexanizmlaridan birini aks ettiradi. Me’yor
tushunchasi evolyusiya tendensiyalarini aniqlash, turli tizimlarning o‘tmishi va kelajagi xususida 
gipotezalar tuzish imkonini beradi. Miqdor sifat jihatidan bir jinsli hodisalarning muayyan
ob’ektiv ko‘rsatkichi bo‘lib, u mazkur hodisalarning kattaligini, mavjudlik muddatini va umuman 
hodisa yoki uning ayrim tomonlari rivojlanishining faollik darajasini tavsiflaydi.SHunday qilib,
narsa va hodisalar sifat va miqdor xususiyatlariga ega bo‘ladi. Ammo narsalar va hodisalarning bu 
tomonlari o‘rtasida uzviy aloqa mavjud emasdek, ularning biri ikkinchisiga bog‘liq emasdek bo‘lib
tuyulishi mumkin. Lekin amalda bunday emas. Miqdor va sifat o‘rtasida dialektik aloqa mavjud: 
muayyan sifatni aks ettirmaydigan miqdor mavjud emas va shu bilan bir vaqtda miqdorsiz sifat
ham yo‘q. Mazkur sifatga qo‘shimcha tarzda doim qandaydir emas, balki muayyan miqdor javob 
beradi. Biz, masalan, uzunligi
Amudaryo ustida qurilgan ko‘prikning uzunligiga teng bo‘lgan stolni ko‘rmaganmiz. 

Miqdor va sifat o‘zgarishlarining o‘zaro bog‘liqligi haqidagi qoida umumiy ahamiyat kasb etadi. 


U atrof borliqning barcha narsalari va hodisalariga nisbatan o‘rinli, ya’ni dialektika qonuni


kuchiga ega. U quyidagicha ta’riflanadi: m


iqdor va sifat o‘zgarishlarining bir-biriga o‘tishi 

qonuni narsaning


miqdor va sifat tomonlarining shunday bir o‘zaro aloqasini aks ettiradiki,


uning 

ta’sirida miqdor o‘zgarishlari me’yor chegarasidan chetga chiqib, albatta tub sifat 

o‘zgarishlariga sabab bo‘ladi, bu sifat o‘zgarishlari esa, o‘z navbatida, yangi miqdor 

ko‘rsatkichlariga olib keladi. 
Bu qonunga muvofiq rivojlanish

bir-biridan farq qiladigan, lekin 


o‘zaro bog‘langan ikki bosqich – uzluksizlik va uzluklilikning birligi sifatida yuz beradi.
Rivojlanishda uzluksizlik – bu juda sust, ko‘zga ko‘rinmas miqdor o‘zgarishlari bosqichi. 
Rivojlanishda uzluklilik sakrash deb ataladi.

Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   433




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin