Ijtimoiy fanlar fakulteti


Yoshlar ta’lim tarbiyasidagi muammolarga diniy motivlarning ta’siri va ularning yechimi



Yüklə 196,44 Kb.
səhifə13/16
tarix11.08.2023
ölçüsü196,44 Kb.
#139198
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Mamadiyev O. DISSERTATSIYA — копия

3.2. Yoshlar ta’lim tarbiyasidagi muammolarga diniy motivlarning ta’siri va ularning yechimi

Shu o`rinda diniy mavzudagi eng katta muammolardan biri bo`lgan missionerlik masalasiga to`xtalsak. Bu harakat turli yo`llar orqali fuqarolarni o`z diniga o`tkazishga intiladigan guruhlar tomonidan amalga oshiriladi va aksariyat hollarda bu kabi tuzoqlarga diniy bilimga ega bo`lmaganlar yoki yoshlar ilinishadi.


Tahlillar shuni ko`rsatadiki, dinini o`zgartirayotgan shaxslar (prozelit)larning ko`pchiligi ushbu din aqidalarini chuqur tushunib qabul qilmayapti, aksincha, missioner tomonidan qo`llanilgan usul ta`siri ostida e`tiqodini o`zgartirmoqda. Afsuski, bu kabi harakatlar butun dunyoda bo`lgani kabi O`zbekistonda ham tobora urchib bormoqda. Ma`lumotlarga ko`ra, bugungi kunda O`zbekistonda missionerlik faoliyatida qo`llanilayotgan asosiy usullar quyidagilardan iborat:
– yoshlarga chet tillarini, kompyuterda ishlashni o`rgatish bahonasida o`quv kurslari ochish va mazkur joylarda o`z diniga targ`ib qilish;
– xorijga o`qishga, ishga yoki chet el fuqarosi bilan oila qurish uchun jo`natish bahonasidan foydalanish;
– bolalar va o`smirlarni yoz faslida chekka yoki tog`li hududlardagi dam olish lagerlariga jalb qilish va shu erda ta`sir o`tkazish;
– xayriya yordami (pul, dori-darmon, kiyim-bosh, oziq-ovqat mahsulotlari tarqatish) ko`rsatish, uy ta`mirlashda ko`mak berish davomida missionerlik harakatlarini olib borish;
– bepul tibbiy yordam ko`rsatish bahonasida bemorga ta`sir o`tkazish;
– cherkovlarda bepul ovqat tarqatish.
Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga echki, sigir olib berish, bayram kunlari mahallalarda bolalarga sovg`alar tarqatish, “Muruvvat” va “Saxovat” uylarida bayram stollari tashkil etish, Xorazm viloyati va Qoraqalpog`iston Respublikasining murakkab ekologik holat mavjud hududlarida “ichimlik suvini yaxshilash”, “bola va onalarning salomatligini mustahkamlash” kabi ko`rinishidan xayrli maqsadlarga yo`naltirilgan dasturlar niqobida harakat qilish ham kuzatilmoqda.
Bu kabi guruhlar ta`siriga tushmaslik uchun aholida har bir din haqida to`g`ri tasavvur va fikr uyg`ota olish lozim. Aynan shu boradagi xabardorlikni oshirishda din ta`limi mavzusi birlamchi o`ringa ega. O`quvchi-talabalarda dinga nisbatan sog`lom munosabatni shakllantirish bugungi kunda ta`lim tizimining barcha bug`inlari oldida turgan eng murakkab va muxim vazifalardan biridir. O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi diniy ta`lim masalasida Norvegiya, Daniya, Niderlandiya, Italiya, Finlyandiya, Gresiya, Belgiya va AQSh tajribasini o`rganib chiqqan. Vijdon va e`tiqod erkinligini ta`minlash sohasida olib borilayotgan davlat siyosati masalalarini tushuntirib beruvchi bosma va videomahsulotlarni tayyorlash borasida ishlar olib borilgan. Xususan, 11-sinf o`quvchilari uchun mo`ljallangan “Dunyo dinlari tarixi” darsligi mana shu tajribalar asosida tayyorlangan.
Dunyo aholisining 83 foizi e`tiqod erkinligi cheklanayotgan yoki xavf ostida qolgan mamlakatlarda istiqomat qilayotgan bir paytda O`zbekiston diniy bag`rikenglik qaror topgan mamlakat sifatida dunyo hamjamiyatida ham e`tirof etilmoqda. Xususan, 2018 yil 12 dekabrda Prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan 2017 yil 12 sentyabrda Birlashgan Millatlar Tashkilotining 72-sessiyasi minbaridan ilgari surgan xalqaro tashabbusi asosida BMT Bosh Assambleyasi tomonidan “Ma`rifat va diniy bag`rikenglik” nomli maxsus rezolyutsiya qabul qilindi. Bu hujjatning asosiy maqsadi – barchaning ta`lim olish huquqini ta`minlashga, savodsizlik va jaholatga barham berishga ko`maklashishdan iborat. Rezolyusiyada ma`rifatparvarlik g`oyasini ilgari surish qayd etilib, sayyoramizda xavfsizlik va tinchlikni mustahkamlash yo`lidagi integrasiya, o`zaro hurmat, inson huquqlari himoyasi, murosa va o`zaro anglashuvning nechog`li muhimligi e`tirof etiladi. Hujjatda dinlar, madaniyatlar va konfessiyalararo munosabatlardagi uyg`unlikni rag`batlantirish hamda ayrim shaxslarga nisbatan din va e`tiqod zamiridagi kamsitishlarga yo`l qo`yilishiga qarshi kurashishga qaratilgan barcha xalqaro, mintaqaviy va milliy tashabbuslar qo`llab-quvvatlanishi, shuningdek, barcha a`zo davlatlarning fikr, vijdon, din yoki e`tiqod erkinligini himoya qilish va rag`batlantirishga doir sa`y-harakatlarini faollashtirish ko`rsatib o`tilgan.

Xulosa qilib aytganda, dunyo hamjamiyati uchun katta xavf tug`dirayotgan ekstremistik, terroristik, missionerlik, radikalizm, mutaassiblik kabi dinni niqob qilgan harakatlarga qarshi tura olish va aholi hamda yoshlar o`rtasida bu muammolardan xabardorlik hissini oshirishda Din nazariyasini ta`lim muassasalarida to`g`ri o`qitish eng samarali yo`l hisoblanadi. Ongli mavjudotlar ya`ni insonlar oqni qoradan ajrata olar ekan, o`ziga va jamiyatga zarar keltirishi mumkin bo`lgan xatolar qilishdan tiyiladi. Mashhur faqih Abu Lays Samarqandiy: "Bilgilki, har bir muslim va muslimaga din ishlarida muhtoj bo'ladigan tahorat, namoz va shariatning boshqa hukmlari hamda hayotiy ishlarida zarur bo'lgan narsalarni biladigan miqdorda ilm o'rganish farzdir", deydilar.


O'zbekiston Respublikasida dunyoviy va diniy ta'lim olish muayyan normativ hujjatlarga asoslanib, uning o'ziga xos talab va tartiblari belgilab qo'yilgan.
Jumladan, Ta'lim to'g'risidagi qonunda ta'limning yetti turi ajratilib, ular quyidagilarni o'z ichiga oladi:
Maktabgacha ta'lim va tarbiya; umumiy o'rta va o'rta maxsus ta'lim; professional ta'lim; oliy ta'lim; oliy ta'limdan keyingi ta'lim; kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish; maktabdan tashqari ta'lim. Ushbu ta'lim turlari belgilangan tartibda davlat ta'lim standartlari asosida tashkil etiladi.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida guruhlar yoshga doir toifalar yoki yoshga doir bo'lmagan toifalar bo'yicha joylashtirilishi mumkin. Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarida tarbiyalanuvchilar bir yoshdan qabul qilinsa, davlat maktabgacha ta'lim muassasalari uch yoshdan yetti yoshgacha bo'lgan bolalarni qabul qiladi.
Umumiy o'rta ta'lim yetti yoshdan umumiy o'rta ta'lim tashkilotlarida uzluksiz tarzda tashkil etilib, majburiy bo'lgan o'n bir yil davomida amalga oshiriladi.
O'zbekiston Respublikasida ta'lim tizimi dindan ajratilgan bo'lib, ta'lim tizimining o'quv dasturlariga diniy fanlar kiritilishiga yo'l qo'yilmaydi. O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining dunyoviy ta'lim olish huquqi ularning dinga bo'lgan munosabatidan qat'i nazar ta'minlanadi.
Diniy ta'lim muassasalari, tashkilot va birlashmalarining davlatdan ajratilganligi ularning fuqarolik jamiyatida alohida institut sifatida mavjudligini anglatadi. Shunday ekan, ularning davlat va boshqa fuqarolik jamiyati institutlari bilan o'zaro munosabatlardagi o'rni va aloqalarini tadqiq etish, o'rganish va aniqlash lozim bo'ladi.
Diniy ta'lim faoliyati O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 1 - martdagi Diniy ta'lim muassasalarining faoliyatini lisenziyalash to'g'risid agi nizom va 2018 yil 31 - maydagi qaroriga muvofiq, O'zbekiston Respublikasida diniy tashkilotlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish, qayta ro'yxatdan o'tkazish va tugatish tartibi to'g'risidagi nizom bilan tartibga solinadi. Nizom talablariga ko'ra diniy ta'lim sohasida faoliyatni amalga oshirish uchun: O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga majburiy rioya etish; diniy fanlarning O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo'yicha qo'mita bilan kelishilgan o'quv konsepsiya, o'quv rejalari va dasturlariga muvofiq o'qitilishini tashkil etish; voyaga yetmagan shaxslarni ularning irodasi, ota-onalar yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslar (vasiylar)ning xohishiga xilof ravishda o'qitish; ta'lim jarayonida urush, zo'ravonlik, prozelitizm va har qanday missionerlik faoliyati targ'ib qilinishiga, mamlakat xavfsizligi va ijtimoiy-siyosiy barqarorlik, jamiyatning huquqiy va ma'naviy asoslari, fuqarolar tinchligi, millatlararo va dinlararo totuvlik buzilishiga, O'zbekiston to'g'risida noto'g'ri axborotlar tarqatilishiga hamda uning tarixiy, madaniy va ma'naviy boyliklari buzib ko'rsatilishiga yo'l qo'ymaslik; diniy fanlarning tegishli diniy ma'lumotga va diniy tashkilotlarni boshqarish tegishli markaziy organining ruxsatnomasiga ega bo'lgan shaxslar tomonidan o'qitilishini tashkil etish va ularni davriy attestatsiyadan o'tkazish; o'quv jarayonida esa chet elda nashr etilgan tegishli lisenziyaga ega bo'lgan adabiyotlardan foydalanish kabilar talab etiladi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 23 avgustda qabul qilingan "Din sohasidagi ma'naviy-ma'rifiy, ta'lim ishlarini va faoliyatni yanada takomillashtirishda ijtimoiy ko'mak va imtiyozlar berish to'g'risida"gi qarorida esa islom instituti va o'rta maxsus islom bilim yurtlarida joriy etilgan ta'lim standartlari, o'quv rejalari hamda talabalarning qabul qilingan davlat me'yorlariga muvofiq diniy va dunyoviy bilimlar olayotganligini inobatga olib, mazkur o'quv yurtlarining bitiruvchilariga beriladigan diplomlar davlat ta'lim hujjati sifatida e'tirof etilishi hamda bitiruvchilarga davlat oliy ta'lim tizimida o'qishni davom ettirish huquqi berilishi nazarda tutilgan. Hozirgi paytda mamlakatimizda jami 16 ta diniy konfessiya rasmiy ro'yxatdan o'tgan bo'lib, diniy tashkilotlar soni 2298 tani tashkil etadi (01.2021). Ayni paytda 10 ta islomiy (2 ta ayol qizlar uchun)o'rta maxsus bilim yurtlari, 3 ta Oliy islomiy diniy ta'lim muassasalari, 1ta Rus pravoslav cherkovi va 1 ta to'liq Yevangel xristianlari cherkovining seminariyalari faoliyat olib bormoqda.
Diniy tashkilotlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish, qayta ro'yxatdan o'tkazish va tugatish tartibi to'g'risidagi nizomga ko'ra diniy ta'lim muassasalarini tashkil etish uchun markaziy boshqaruv organining diniy ta'lim muassasasini tashkil etish, uning ustavini tasdiqlash va rahbar organlarini saylash (tayinlash) bo'yicha ma'lumotlarni o'z ichiga olgan qaror nusxasi, diniy ta'lim muassasasining davlat tilidagi ustavi nusxasi; diniy ta'lim muassasasining rahbar organi a'zolari to'g'risidagi nizomda ko'rsatilgan shakldagi ma'lumotlar taqdim etilgandan so'ng O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan davlat ro'yxatidan o'tkazilib lisenziya asosida faoliyat olib borish huquqiga ega bo'ladi.
Diniy ta'lim muassasalarida ta'lim olishga umumiy o'rta ta'lim muassasalarida uzluksiz tarzda, majburiy bo'lgan o'n bir yil davomida amalga oshirilgan umumiy o'rta ta'limdan so'ng ruxsat etiladi. Xususiy diniy ta'lim berish qonun bilan cheklangan bo'lib, diniy ta'lim muassasalarida O'zbekiston Respublikasida belgilangan davlat ta'lim standartlari va talablariga muvofiq dunyoviy fanlarni o'qitish lozimligi belgilangan.
Jamoatchilik o'rtasida diniy ta'lim olishga bo'lgan intilish yuqori bo'lib, amaldagi diniy ta'lim qamrovi aholi ehtiyojlarini qondira olmaydi. Bu esa yoshlar va turli aholi qatlamlarining ruxsat etilmagan tarzda (hujralarda) diniy ta'lim olish bilan birga xorijiy mamlakatlardagi turli diniy ta'lim muassasalarida ta'lim olish ehtiyojini keltirib chiqarmoqda. Dinlardagi mazhab va yo'nalishlarning turliligi, ayrim xorijiy mamlakatlarda dindan mafkuraviy maqsadlarda foydalanish holatlarining yuqoriligi, yoshlarning diniy dunyoqarashida azaliy diniy qadriyatlarga yot bo'lgan qarashlarning paydo bo'lishiga olib keladi.
Ayni paytda aholi o'rtasida sof diniy qadriyatlarning mazmun-mohiyatini chuqur anglab yetmaslik, turli yot g'oyalar ta'siriga berilish, jamiyatda dunyo va din munosabatlari balansini tushunmaslik, dinga chuqur berilish orqali jamiyatga qo'shila olmaslik va yolg'izlanish yoki aksincha o'ta zamonaviylashib ketish orqali mavjud qadriyatlarni pisand qilmaslik holatlari uchramoqda.
Dunyoda va mamlakatimizda ro'y berayotgan voqea-hodisalar, ijtimoiy-siyosiy vaziyatning tahlili diniy-ma'rifiy sohadagi faoliyat samaradorligini oshirishni va malakali kadrlar tayyorlashning yaxlit tizimini yaratishni taqozo etmoqda.
Mana shunday talab va ehtiyojlardan kelib chiqib 2018 yil 16 - aprelda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Diniy-ma'rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoni qabul qilindi.
Farmon bilan yetakchi ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblangan O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi tashkil etilib:
diniy va dunyoviy bilim berishga ixtisoslashgan islom va jahon sivilizatsiyasiga bebaho hissa qo'shgan ajdodlarimizning boy madaniy merosini chuqur o'rganish asosida yoshlarning ongu tafakkurini shakllantirish;
dinni zo'ravonlik va qon to'kish bilan bir qatorga qo'yadigan buzg'unchi yot g'oyalarning asl mohiyati va maqsadlari haqida aholining, ayniqsa, yoshlarning xabardorlik darajasini oshirish;
jamiyatda milliy va diniy qadriyatlarimizga yot bo'lgan g'oyalarga nisbatan toqatsizlik muhitini shakllantirish;
jamiyatda bag'rikenglik, o'zaro hurmat, mehr-oqibat, tinchlik va totuvlikni, ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini ta'minlashda diniy-ma'rifiy soha vakillarining daxldorlik hissi va ishtirokini yanada oshirish;
globallashuv sharoitida jamiyatimizdagi ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligi va e'tiqod erkinligiga tahdid tug'dirishi mumkin bo'lgan omillarni barvaqt aniqlash va oldini olishga qaratilgan axborot-tahliliy faoliyatni kuchaytirish;
diniy va dunyoviy bilimlar uyg'unligini rivojlantirish asosida ta'lim sifatini oshirish, diniy-ma'rifiy sohada malakali kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning yaxlit tizimini yaratish kabi ustuvor yo'nalishlar belgilab berildi.
Yuqoridagi o'rganishlardan kelib chiqib, davlat va fuqarolik jamiyati institutlari o'rtasida hamkorlikni yanada yaxshilash, diniy ta'lim faoliyatini muvofiqlashtirish orqali kutilgan natijalarga erishish uchun quyidagi taklif va xulosalarni ilgari surishni masadga muvofiqdir:
1) diniy ta'lim berish bilan bog'liq normativ hujjatlarni bir tizimga keltirish va muvofiqlashtirish;
2) faoliyat olib borayotgan turli konfessiyalarga xos 15 ta diniy ta'lim muassasalari dasturlaridan davlat standartlari asosida dunyoviy fanlar ham o'rin olganligini hisobga olib ta'lim to'g'risidagi qonunga diniy ta'limni tartibga solish bilan bog'liq normalar kiritish;
3) O'zbekiston xalqaro islom akademiyasining mamlakatdagi ham diniy, ham dunyoviy bilim berishga, dinni ilmiy nuqtai nazardan o'rganishga iqtisoslashgan yagona oliy ta'lim muassasasi ekanligidan kelib chiqib uning mavqeini yanada oshirish va barcha diniy ta'lim muassasalarining ta'lim standartlarini akademiya orqali muvofiqlashtirishni yo'lga qo'yish;
4) milliy va diniy qadriyatlarni o'zida aks ettirgan, talaba yoshlar bilan birga keng kitobxonlarga ta'limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi ko'nikmalarni beruvchi o'quv va ommabop adabiyotlar tayyorlashni takomillashtirish lozim.
Magistrant sifatida 2 – kursda ta’lim olishim jarayonida yurtimizning ma’muriy hududiy birliklaridan biri sanalgan Toshkent Viloyati Toshkent tumani hokimligining din ishlari bo’yicha bo’imida amaliyot o’tadim.
U shbu amaliyotim davomida Toshkent tumani miqyosida 30 yoshgacha yosh chegarasida bo’lgan yoshlarning xayoti, turmush faoliyati, ta’limi va tarbiyasida dinning o’rni va tasiri yuzasidan turli tadqiqotlar o’tkazdim. Quyida o’tkazilgan tadqiqot natijalarini keltirib o’taman.








Yüklə 196,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin