Ijtimoiy fanlar fakulteti


G`arb yoshlari tarbiyasida diniy qarshlar



Yüklə 196,44 Kb.
səhifə10/16
tarix11.08.2023
ölçüsü196,44 Kb.
#139198
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Mamadiyev O. DISSERTATSIYA — копия

2.2. G`arb yoshlari tarbiyasida diniy qarshlar

Bugungi kunda shaxs ma'naviy olamiga tahdid solib turgan omillar quyidagilardan iborat:


1. Demokratiya eksporti. Ma'lumki, rivojlangan mamlakatlar “oltin milliard” deb atalayotgan G‘arb fuqarolarini energiya bilan ta'minlash ilinjida energetik imkoniyatlari yuqori mamlakatlarga ko‘z tikmoqdalar. Bunday katta imkoniyatlarni o‘z ta'sir ob'ektiga aylantirish maqsadida turli siyosiy kuchlar o‘zlarining “demokratiya”, inson huquqlari va erkinliklari haqidagi milliy qadriyatlarga zid bo‘lgan qarashlarini targ‘ib etmoqdalar.
Demokratiya – jamiyatni boshqarishning o‘ziga xos shakli 11 “Xalq so‘zi” 2006 yil avgust soni.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonivichning “Milliy g‘oya targ‘iboti va ma'naviy ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori. Mavzuimiz uchun ahamiyatlidir.
Turli siyosiy kuchlar o‘zbek kishisining Sovet hokimiyati yillarida asl islom ma'rifatidan uzilib qolganidan foydalanib, yoshlarning ma'lum qismiga vahhobiylik g‘oyalarini “sof islom g‘oyalari” sifatida singdirdilar. Bugun esa asrlar davomida islom dini va madaniyati rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan, islom madaniyatini himoya qilishga qodir bo‘lgan O‘zbekistonni vijdon erkinligi cheklangan mamlakat sifatida tanitishga urinilmoqda. “Bunday nojo‘ya harakatlar,- deb davom etadi mamlakatimiz rahbari,- avvalo muqaddas dinimizning sha'niga dog‘ bo‘lishini, oxir-oqibatda esa ma'naviy hayotimizga salbiy ta'sir ko‘rsatishini barchamiz chuqur anglab olishimiz va shundan xulosa chiqarishimiz zarur”.
3. Ma'naviy anarxiya. Jahonda faoliyat ko‘rsatayotgan turli siyosiy kuchlar maxsus xizmatlarning moliyaviy mablag‘lari yordamida rivojlanayotgan, ayniqsa katta iqtisodiy va energetik imkoniyatlarga ega bo‘lgan mamlakatlarda, xususan O‘zbekistonda, ma'naviy boshboshdoqlikni vujudga keltirishga intilmoqdalar. Shu maqsadda “Birlashish cherkovi”, “Oq birodarlik”, “Iegovo guvohlari”, “AUM-Sinrike”, “Sayentologik cherkov”, “Adventes” kabi diniy sektalar va missionerlik harakatlari quloch yoymoqda. Ma'lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda MDH hududida 45 dan ortiq anna shunday sektalar faoliyat ko‘rsatmoqda. 4.Texnika va texnologiyalar targ‘iboti. G‘arazli siyosat rahnamolari turli mamlakatlarning e'tiborini jalb etish, o‘z ta'sir doirasiga kiritish maqsadida o‘z iqtisodiy, ijtimoiy, informatsion texnika vositalari va texnologiyalarini targ‘ib etishga urinmoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad shuki, mamlakatlar fuqarolariga ushbu texnologiyalar haqida ijobiy tasavvurlar shakllantirilsa, ularni joriy etish bozori vujudga keladi.
Natijada yangi 16 texnologiyalar bilan birga o‘z taraqqiyot modelini, qadriyatlarini, ehtiyoj va manfaatlarini ham singdirish, eksport qilish imkoni yaratiladi.
5. Informatsion urush. Bizning davrimizga kelib, informatsiya u yoki bu guruhning manfaatlarini ifodalovchi, shu manfaatlarni amalga oshirish uchun real shart-sharoit yaratuvchi kuchga aylandi. Ana shunday shart-sharoitni yaratishga qaratilgan informatsion urush ikki yo‘nalishda olib borilmoqda.
