Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
- Nutq nuqsoniga ega boʼlgan bolalar bilan ishlashda metodikalarning chuqur oʼrganilganligi xamda amaliyotga tadbiq etilganligi;
- Nutq nuqsoniga ega boʼlgan bolalar bilag ishlash uchun maxsus korrektsion metodikalarning saralanganligi va psixologik tavsiyalar ishlab chiqilganligi.
Tadqiqot metod va metodikalari: Nutqida nuqsoni boʼlgan bolalar bilan ishlashda ikki xil psixokorreksiya metodlaridan foydalaniladi. Bular:
- Xissiy va shaxsiy kommunikativ buzilishlarni bartaraf etishga qaratilgan metodlar;
- Kommunikativ vositalarni oʼzlashtirishga toʼsqinlik qiladigan aqliy funktsiyalarni rivojlanishidagi kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan metodikalar.
Nutqida nuqsoni boʼlgan bolalar bilan ishlashda quyidagi metodikalardan foydalanish mumkin:
- Аrt- terapiya - Oʼyin terrapiyasi
- Musiqa terapiyasi - Bibliotterapiya
- Psixogimnastika - Kuzatuv
- Suhbat - Аnketa
Tadqiqotning nazariy asoslari: Nutqida nuqsoni boʼlgan bolalarga psixologik-pedagogik yordam berishda bolaning rivojlanishini uygʼunlashtirish, uning boshqalar bilan ijtimoiy aloqalarini normallashtirishga eʼtibor berilishi lozim. Psixokorrektsiya oʼzaro uchta yoʼnalishda amalga oshiriladi:
1.psixodiagnostika;
2. psixologik tuzatish (psixokorrektsiya);
3. psixologik konsultatsiya.
Nutqida nuqsoni boʼlgan bolalarning diagnostikasi - psixologik xususiyatlarning meʼyordan chetga chiqishini anqlaydi, nuqson darajasini baxolaydi. Ruxiy rivojlanish buzilishlarini oʼrganishda ikki gurux usuldan foydalaniladi:
- Аsosiy ( kuzatish va eksperiment)
- Qoʼshimcha ( xujjatlarni oʼrganish, suxbat va intervyu, faoliyat jarayonini oʼrganish). Nutq psixologiyasida kognitiv funksiyalarni baxolash uchun neyropsixologik usul-proektiv usul tavsiya etiladi.
Psixologik korrektsiya- bu insonning aqliy va jismoniy rivojlanishdagi kamchiliklarini bartaraf etishga qaratilgan psixologik va pedagogik tadbirlar tizimidir. Nutqida nuqsoni boʼlgan bolalar bilan korrektsiya ishlarining asosiy yoʼnalishlari:
- Sensorikani korrektsiyalash;
- Motorikani korrektsiyalash;
- Kognitiv funktsiyalarning korrektsiyasi ( xotira, idrok, nutq va b.sh.)
- Shaxsiy va kommunikatsion xususiyatlarni korrektsiyalash.
- Shaxsiy emotsional xususiyatlar ustida ish olib borish.
Psixologik konsultatsiya 2 yoʼnalishda amalga oshiriladi:
1. Ota va onalar bilan konsultatsiya
2. Muassasa oʼqituvchilari bilan konsultatsiya ishlari.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati: Tadqiqotning amaliy ahamiyati shundaki, mazkur tadqiqot natijasida nutqida nuqsoni boʼlgan bolalarga eʼtibor yanada ortadi. Jumladan:
-Nutq nuqsoniga ega boʼlgan bolalar bilan yangi va oʼziga xos psixokorrektsion usullar yaratiladi.
- Nutq nuqsoniga ega bolalar psixologik hususiyatlari chuqur oʼrganiladi, tahlil qilinadi hamda nutq nuqsoniga ega bolalar ruhiyatidagi turli muammolarning hususiyatiga koʼra amaliy yechimlar hususida baxs yuritiladi.
- Mazkur ilmiy ish kelajakda nutq nuqsoniga ega bolalar bilan psixokorrektsion, psixoprofillaktik ishlarni tashkil etishda oʼzgacha yondashuv kasb etgan dastur boʼlib xizmat qiladi.
- Nutq nuqsoni bilan tugʼilgan bolalar oilalarida ota onalarga maxsus taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Dostları ilə paylaş: |