Ijtimoiy fanlar fakulteti psixologiya kafedrasi shukurullayeva madina muhammadjon qizi


Nutq nuqsoniga ega bo’lgan bolalar psixologiyasining shakllanish tarixi va xozirgi davrdagi ko’rinishi



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə14/22
tarix23.04.2022
ölçüsü0,66 Mb.
#56134
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
Shukurullayeva Madina Dissertatsiya tahrirlangan

1.2. Nutq nuqsoniga ega bo’lgan bolalar psixologiyasining shakllanish tarixi va xozirgi davrdagi ko’rinishi.

Nutq buzilishlarining paydo bo'lishi ko'p hollarda biologik va ijtimoiy omillarning o'zaro murakkab la'siri bilan bog'langan bo'ladi. Nutq buzilishlarini samarali logopcdik tuzatish uchun buzilishning har bir alohida holda buzilish etiologiyasi, mcxanizmlari, alomatlarini aniqlash, yetakchi buzilishlarni ajratib ko'rsatish, nuqson tuzilishidagi nutqiy va nutqsiz belgilarning o'zaro munosabatlarini aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Nuqson, avvalo, ma’lum yo’nalishdagi irsiy hamda ortirilgan belgilar asosida yuzaga keladi. Buni asosan nutq buzilishi etiologiyasida to’liq yoritilgan.

“Etiologiya" termini grekcha so'zdan olingan bo'lib, (etio — sabab, logos — fan, o'rganish) sabablarni o'rganuvchi fan ma'nosini bildiradi. Sababiyat muammosi qadim-qadimdan insoniyat e'tiborini o'ziga qaratib kelgan. Sabablar haqidagi fan sifatida etiologiyaning rivojlanishi tibbiy va tabiiy fanlar qatorida umumiy ilmiy taraqqiyot bilan uzviy bog‘liqdir19. Bundan tashqari "etiologiya" tushunchasining o‘zi falsafiy kategoriyalardan biri bo‘lib hisoblangani sababli, falsafaning rivojlanishiga uning ham aloqasi bordir. Yirik patafiziolog I.V. Davidovskiyning tadqiqotlari bu muammoni hal qilishga katta hissa qo'shdi. Uning yozishicha: "Har qanday asl mazmun sabablardan boshlanib keladi, ya'ni kazuallik va determenizm tushunchalaridan boshlanadi. Bu ikki bir-biriga bog'liq, biroq har xil tushunchalar ikki tomonlama talqin etiladi20.


Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin