Ijtimoiy fanlar fakulteti psixologiya kafedrasi shukurullayeva madina muhammadjon qizi


Nutqi buzilgan bolalarda tasviriy faoliyat



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə13/22
tarix23.04.2022
ölçüsü0,66 Mb.
#56134
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22
Shukurullayeva Madina Dissertatsiya tahrirlangan

Nutqi buzilgan bolalarda tasviriy faoliyat. Nutqida nuqsoni bor bolalarda motorikaning buzilishi tez-tez kuzatiladi, hamda har qanday faoliyatning tashkiliy nuqtasi hisoblanuvchi taktil-motor hissiyotlari rivojlanishining yetishmasligini kuzatiladi. Bu buzilishlar bolalarning tasviriy ijodga bo‘lgan qobiliyatlariga ta’sir qiladi. Alalik bolalarda suratlar mavzusi qisqa va mavzularning ko‘p marta qaytarilishi, narsa va hodisalarni tasvirlash usullarining yo‘qligi, konstruksiya qilish va yopishtirish usullarining kambag‘alligi, qaychidan foydalanishni bilmaslik va boshqalar. Va hatto, oddiy, texnik usullarni egallagan bolalar, mashg‘ulotlarga yetarlicha qunt, iroda va e’tibor qaratmaydilar. O‘zining va begonalarning ishlariga tanqidiy munosabat bildirish ham pasayadi. Nutqida nuqsoni bor bolalar uchun o‘quv faoliyatining o‘ziga xosligi xarakterli. Masalan, duduqlanuvchi bolalar uchun o‘quv ishlarining sifati uning oqib o‘tuvchi sharoitiga bog‘liqligi xosdir. O‘rganib qolingan sharoitni o‘zgartirish nobarqaror faoliyatga, diqqatni tarqatishga olib keladi. Vazifalar bilan bog‘liq bo‘lgan bir faoliyat turidan ikkinchi faoliyat turiga o‘tish qiyinchiliklar tug‘diradi. Intellektual va iroda kuchlarini talab qiluvchi vazifalarni bajarishda berilgan ish ko‘rinishidan oldin o‘rgangan odatdagi ishga o‘tishi kuzatiladi. Ba’zilarida, o‘zining va begonaning ishlarini ham natijalarini mustaqil nazorat qilolmaslik kuzatiladi. Bolalar qiyinlik bilan bosma yozuvda yozilgan matnni solishtirib zo‘rg‘a xatolarini topadilar va namunani tahlil qiladilar. Bu bolalar mashg‘ulotlarda muayyan og‘irliklarni boshlaridan kechiradilar, shaxsiy javobini o‘ylab olishi va kerakli misollar tayyorlashi, o‘rtoqlari javobini kuzatishi, ularga noto‘g‘ri javoblarini tuzatishda yordam berishi kerak. Ular ta’lim jarayonida o‘z xatolarini, o‘rtoqlarining xatolarini e’tiborga olmaydilar,dialogni «rollar bo‘yicha» o‘qishda «o‘z» so‘zlarini vaqtida o‘qimaydilar, ba’zida boshqa kishilarning so‘zini qaytaradilar. Duduqlanuvchilar uchun ularning umumiy tashkilotchiligida faoliyatning mustahkam emasligi, boshqa ishga o‘tishning bo‘shligi, o‘z-o‘zini nazorat qilishning pastligi ko‘rinmasligi mumkin: ular qiyinlik bilan ishga «kirishadilar», buning uchun yetarli hissiy-iroda harakatini sarfamaydilar. Darslarga tayyorlanish vaqtida bunaqa bolalar vazifalarni bajarishni mexanik tarzda olib boradilar, o‘qilganni takrorlab emas, yodlab olishni afzal biladilar.

Nutq buzilishi bo‘lgan bolalar bilan psixologik korreksiya o‘tkazish jihatlarining ahamiyatli tomoni shundaki, bunda nutq nuqsoniga ega bo‘lgan bolalar psixologiyasi nutq nuqsoniga ega bo‘lmagan bolalar psixologiyasidan birmuncha farq qiladi. Nutq buzilishlari sababi deganda — organizmga tashqi yoki ichki zararli omilning ta'sir etishi yoki ularning o'zaro aloqasini tushunish mumkin, qaysiki bu, nutq buzilishi xususiyatini aniqlaydi. Psixokorreksion tadbirlar rivojlanishdagi og‘ishlarni to‘g‘irlashga yo‘naltirilgan. Shu tufayli bir necha dolzarb savollar katori tug‘iladi:

- Rivojlanishdagi og‘ish deganda nimani tushunish kerak?

- Psixologik korreksiyani amalga oshirish uchun qanday ko‘rsatmalar bor?

- Korreksiyaning vazifalarini aniqlashda ma’suliyatni kim o‘z bo‘yniga oladi va qaror qabul kiladi?

- Korreksiyani samaradorligini kim va nimaga asoslanib baholaydi?

Korreksion ishning amaliyotida rivojlanishdagi qiyinchiliklarni turli sabablarini keltirishadi. Bular bir qatol model ko’rinishida ifodalanadi:

1. Biologik model-rivojlanishdagi og‘ishlarni kelib chiqishini organik yetilishdagi tempning sekinlashishi bilan izohlaydi.

2. Tibbiy model-rivojlanishdagi qiyinchilik, muammolarni anomal rivojlanish sohasiga olib chiqadi.

3. Interaksionistik model-rivojlanishdagi muammolarni paydo bo’lishi uchun, xususan, muhitning defitsiti, bolaning sensor va ijtimoiy deprivatsiyasi tufayli, muhit va shaxs o‘rtasidagi munosabatlarini buzilishining ahamiyatini alohida qayd etib o‘tadi.

4. Pedagogik model-og‘ishlarning sababini pedagogik va ijtimoiy qarovsizlikda ko‘radi.

5. Faoliyat modeli-sabablar boshida yetakchi faoliyat va yosh bosqichi uchun tipik faoliyat turlarini shakllanmaganligini qo‘yadi.

Korreksion ishning maqsadlarining qo‘yilishi to‘g‘ridan to‘g‘ri psixik rivojlanishning nazariy modeli bilan bog‘liq.

Korreksion maqsadlar qo‘yish sohasida uchta asosiy yo‘nalish belgilangan15:

1.Rivojlanishning ijtimoiy holatini faollashtirish, yaxshilash.

2. Bolaning faoliyat turlarini rivojlantirish.

3. Yosh-psixologik yangilanishning shakllanishi.

Chet el psixologiyasida bolaning rivojlanishidagi qiyinchiliklar sababini shaxsning ichki strukturasining buzilishida (Z.Freyd, M.Klayn va x k.) yoki muhit buzilganligida, yoki ikkala sabab birlashganda ko‘rishadi. Bundan kelib chiqqan holda ta’sir ko‘rsatishning maqsadlari shaxs uyg‘unligining va psixodinamik kuchlarning balansini tiklashda deb tushuniladi, yeki bolaning xulq-atvorini yaxshilash uning muhitini o‘zgartirish va yangi xulq-atvor shakllarini o‘rgatish orqali erishiladi deb aytiladi.

Korreksion ishning texnikasi va usullarini tanlanishi uning maqsadlari bilan aniqlanadi. Maqsadlarni aniqlashda quyidagi qoidalarni hisobga olish kerak:

1. Korreksiya maqsadlari negativ shaklda emas, pozitiv shaklda tuzilishi kerak. Maqsadlar aniqlanishi «emas» so‘zi bilan tuzilmasligi lozim, ta’qiqlovchi xarakterga ega bo‘lishi mijozni rivojlanishini imkoniyatlarini tashabbuslarini chegaralovchi bulishi mumkin emas. Korreksiyaning maqsadlarini aniqlashning negativ shakli tuzatish kerak bo‘lgan xulq-atvor xususiyatlarning ta’rifidan iborat. Pozitiv shakli mijozda shakllanishi kerak bo‘lgan xususiyatlarni o‘z ichiga oladi.

2. Korreksiya maqsadlari real tuzilishi kerak. Agar maqsadlar real holatdan uzoq tuzilgan bo‘lsa, unda psixokorreksion dastur foydadan ko‘ra shaxsga katta zarar keltirishi mumkin.

3. Umumiy maqsadlar qo‘yilganda shaxs voyaga yetishining yaqin va uzoq rivojlanishini hisobga olish kerak. Nafaqat shaxsni korreksiya tugagan vaqtidagi ko‘rsatkichlari, balki keyingi vaqtda bo‘ladigan rivojlanish bosqichlaridagi o‘zgarishlarini ham qamrab olish kerak.

4. Esda tutish kerakki korreksion ishning samarasi ancha uzoq vaqt davomida namoyon bo‘ladi. Korreksion ish jarayonida, uning tugashida va nihoyat, taxminan yarim yil o‘tgandan keyin korreksion ishning muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsizligi haqida gapirish mumkin16. Logopedik-rivojlantiruvchi ishlarining asosiy yo`nalishlari korreksion muassasalarda ta’limning nutq kamchiliklariga ega bo`lgan bolalarni tarbiyalash bolalar bog’chasi tarbiya dasturiga muvofiq tashkil qilinadi. Tuzatuvchi ta’limning maqsadi: bolalarda umumiy va nutq nuqsonini tuzatish hamda bolalarning nutqiy faoliyatini rivojlantirishga yo`naltirilgan maxsus logopedik metod va usullarni qo`llash bilan bolaning yoshiga muvofiq lug’at boyligi va mustaqil nutq bilan birga to`g’ri, aniq ravon nutqni tarbiyalashdan iboratdir. Logopedik ish talaffuz malakalarini shakllantirish, fonematik idrokni, tovushlar analizi va sintezi malakalarini rivojlantirish yo`nalishlari bo`yicha olib boriladi. Tuzatilgan nutqiy material ustida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:

- bolalarda so`zning morfologik tarkibiga va so`zlarning o`zgarishiga e’tiborni jalb etish hamda so`zlarning gapda bog’lanishini rivojlantirish;

- bolalarda oddiy yoyiq va qo`shma gaplarni to`g’ri tuzish, nutqda turli konstruksiyadagi gaplarni egallash;

- ko`nikmalarini tarbiyalash;

- nutqni rivojlantirish;

- lug’atni boyitish;

- talaffuzni to`g’rilash asosida savodga tayyorlash. Tarbiyachi olib boradigan mashg’ulotlarda bolalarning atrofdagi predmetlar va hodisalar haqidagi tasavvurlar hosil qilish va ularni tizimlashtirish, tabiiy va ijtimoiy hodisalar bilan tanishtirish bilan bir vaqtda bolalarning lug’at boyligi kengaytiriladi, so`zlashuv va tasviriy, hikoya nutqi rivojlantiriladi. Shunday qilib, bolalar nutqi turli yo`llar bilan rivojlantirib boriladi, lekin bir maqsadni ta’lim va tarbiya berish jarayonida bolalarning nutqiy taraqqiyotidagi kamchiliklarini yo`qotish va uni maktabda ko`nikma va malakalar olishga tayyorlashni ko`zda tutadi.

Nazariy jihatdan psixokorreksiya maktabgacha ta’lim muassasalari va maktab tizimida bolani ob’ektiv reallikni idrok etishida tengqurlariga nisbatan o‘yin, turli mashqlarni bajarishida orqaga qolish holatlari kuzatilganda, aniqlangan nuqsonlarni tuzatishda qo‘llanilishi tavsiya etiladi. Psixokorreksiyaning maqsadini inobatga olib, uni uch guruhga ajratish mumkin. Bular o‘z navbatida maktab sharoitida amaliy psixologik yordam ko‘rsatish turini belgilash jarayoni samaradorligini ta’minlash uchun xizmat qiladi:

• maktab o‘quvchisini psixik rivojlanishini ta’minlovchi psixokorreksiya;

• maktab o‘quvchisining o‘yin, o‘quv va mehnat faoliyatida kuzatiladigan nuqsonlarini tuzatishga qaratilgan psixokorreksiya;

• oilaviy munosabatlarda kuzatilgan muammolarni tuzatishga (muloqot formasi, o‘zaro munosabatlar xarakteri va shunga o‘xshash) qaratilgan psixokorreksiya.

Bolaning rivojlanishini ta’minlash uchun o‘qitish dasturiga kommunikativ jarayonlarning rivojlantirishiga qaratilgan topshiriqlar majmuasi kiritiladi: xotira, diqqat-e’tibor, fikrlash, tasavvurlar va meyorda rivojlanishga shartlar ( kichik motorika, keng ko‘lamda ko‘rish va eshitish, idrok qilish faoliyati motivatsion sohaning takomillashuvi). Ko‘rsatilgan xususiyatlar bolalar rivojlanishida psixikaning rivojlanishiga kuchli va zaif tomonlarni hisobga oluvchi korreksiyasi bo‘yicha maxsus ishni talab qiladi. Asosiy o‘qitishda ixtiyoriy anglangan faoliyatga, o‘z xatti-harakatlarini nazorat qila olishida va talab qilinadigan natijasiga erisha olishlikka qaratiladi. 1-sinfda shuningdek, maktabgacha bo‘lgan yoshda ustun turuvchi o‘yin faoliyatidan o‘quv faoliyatiga o‘tishni amalga oshirish zarur. Korreksion dasturlarda, odatda, ish quyidagi bo‘limlariga ajratiladi17:

I. Motor rivojlanishi.

II. Qabul qilinish.

III. Diqqat-e’tibor va xotira.

IV. Tasavvurlarning shakllanishi.

V. Tanqidiylik, na’zorat, psixik faoliyatni dasturlashtirish.

VI. Fikrlashni rivojlantirish.

Har bir bo‘lim umuman bolani muayyan idrok qilish qobilyati va korgnitiv sohasi rivojlanishiga qaratilgan va psixolog bilan chambarchas hamkorlikda amalga oshiriladi. Tuzatish - logopedik ta'sir metodikasini ishlab chiqish nutq shakllari va vazifalari namoyon bo'lish izchilligini, shuningdek, bolaning ontogenezidagi (notogenetik tamoyil) faoliyat turlarini hisobga olgan holda olib boriladi18. Nutq buzilishlari va ularni tuzatishdagi muhim muammolarni hal qilish maqsadida logopediya fani materialistik, metodologiyaga tayanuvchi tamoyil va mctodlardan foydalaniladi. Shundan kelib chiqib, logopediya quyidagi asosiy tamoyillarga tayanadi: sistemalilik, komplckslilik, rivojlanish, nutq buzilishini bolaning psixik rivojlanishidagi boshqa tomonlari bilan o‘zaro bog'liq holda qarab chiqish, faoliyatli yondashuv, ontogenetik tamoyil, etiologiya va mexanizmlarni hisobga olish tamoyili (etiopatogenetik lamoyil), nuqsonli nutqning buzilish alomatlari va tuzilishini hisobga olish, umumdidaktik va boshqa tamoyillar.

Nutq buzilishlarining o'xshash turlarini logopedik xulosalash, tabaqalashtirib tashxis qilish uchun nutqli va nutqsiz belgilarni, tibbiy, psixologik, logopedik jihatdan tekshirish natijalarini, bilish faoliyatining rivojlanish darajasini va nutq rivojlanishi nisbatlarini, nutq holati va bolaning sensomotor rivojlanishidagi muhim jihatlarini tuzatish nuqtayi nazaridan tahlil qilish zarur bo'ladi. Bunday hollarda nutq buzilishlarini tuzatish kompleksi, tibbiy-psixologik-pedagogik xususiyatga ega bo'lishi kerak. Shunday qilib, nutq buzilishlarini o'rganish va tuzatishda komplckslilik tamoyili muhim o'rin tutadi. Nutq buzilishlarini o'rganish va tuzatishda yana didaktik tamoyillar: ko'rgazmalilik, tushunarlilik, onglilik, yakka tartibda yondashish va boshqalar muhim o'rin tutadi.




Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin