II-bob yuzasidan xulosa.
III-BOB. Nutq nuqsoniga ega bolalarning psixologik xususiyatlarini xar tomonlama oʼrganish va taxlil etish.
3.1. Nutq nuqsoniga ega bolalarning shaxsiy xususiyatlari va xissiy-irodaviy soxasi. ……………………………………………………………………………….
3.2. Nutq nuqsoniga ega bolalarning kommunikativ xususiyatlari ustida ish olib borish………………………………………………………………………………
3.3. Nutq nuqsoniga ega bolalarning oila aʼzolari bilan psixokorrektsiya ishlarini tashkil etish…………………………………………………………………………..
III-bob yuzasidan xulosa.
Umumiy xulosa va tavsiyalar………………………………………………………..
Аdabiyotlar roʼyhati…………………………………………………………………
Ilovalar……………………………………………………………………………….
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. O`zbekiston Respublikasi Ta’lim to`g’risidagi qonunning 23-moddasiga ko`ra rivojlanishda jismoniy yoki psixik kamchiliklarga ega bo`lgan anomal bolalar ta’lim olish huquqiga ega. Bizning mamlakatimizda anomal bolalarga yordamni tashkil etish – inson haqida g’amxo`rlik ko`rsatilishining yorqin namunalaridan biridir. O`zbekistonda anomal va nogiron bolalarga ijtimoiy-psixologik yordamni tashkil etish maxsus maktab internatlar, zaif eshituvchi bolalar uchun maktab internatlari; aqlan zaif bolalar uchun maktabgacha tarbiya muassasalari o`quv kuni uzaytirilgan maktablar, maktab-internatlar, profesional mehnat kolejjlarida maxsus guruxlar; zaif ko`ruvchi va zaif eshituvchi, og’ir nutq nuqsonlari bor bolalar uchun maktabgacha tarbiya muassasalari, maxsus maktab internatlar, o`rta umumiy ta’lim maktablari qoshida nutqiy sinflar; ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar uchun o`rta umumiy ta’lim maktablari qoshida tenglashtirish sinflari, maktab internatlar; xarakat-tayanch a’zolari jaroxatlangan bolalar muassasalari, maktab-internat; o`rta umumiy ta’lim maktablari qoshida logopedik punktlar o’z faoliyatinini samarali olib bormoqda.
Nutq buzilishi boʼlgan bolalar bilan psixologik korrektsiya oʼtkazish jixatlarining axamiyatli tomoni shundaki bunda nutq nuqsoniga ega boʼlgan bolalar psixologiyasi nutq nuqsoniga ega boʼlmagan bolalar psixologiyasidan bir muncha farq qiladi. Pedagog psixolog nutq nuqsoniga ega bolalar bilan psixokorrektsiya ishlarini olib borish jarayonida bunga aloxida eʼtibor qaratmogʼi lozim. Shu kunga qadar bunday bolalar bilan ishlashda asosan logopedik korrektsion ishlarga axamiyat berilib bunday bolalarning psixologiyasini oʼrganish bir muncha chetda qolgan. Oʼz navbatida esa psixokorretsion ishlarga xam yetarlicha eʼtibor qaratilmagan. Yaqin yillardan boshlabgina logopediyada maxsus psixologiyani rivojlantirishga eʼtibor qaratila boshlandi. Insonning eng muhim xususiyatlaridan biri uning so`zlash qobiliyatidir. Ravon nutq orqali ifodalangan fikr tushunarli va yoqimlidir. Nutq insonning murakkab oliy psixik funksiyalaridan biridir. Nutq harakatlari murakkab a’zolar tizimi orqali amalga oshiriladiki, bunda bosh miya faoliyati asosiy rol o`ynaydi, nutq faqat inson uchun xos bo`lgan alohida va yuqori darajadagi aloqa shaklidir, nutqiy aloqa jarayonida kishilar fikr almashadilar va bir – birlariga ta’sir etadilar. Nutqiy aloqa til orqali amalga oshiriladi, til – bu fonetik, leksik va grammatik vositalar tizimidir, odam nutqi tushunarli va ma’noli bo`lishi uchun nutq a’zolarining xarakatlari aniq va to`g’ri bo`lishi kerak. Nutq talaffuzi mexanizmi harakatini tushunish uchun nutq apparatining tuzilishini yaxshi bilish zarur. Nutq buzilishlari uzoq yillar davomida o`rganilib kelayotgan sohadir. Nutq normasi - nutq faoliyati jarayonidagi til ishlatilishining umumiy qabul qilingan variantlari tushuniladi. Nutqning normal faoliyati holatida uning psixofiziologik mexanizmlari saqlangan bo`ladi. Nutq buzilishlari gapiruvchi shaxsning ma’lum til muhitida qabul qilingan, nutq faoliyati normal holda ishlayotgan psixofiziologik mexanizmlarning zaiflashuviga bog’liq holda til normalaridan chetlashuvi bilan belgilanadi. Nutq buzilishi bo‘lgan bolalar bilan psixologik korreksiya o‘tkazish jihatlarining ahamiyatli tomoni shundaki, bunda nutq nuqsoniga ega bo‘lgan bolalar psixologiyasi nutq nuqsoniga ega bo‘lmagan bolalar psixologiyasidan bir muncha farq qiladi. Nutq buzilishlari sababi deganda — organizmga tashqi yoki ichki zararli omilning ta'sir etishi yoki ularning o'zaro aloqasini tushunish mumkin, qaysiki bu, nutq buzilishi xususiyatini aniqlaydi. Nutqida nuqsoni bo‘lgan bolalarni tarbiyalash bo‘yicha ta’lim tizimini takomillashtirish muammosi bolaning rivojlanishi uchun eng muhim bo‘lgan hissiy va kognitiv xulq-atvor tarkibiy qismlarini o‘z ichiga oladi.
Dostları ilə paylaş: |