Birinchidan, jahonda sodir bo‘lgan har qanday siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy yoki ma'naviy-madaniy voqea ma'lum siyosiy kuchlarning manfaatlari kontekstida yoritilmoqda.
Ikkinchidan, negativ axborotlarni tarqatish kuchayib bormoqda.
6. Axloqiy degradatsiya. Yoshlarning intellektual salohiyatiga, axloqiy fazilatlariga ta'sir o‘tkazishga qaratilgan tadbirlar ko‘paymoqda. Masalan, G‘arb olamida katta-katta kompaniyalar yigit va qizlarning intellektual salohiyatini yemiruvchi, axloqsizlik sari undovchi realitishoular, tok-shoular, kamedi-klablar, o‘yinlar, reklamalarning stsenariylarini tuzish va eksport qilish, pornografik saytlar tashkil qilish bilan mashg‘ullar. Bunday realiti-shoular va pornosaytlar G‘arb jamiyatini ich-ichidan yemirib borayotgan illatlarni targ‘ib va tashviq etmoqda, yoshlarni axloqsizlik sari undamoqda.
7. Ruhiy agressiya. O‘zbekiston fuqarolarining ruhiy kechinmalarini nazorat ostiga olishga urinilmoqda. O‘zbekistonga qarshi qaratilgan ruhiy agressiyaning to‘rt asosiy maqsadi mavjud: birinchidan, ruhiy ta'sir ko‘rsatish yo‘li bilan xalq jipsligini yemirishga urinish; ikkinchidan, o‘zbek xalqini tanlagan yo‘lidan qaytarishga harakat qilish va unga o‘z taraqqiyot modelini singdirishga urinish; uchinchidan, milliy-ma'naviy qadriyatlar sistemasini yemirish va ular o‘rnini g‘arbona qadriyatlar yoxud g‘ayriqadriyatlar bilan to‘ldirishga urinish; to‘rtinchidan, o‘zbek kishilari ko‘ngliga vahima solish, ertangi kunga bo‘lgan ishonchni so‘ndirishga bo‘lgan urinish. Albatta, ma'naviy tahdidning boshqa ko‘rinishlari ham mavjud.
Biroq bayon etilganlarining o‘ziyoq hozirgi zamon sivilizatsiyasi sharoitida shaxsga ma'naviy tahdid ko‘rsatuvchi omillar va vositalar naqadar murakkablashib ketganligini yorqin ifodalaydi.
Prezidentimiz aytganlaridek, ”G‘oyaga qarshi faqat g‘oya, fikrga qarshi faqat fikr, jaholatga qarshi faqat ma'rifat bilan bahsga kirishimiz kerak”.
Bugun xalqaro hayot, kishilik taraqqiyoti shunday bosqichga kirganki, endi unda harbiy qudrat emas, balki intellektual salohiyat, aql-idrok, fikr, ilg‘or texnologiyalar hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
Amir Temur bobomizning “Kuch adolatdadir” degan mashhur ta'birni bugungi kunga nisbatan qo‘llab aytadigan bo‘lsak, men unga qo‘shimcha qilib “Kuch — bilim va tafakkurda”, degan bo‘lardim”. 12 Eng asosiysi shundaki, xurmatli Yurtboshimiz yoshlarning ma'naviy tarbiyasiga, ularning bilim va kasb mahoratini oshirish masalalariga alohida e'tibor berib kelmoqdalar. Mustaqilligimizning uch tayanchi — mustaqillik siyosati, iqtisodiy qudrat va xalq ma'naviyati bir – biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, ularning uyg‘un rivoji ta'minlansagina O‘zbekiston buyuk yurt sifatida jahon hamjamiyatida o‘z munosib o‘rnini egallay oladi. Lekin, bugungi kunda yoshlarimiz tarbiyasi oldida qator vazifalar mavjuddir. Jumladan, g‘oyaviy kurashning shakli va uslubi o‘zgarib bormoqda. Bu borada “kimlardir” maqsadlarini amalga oshirish uchun milliardlab mablag‘lar sarflamoqda, tuhmat, uydirma ma'lumotlar tarqatuvchi maxsus xizmatchilar xizmatidan foydalanmoqda. Oqibatda, yoshlar onggiga ham dunyoviy, ham diniy qadriyatlarga nisbatan yot g‘oyalar orqali ta'sir o‘tkazish hollari uchramoqda. Biroq, yoshlarimiz bunga o‘z 12 Qarang: “Tafakkur” jurnali 1999 yil. 7 bet. 18 aqllari, bilimlari, intellektual salohiyatlari bilan kurashishlari lozim. Buning uchun oilada ota-ona farzandlarini mustahkam irodali, iymoni but qilib tarbilashni eng asosiy vazifa deb hisoblashlari lozim. Bu bilan yoshlarimiz o‘z qadriga yetadigan, mustahkam irodali bo‘lib tarbiya oladilar. Buning uchun yoshlarni quyidagilardan saqlash lozim: Birinchidan, yoshlarni turli adabiyotlarni mutoaala qilishdan saqlash kerak. Chunki, hozirgi kunda hech qanday nashriyot nomi yozilmagan, noma'lum bo‘lgan risolalar chop etilmoqda-ki, ularni yoshlar mushohada qilishlari umuman mumkin emas. Sababi, ularning aksariyati yoshlarni ongini zaharlash uchun harakatdir.
Ikkinchidan, yoshlar uchun hozirgi kunda xavfli bo‘lib boryotgan narsa bu uyali aloqa vositalaridir. Har qanday salbiy holatni, diniy yot oqim g‘oyalarini bayon ettiruvchi ma'lumotlar ana shu vositalar orqali keng tarqalib bormoqda.
Uchinchidan, yoshlarni ongiga ta'sir etayotgan eng muhim vosita bu internetdir.
Yoshlar ulardan turli xil ma'lumotlarni olmoqdalar va ishonuvchanlik hissiyotlari kuchli bo‘lganligi uchun uni mutolaa qilmoqdalar va ba'zida to‘g‘ri deb qabul qilmoqdalar. Biz eng avvalo yoshlar qalbida irodani mustahkam shakllantirishimiz lozim. Agar inson o‘z qadriga yetsa, boshqalarning ham qadriga yetadi. Bu bilan u har qanday voqea-hodisani mustaqil, to‘g‘ri mushohada qila oladi. Bugun mana shular asosida yoshlarimizni barchamizning ishonchimizni oqlab, mustaqillikni mustahkamlash yo‘lida joylarda o‘z intellektual salohiyatlarini namoyish etayotgan bilimdon va zukko yoshlarimiz mamlakatimizning ertasi uchun qayg‘uradigan, kerak bo‘lsa, jonini fido qiladigan shijoatli mutaxassislar bo‘lib yetishishlariga ishonamiz.
Diniy manbalar insoniyat tarixida alohida o’rin tutadi. Ma’naviy boyliklar orasida muqaddas diniy matnlar insoniyat taraqqiyotining muhim bo’lagi bo’lib, ular o’tmish xalqlarning madaniyati, tili, yozuvi va ijtimoiy hayoti haqida atroflicha ma’lumot beradi.
Dinshunoslikka oid adabiyotlarda “diniy manba” tushunchasi turlicha – “muqaddas manba”, “muqaddas yozuv”, “muqaddas kitob” kabi nomlar bilan yuritiladi. Ular mazmunan, dinlarning ta’limotlari, aqidaviy ko’rinishlari, an’ana va marosimlarini o’zida mujassam etgan, qolaversa, dindorlar tomonidan “ilohiy” deb e’tiqod qilinuvchi ta’limotni o’zida ifoda qiladi.
Dinshunoslikda dinlarning muqaddas manbalarini o’rganish hamisha muhim vazifa bo’lib kelgan. Chunki, borliq va inson yaralishi, dunyoda kechayotgan voqea-hodisalarga munosabat bildirayotgan kishining ijtimoiy-ruhiy holatiga muqaddas manbalardagi xabarlarning ta’sirini o’rganish dinshunoslikning asosiy tadqiqot mavzularidan hisoblanadi. Mutaxassislar diniy manbalarni o’rganishda mu’tadil mavqeni saqlagan holda, ushbu manbalarning jamiyat hayotiga ta’sir darajasini aniqlash uchun ko’proq mazkur dinlarning o’zida shakllangan bilimlarga murojaat qiladilar.
Insoniyat tarixida din ma’naviy hayotning tarkibiy qismi bo’lib kelgan. Dunyodagi yirik dinlarda ularning asosiy ta’limotlarini o’zida mujassam qilgan muqaddas manbalari mavjud. Ushbu muqaddas manbalar mazkur dinga e’tiqod qiluvchilarning hayot tarzini muayyan darajada belgilab bergan.
Uchta jahon dini – buddaviylik, xristianlik, islom dinlarining muqaddas manbalarini o’rganish asnosida ularning asl mohiyati ezgulikka chaqirishini ko’rish mumkin. Mazkur manbalarda o’z aksini topgan yuksak insoniy fazilatlar orasida bag’rikenglik, o’zgalarga rahm-shafqat, mehr-oqibat ko’rsatish alohida o’rin tutadi.

Yüklə 196,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin