Ijtimoiy fanlar fakulteti psixologiya kafedrasi shukurullayeva madina muhammadjon qizi



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə6/22
tarix23.04.2022
ölçüsü0,66 Mb.
#56134
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Shukurullayeva Madina Dissertatsiya tahrirlangan

1. Oliy nerv faoliyati kasalliklari.
2. Anatomik nutq apparatida patologik o'zgarishlar.

3. Bolalikdan tarbiyaning yetishmaganligi.
4. Organizmning umumiy nevropatik holati.

M.Ye. Xvatsev ilk bor nutq buzilishlari sabablarini ichki va tashqi omillarga ajratdi. Shu biian birga u organik (anatomo-fiziologik, morfologik), funksional (psixologik), ijtimoiy-psixologik va psixo-nevrologik sabablarni ajratib ko'rsatdi. Mashhur logopеd R. Е.Lеvina3 bola nutqi umumiy rivojlanmagan bolalarni tasvirlaganda, ulardagi avtonom nutqning patologik darajasi uzoq vaqt davomida saqlanganligini aytgan edi. Kattalar bolalardan so‘zlarni aniq aytishni talab qiladilar, bu esa bolaning fonеmatik eshitishida va artikulatsion apparatning rivojlanishiga ijobiy ta’sir qiladi. Shunday qonuniyatlar borki, ular faqat ma’lum holatdagi psixik rivojlanishning buzilishiga xosdir.

Rivojlangan mamlakatlarda "Maxsus ta'lim zaruriyati" nomli xujjatga javoban SVR — Reabilitatsiya tashkiloti tashkil etildi. Tashkilot nogironlar jamiyati, nogironlar oilalari, Soqliqni saqlash vazirligi, Ijtimoiy ta'minot vazirligi hamda kasaba uyushmalarining vakillarini o’z ichiga qamrab olgan. Uning asosiy maqsadi — jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalarni himoyalash, huquqlarini tiklash, vakolat berish, ta'lim-tarbiya tizimini shakllantirish, jamiyat va rahbariyat diqqatini bu narsaga jalb etishdir4. Integratsiyalashgan jamiyatda barcha teng xuquqqa ega, bu yaxlit jamiyatdir. Inklyuziv ta'lim tufayli jamiyat integratsiyalashgan jamiyatga aylanadi. 2001 yilda YUNESKO "hamma uchun ta'lim" dasturini qabul qiladi. O’zbekiston Respublikasi ham ushbu dasturga imzo chekdi5. Keng miqyosda "hamma uchun ta'lim" joriy etilishi YUNESKO tomonidan boshlab yuborildi.

Nutq buzilishlari etiologiyasida bosh miya jarohatlanishining "o‘z o‘rni" borligi eramizdan avvalgi 400 ming yil ilgari Gippokrat tomonidan aytib o'tilgan bo'lsa ham, bunga haqiqiy ilmiy tasdiq 1861-yilda, fransuz shifokori Pol Broka tomonidan bosh miyada nutq markazi mavjudligi va bu markaz jarohatlanishi nutq buzilishini keltirib chiqarishi mumkinligi ko'rsatib berilgandan so'nggina berilgan. Huddi shunga o‘xshash kashfiyot 1874-yilda Vernike tomonidan ham amalga oshirilgan: Uning fikricha, nutqni tushunishda bosh miya qobig‘ining orqa bo'lagi katta rol o‘ynaydi. Bu qismda begona nutqni qabul qilish jarayoni ro‘y beradi. Bunda pedagog yoki psixolog nutq nuqsoniga ega bolalar bilan psixokorreksiya ishlarini olib borish jarayonida bunga alohida e’tibor qaratmog‘i lozim. Shu kunga qadar bunday bolalar bilan ishlashda asosan logopedik korreksion ishlarga ahamiyat berilib bunday bolalarning psixologiyasini o‘rganish birmuncha chetda qolgan. O‘z navbatida esa psixokorreksion ishlarga xam yetarlicha e’tibor qaratilmagan. Yaqin yillardan boshlabgina logopediyada maxsus psixologiyani rivojlantirishga e’tibor qaratila boshlandi.

Nutq buzilishi bo‘lgan bolalar bilan psixologik korreksiya o‘tkazish jixatlari maxsus psixologiyaning bir bo‘limi sifatida o‘rganiladi. Ushbu mavzu bugungi kundagi maxsus psixologiyaning dolzarb mavzularidan biri xisoblanadi. Ushbu mavzu yuzasidan qator defektolog xamda psixologlar birgalikda ish olib borganlar. Jumladan o‘zimizda bir qator xamda rus va chet el adabiyotlarida ushbu mavzu keng yoritilib o‘tilgan va qator mualliflar tomonidan bu muammo o‘rganilgan: M.Yu.Ayupova, p.f.n. D.A. Nurkeldiyeva, Ya.Ye. Chicherina, S.J.Achilova, L.R.Muminova, L.S.Volkova, A.A.Osipova, Dj.Krambo, V.Frankl, Ye.V.Shipilova, V.V.Lebedenskiy, O.A.Denisova.


Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin