1.2. Ilm fan taraqqiyoti va globallashuv davrida yoshlarning diniy qadiryatlarga munosabatining o’ziga xos axamiyati
Yurtimiz hududida qadim davrlardan etnik va diniy xilma-xillikka hurmat bilan qarab kelingan. Asrlar davomida yirik shaharlarimizda masjid, cherkov va sinagogalar faoliyat koʻrsatib, turli millat va dinga mansub qavmlar oʻz diniy amallarini emin-erkin ado etib kelganlar . “Salkam ming yillar mobaynida taraqqiyotga mezbonlik qilgan Markaziy Osiyo Oʻrta Sharq, Yevropa, Hindiston va Xitoy mamlakatlarining buyuk madaniyati, bozor iqtisodiyotini birlashtirgan markaz vazifasini oʻtadi. Yevroosiyo mamlakatlari orasida Markaziy Osiyoliklar kabi olamshumul gʻoyalar, kashfiyotlarni oʻrganib, yuksak darajada takomillashtirmagan va ishlab chiqarish texnologiyalarini turmush tarzlariga jalb qilgan boshqa bir xalqni uchratmaysiz”.
IX-X asrlarda Oʻrta Osiyo (butun Markaziy Osiyo) zamonaviy akademiyalarga oʻxshash ilk ilmiy muassasa va jamiyatlar tashkil etila boshlagan Sharqdagi yirik ilmiy va madaniy markazlardan biriga aylandiXI asrda Urganch Xorazm poytaxti, obod, yuksak madaniyatga ega shahar boʻlgan. Xorazmshoh Abul Abbos ibn Maʻmun madaniyat va ilmga qiziquvchan hukmdor boʻlgani uchun olimlar, shoirlar, musiqachilar, xattotlar, arxitektor va rassomlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlagan. Urganchdagi Xorazmshohlar saroyida tibbiyot xodimi Abu Ali ibn Sino (Avitsenna), aniq fanlar vakili Abu Rayhon Beruniy, tarixchi ibn Miskavayx, matematik Abu Nasr ibn Iroq, faylasuf Abu Saxl Masixiy, tabib ibn Xammar va boshqa Sharq mutafakkirlari, qomusiy olimlar xizmat qilishgan. Musulmon Sharqdagi birinchi akademiya – “Baytul Hikmat”ni yer meridiani uzunligi darajasini oʻlchashda qatnashgan mashhur matematik al-Xorazmiy (783-850) boshqargan. Astrolyabiya (usturlob) qurish haqidagi asar, “Kitob aljabr val muqobala”, dunyodagi ilk “Astronomik jadval”lardan biri hamda qator ilmiy risolalar – “Hind hisobi haqida risola”, “Quyosh soatlari haqida risola”, “Musiqa haqida risola” va boshqa ilmiy ishlar uning qalamiga mansub. Al-Xorazmiy birinchi boʻlib qator algebraik tenglamalarni yechdi, birinchi boʻlib sonlar qatoriga yangi “nol” sonini kiritdi, bu sonlar nazariyasini kengaytirdi va manfiy sonlarga oʻtish imkonini berdi. Shu muvaffaqiyatlari uchun matematikaning yangi boʻlimi al-Xorazmiy sharafiga “algebra” deb atalgan. Al-Xorazmiyning mashhur “Kitob al-jabr van-muqobala” (Tiklash va qarama-qarshi qoʻyish haqidagi kitobi) da algebra ilk bor matematikaning mustaqil sohasi sifatida qaraladi. Zamonaviy kibernetikaning asosiy tushunchasi, uning zaruriy asoslaridan biri “algoritm” etimologik jihatdan al-Xorazmiyning ismi bilan bogʻliq. Urganchda oʻziga xos akademiya – “Bilimdonlar uyi” tashkil qilingan edi, unda astronomiya, falsafa, matematika, tibbiyot boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazilgan. Lekin bu holat Urganchda 1017-yilda Mahmud Gʻaznaviy Xorazmni istilo qilgunicha saqlanib qoldi.Shunday qilib Sharqda, xususan, Oʻrta Osiyoda, ilmiy faoliyatni akademiya shaklida tashkil qilish anʻanaga aylandi va Urganchdagi akademiyaga oʻxshash muassasalar keyingi asrlarda ham yaratilgan (tuzilgan). Samarqandda akademiya Mirzo Muhammad Taragʻay Ulugʻbek tomonidan XV asrda tashkil etilgan. Akademiya qoshida observatoriya, oʻsha davrning boy kutubxonasi va oliy oʻquv yurti – madrasa boʻlgan. Madrasada diniy fanlar bilan bir qatorda matematika, geometriya, astronomiya, tibbiyot, geografiya va boshqa dunyoviy ilmlar о‘qitilgan17. Ulug‘bekning akademiyasida mashhur olimlar – Qozizoda Rumiy,G‘iyosiddin Jamshid al-Koshiy va Ali Qushchi dars bergan, о‘tkaziladigan tadqiqot sohalari ham ularning yо‘nalishlariga mos bо‘lgan. Samarqanddagi Ulug‘bek akademiyasi matematika, astronomiya va geografiya fanlarining yuksalishiga salmoqli hissa qо‘shdi.
IX-XV asrlarda aniq va tabiiy fanlar (matematika, astronomiya, geodeziya, mineralogiya, tibbiyot, dorishunoslik va boshqa) tez sur’atlarda rivojlana boshladi. Platon, Aristotel, Gippokrat, Galen, Arximed, Ptolomey, Yevklid va boshqa buyuk mutafakkirlarning asarlari arab tiliga tarjima qilindi. Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg‘oniy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Mahmud Koshg‘ariy, Abu Ali ibn Sino, Nasriddin Tusiy, Qozizoda Rumiy, Jamshid Koshiy, Mirzo Ulug‘bek, Ali Qushchi va Sharqning boshqa olimlarining ilmiy tadqiqotlari darajasi ba’zi sohalarda boshqa mamlakatlarning mutafakkirlari ancha keyin о‘tkazgan izlanishlar natijalaridan yuqori edi. Abu Rayxon Beruniy tarix, xronologiya, farmakologiya, mineralogiya, astronomiya, matematika bо‘yicha asarlar yozdi, Yerda yangi qit’a borligini nazariy jihatdan asoslab, hisoblab chiqdi va jahon tan olgan kо‘plab masalalarni yechdi. Kо‘plab tadqiqotchilar Urganchdagi akademiyaning tashkil qilinishini shaharga Abu Rayhon Beruniyning tashrifi va uzoq vaqt ishlagani bilan bog‘lashadi.
Xuddi shu paytda bu yerda О‘rta Osiyoning buyuk olimi – Abu Ali ibn Sino ishlagan. Ibn Sino haqiqatdan qomusiy olim – tabiatshunos, tibbiyot xodimi, astronom, matematik, musiqashunos, yozuvchi va shoirdir. U Avitsenna nomi bilan mashhur bо‘lgan. Ibn Sino faoliyatini anglatuvchi ibora – “Madadi Sino” - Yevropa tillariga moslashtirilib, fandagi yо‘nalishni bildiruvchi “Meditsina” sifatida о‘zlashtirilgan. XVIII asrning mashhur tabiatshunos olimi Karl Linkey ibn Sinoning botanikadagi xizmatlarini yuksak baholab doim yashil nodir о‘simliklardan biriga uning ismini berdi. Ibn Sino 400 dan ortiq asar yozgan, shulardan 240 tasi bizning kunlarimizgacha yetib kelgan. Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida olimning 50 dan ortiq asarlari va bir qator ularga yozilgan sharhlar saqlanadi. Bu asarlar orasida olim ijodining toji hisoblanmish besh jildlik “Al qonun fit tib” (“Tib ilmi qonunlari”) ham bor. Bu asar о‘z davrida tibbiyot fani darajasini juda yuqori kо‘tardi, ibn Sino vafotidan yuz yil о‘tgach G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida keng tan olindi. XII asrda “Tib ilmi qonunlari” lotin tiliga tarjima qilindi va qо‘lyozmadayoq tarqalib ketdi. Bu asar 1493-yilda Venetsiyada lotincha tarjimada nashr qilindi va yuz yil mobaynida 16 marta chop etildi. Osiyo va Yevropaning barcha mashhur о‘quv yurtlarida 500 yil tibbiyot mana shu asar asosida о‘qitildi. Ushbu bebaho tib qonunlari hozirgi kunda ham о‘z ilmiy ahamiyatini yо‘qotmagan.
Matematik va astronom Qozizoda Rumiy (Salohiddin Muso ibn Muhammad ibn Mahmud, taxminan 1360-1437) Mirzo Ulug‘bekning ustozi edi. Ulug‘bek maktabi shakllanishiga uning qо‘shgan salmoqli hissasini inkor etish mumkin emas. Ilmdagi muvaffaqiyatlari uchun uni “Aflotuni zamon (о‘z davrining Platoni) deb atashgan. Mashhur matematik va astronom al-Koshiy (G‘iyosiddin Jamshid Koshiy) birinchi bо‘lib matematikaga pozitsion asosda о‘nli kasrlarni kiritdi va buni nazariy jihatdan isbotladi, Sin ni 1 gradus aniqlikkacha, P ni 17 raqamgacha hisoblab chiqdi. U о‘zining qator mashhur asarlarini astronomiyaga bag‘ishlagan18. Al-Koshiy Qozizoda Rumiy bilan birgalikda Ulug‘bek observatoriyasi qurilishini boshqargan.
Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek (1394-1439) о‘zidan ulkan ilmiy va madaniy meros qoldirdi, “Ziji jadidi Kо‘ragoniy” (“Yangi Kо‘ragon astronomik jadvallari”) – “Ulug‘bek ziji” buyuk olimning dunyoga mashhur asari. Ulug‘bek Samarqandda observatoriya va madrasa qurdi, о‘z akademiyasini tashkil qildi. О‘z shogirdlari bilan mingdan ortiq yulduzni о‘rganib, rо‘yxati – “yulduzli osmon xaritasi”ni tuzdi. Ulug‘bek akademiyasida olimlar faqat astronomiya bо‘yicha emas, balki matematika, falsafa, tarix va boshqa fanlarga oid tadqiqotlar ham olib borishgan. Ulug‘bek akademiyasida ishlagan atoqli astronom Ali Qushchi (Mavlono Aloviddin Ali ibn Muhammad Qushchi (1403-1474) о‘zidan matematika va astronomiyaga bag‘ishlagan dunyoga mashhur ilmiy ishlarini qoldirdi. U yil fasllarining о‘zgarishini Yerning Quyoshga yaqinlashishi natijasida Quyosh nurlarining Yer sathiga ta’siri bilan bog‘liq deb hisoblagan, Quyoshning tutilishi jarayonini ilmiy nuqtai nazardan aniqlagan. Ali Qushchining asarlari XVI-XVII О‘rta va Yaqin Sharqda astronomiya va matematika rivojiga salmoqli ta’sir qilgan19.
Mirzo Ulug‘bek, al-Koshiy, Ali Qushchi sonlar nazariyasi ravnaqiga salmoqli hissa qо‘shishdi va astronomik kuzatuv bilimlarini yanada yuqori darajada kо‘tarishdi. 1428-1429-yillarda Ulug‘bek radiusi 40 metr kvadrant bosh uskunasi bо‘lgan, о‘lchamlari tengsiz, noyob astronomik rasadxona qurgan. Samarqandda 30 yillik kuzatishlar asosida tuzilgan 1018 yulduz katalogi uzoq yillar dunyoda tengsiz bo‘lib qoldi. Ulug‘bek astronomiya maktabi yutuqlari Sharq va G‘arb fani yuksalishiga katta ta’sir kо‘rsatdi. Uning ilmiy asarlari dunyoning kо‘p tillariga tarjima qilindi, Yevropa va Amerikada keng tarqaldi. Mirzo Ulug‘bek jahon fani tarixida Tixo Brage, Iogann Kepper, Nikolay Kopernik va Galileo Galiley bilan bir qatorda turadi. M.V. Lomonosov nomidagi MDU katta zalida barcha davrlar olimlariga bag‘ishlangan tarixiy xotira galereyasida о‘rta asrlarning mashhur olimi Mirzo Ulug‘bekning portreti haqli ravishda о‘ziga mos joyni egallagan. О‘zbekistonning bir qator shaharlari va Belgiyada Mirzo Ulug‘bekka haykal о‘rnatilgan, qadimiy Samarqand observatoriyasiga, qator universitetlarga, jumladan О‘zbekiston Milliy universitetiga, maktablarga, shaharga qarashli tumanlarga va О‘zbekistondagi fizik-yadroshunoslar qо‘rg‘oniga uning nomi berilgan.
XIX asrda О‘zbekistonda birinchi ilmiy muassasa – Toshkent fizik – astronomik observatoriyasi (О‘zR FA Astronomiya instituti) 1873-yilda tashkil qilingan. Boshida observatoriya ekspeditsiyalar uyushtirish bilan shug‘ullangan va natijada mintaqadagi mingdan ortiq joyning koordinatalari aniqlangan, XX asrning 30- yillaridan observatoriya astronomiyaning fundamental masalalarini tadqiq qila boshladi.
1918-yilda Turkistonda iqtisod va madaniyatning turli sohalariga kadr tayyorlovchi maxsus muassasalar ochilgan. Ulardan biri 1918-yil 21-aprelda ochilgan Turkiston xalq universitetidir. Sal keyinroq Andijon, Qо‘qon, Samarqand, Farg‘ona, Jizzax va boshqa shaharlarda uning filiallari ochildi. 1919-yilda Toshkentda fizioterapiya ilmiy-tekshirish instituti tuzildi. 20-yillarda tarix, tibbiyot, tabiiy fanlar sohasida qator ilmiy-tekshirish institutlari ochildi. 1920-yilda Turkiston Davlat universiteti (1923-yildan О‘rta Osiyo davlat universiteti, 1960-yildan Toshkent davlat universiteti, hozir- О‘zbekiston Milliy universiteti) tashkil qilindi. Keyinchalik mintaqadagi tabiiy boyliklarni о‘rganish maqsadida universitet negizida mustaqil oliy о‘quv yurtlari va fanning turli yо‘nalishlari bо‘yicha qator ilmiy muassasalar ochildi. 1940-yilda Toshkentda 1932-yilda tuzilgan ilmiy komitet asosida О‘zbekistondagi SSSR FA filiali tashkil etildi va shu vaqtdan boshlab filial О‘zbekistondagi bosh ilmiy-tadqiqot markazi bо‘lib kelayapti. О‘sha paytda uning tarkibiga geologiya, botanika, kimyo, suv xо‘jaligi muammolari (1941-yildan energetika instituti), tarix, til va adabiyot institutlari; tuproqshunoslik, zoologiya, fizika va matematika (geliotexnika laboratoriyasi bilan) bо‘limlari; Toshkent astronomik observatoriyasi (Kitob kenglik stansiyasi bilan); kartografiya va iqtisodiy tadqiqotlar byurosi kirgan. 1940-yilda О‘zbekistonning ilmiy-tekshirish institutlarida va oliy о‘quv yurtlarida 3 mingdan ortiq ilmiy va ilmiy-pedagogik xodimlar ishlashgan. II jahon urushi (1941-1945) davrida respublikada 40 dan ortiq ilmiy-tekshirish institutlari va oliy о‘quv yurtlari ish olib borgan.
1943-yilda О‘zbekistondagi SSSR FA filiali О‘zbekiston SSR Fanlar akademiyasi sifati qayta tashkil qilindi. Bu vaqtda uning tarkibida 10 ta ilmiy-tekshirish institutlari, shu jumladan 1943 yilda tuzilgan fizika-texnika, tarix, sharqshunoslik, iqtisodiyot institutlari bor edi. 11 ta akademik-ta’sischi, 18 ta muxbir a’zo, 3 ta faxriy a’zo akademiya a’zolari bо‘lishdi. Akademiya muassasalarida 210 nafar ilmiy xodim ishlardi, ulardan 28 nafari fan doktori va 80 tasi fan nomzodi edi. 40- yillarning ikkinchi yarmida respublika olimlarining kuchlari asosan urushdan keyingi iqtisod, madaniyat, tibbiyot va boshqa sohalarni yuksaltirishga yо‘naltirilgandi.
1958-yili Toshkent shahri yaqinida yadro reaktori qurildi, u yadro fizikasi taraqqiyotiga asos bо‘ldi. 60-70-yillarda О‘zbekiston tabiiy va ijtimoiy fanlar sohalarida ish olib borayotgan ilmiy muassasalarning faoliyati butunlay respublika oldida turgan muhim iqtisodiy va madaniy masalalarni yechishga yо‘naltirilgandi. Paxtachilik, irrigatsiya, energetika, rangli metallurgiya va boshqa tarmoqlar yuksalishining kompleks tadqiqiga alohida e’tibor qaratildi. 1987-yili Toshkent viloyatining Parkent tumanida nodir “Katta quyosh pegi” bizerkal optik-gelio-energetik tizim qurilishi tugallandi va ishlatishga topshirildi.
Mamlakatda fanning yanada rivojlanishiga О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning 1992-yil 8-iyuldagi Farmoni va Vazirlar Mahkamasining “Davlat tomonidan fanning rivojlanishi va innovatsion faoliyatni qо‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi yuqoridagi Farmonni bajarish yuzasidan chiqargan Qarori ancha ta’sir qildi.
О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2004-yil 9-noyabrda 532-sonli “Xorazm Ma’mun Akademiyasining 1000 yilligini nishonlash tо‘g‘risida” va 2005-yil 1-noyabrdagi 240-sonli “Xorazm Ma’mun Akademiyasi faoliyatini takomillashtirish va 1000 yillik yubileyini nishonlashning qо‘shimcha chora-tadbirlari tо‘g‘risida” qarorlar qabul qildi. Shunday qilib, Xorazm Ma’mun Akademiyasi О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining mintaqaviy bо‘limi sifatida tiklandi.
О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tashqi ishlar vazirligi va YUNESKO ishlari bо‘yicha О‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi bilan hamkorlikda 2006-yil 20-sentabrdan – 12-oktabrgacha YUNESKOning shtab-kvartirasida (Parij sh.) kо‘rgazma tashkil qilishdi va Xorazm Ma’mun Akademiyasining 1000 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy anjuman о‘tkazishdi. О‘zbekistondagi xorij davlatlarning qator elchixonalari О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi olimlari ishtirokida Xorazm Ma’mun Akademiyasi faoliyatiga bag‘ishlangan tadbirlar о‘tkazishdi, shunday konferensiyani yana Saudiya Arabistoni Ilmiy-tadqiqot markazi Koreyaning Kyongxi universiteti bilan birgalikda о‘tkazishdi.
Fanlar akademiyasi faoliyatini kuchaytirishda О‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 2006-yil 7-avgustdagi “Fan va texnologiyalar rivojlanishini boshqarish va muvofiqlashtirishni takomillashtirish chora- tadbirlari tо‘g‘risida”gi Qarori va О‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi qoshida Fan va texnologiyalar rivojini muvofiqlashtirish komitetini tashkil qilinganligi alohida ahamiyatga ega bо‘ldi.
О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bozor iqtisodiga о‘tish davrida ilmiy-tekshirish muassasalari olib borayotgan asosiy, amaliy va innovatsion tadqiqotlarga katta e’tibor qaratadi. Bugungi kunda yuqori bilimni talab qiluvchi mahsulotlar va ilmiy-tekshirish muassasalari xizmatlarini keng targ‘ib qilish, muhim amaliy ilmiy natijalardan foydalanishning yangi yо‘llari aniqlanib, hayotga tatbiq qilinmoqda, О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy bо‘limlari faoliyati takomillashtirilmoqda.
Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 4-mayda qabul qilingan
Senat tomonidan 2021-yil 26-iyunda ma’qullangan.
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
diniy ta’lim muassasasi — muayyan konfessiyaga mansub bo‘lgan, diniy tashkilotlarning professional xizmatchilarini va ular uchun zarur bo‘lgan diniy xodimlarni tayyorlash uchun diniy tashkilotlarning O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha markaziy boshqaruv organi tomonidan tashkil etilgan muassasa;
diniy tashkilot — fuqarolarning belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, birgalikda dinga e’tiqod qilish, ibodat qilish, diniy rasm-rusumlar va marosimlarni bajarish maqsadida tashkil etilgan, daromad (foyda) olishni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan hamda olingan daromadlarni (foydani) o‘z ishtirokchilari (a’zolari) o‘rtasida taqsimlamaydigan ko‘ngilli birlashmasi (mahalliy diniy tashkilot, diniy ta’lim muassasasi va diniy tashkilotlarning O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha markaziy boshqaruv organi);
diniy tashkilotlarning O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha markaziy boshqaruv organi — bir konfessiyaning mahalliy diniy tashkilotlari, shuningdek diniy ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining kamida sakkizta ma’muriy-hududiy birligida (Qoraqalpog‘iston Respublikasida, viloyatda, Toshkent shahrida) ro‘yxatdan o‘tib faoliyat ko‘rsatayotgan mahalliy diniy tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan diniy tashkilot;
mahalliy diniy tashkilot — O‘zbekiston Respublikasining tegishli tumani (shahari) hududida doimiy yashayotgan, o‘n sakkiz yoshga to‘lgan, ellik nafardan kam bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tashabbusi bilan tashkil etilgan, faoliyatini Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman yoki shahar hududida amalga oshiruvchi diniy tashkilot (masjidlar, cherkovlar, sinagogalar, ibodatxonalar va boshqalar);
missionerlik — aniq maqsadga qaratilgan mafkuraviy ta’sir o‘tkazish orqali shaxsni (bir guruh shaxslarni) o‘z diniga kiritish maqsadida unga (ularga) diniy qarashlarni majburan singdirishga va diniy ta’limotni tarqatishga doir faoliyat;
qonunga xilof diniy faoliyat — diniy tashkilot sifatida ro‘yxatdan o‘tmasdan faoliyat ko‘rsatish, diniy tashkilot tomonidan faoliyatni o‘zi turgan joydan, shu jumladan ibodat qilinadigan binolardan va diniy tashkilotga tegishli hududlardan tashqarida amalga oshirish, shuningdek diniy ta’lim muassasalaridan tashqarida xususiy tartibda diniy ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanish;
diniy professional ta’lim — diniy ta’lim muassasalarida o‘quvchilarga ma’lum bir konfessiyaga oid diniy bilimlar berishga qaratilgan jarayon;
prozelitizm — missionerlik faoliyatining bir konfessiyaga e’tiqod qiluvchilarni boshqa konfessiyalarga o‘tkazishga qaratilgan shakli.
Tariximizning eng murakkab, og‘ir davrlarida ham ular o‘rtasida diniy asosda mojarolar bo‘lmagani, xalqimizning diniy bag‘rikenglik borasida katta tajriba to‘plaganidan dalolat beradi.
O‘zga xalqlar tili, urf-odatlari va an'analariga chuqur hurmat, ularning o‘zligini saqlab qolish, madaniy-ma'rifiy ehtiyojlarini ro‘yobga chiqarishga imkoniyat yaratish va har tomonlama yordam ko‘rsatish bag‘rikenglikning yorqin xususiyatlaridandir. Aynan mana shunday bag‘rikenglik, sabr-bardoshlilik madaniyatimizning benazir namunalarini saqlab qolish, asrlar sinovidan olib o‘tish, kamol toptirish hamda o‘zga madaniyatlarning ahamiyatli natijalari bilan boyitishga sharoit yaratdi.
2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida so‘ngi 3 yil davomida diniy bag‘rikenglikni ta'minlash sohasida quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirildi:
BMT Bosh Assambleyasi 2018 yilning 12 dekabr oyida o‘tkazilgan yalpi majlisda «Ma'rifat va diniy bag‘rikenglik» deb nomlangan maxsus rezolyutsiyani qabul qildi. O‘zbekiston tomonidan ishlab chiqilgan hujjat loyihasi BMTning barcha a'zo davlatlari tomonidan bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi. Mazkur rezolyutsiyani qabul qilish tashabbusi 2017 yil sentyabrь oyida BMT Bosh Assambleyasining Nyu-Yorkdagi 72-sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan ilgari surildi.
2018 yilning 16 aprelida O‘zbekiston Respublikasi amaldagi Prezidenti Sh.Mirziyoyev «Diniy-ma'rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonni imzoladi. Mazkur hujjat O‘zbekistonda diniy ta'lim tizimining uzluksizligini ta'minlashga qaratilgan: boshlang‘ich bosqichdan (o‘rta maxsus islom ta'lim muassasalari yoki madrasalar) tortib, to oliy va undan keyingi diniy ta'limgacha.
2019 yil 4 sentyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Diniy-ma'rifiy soha faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha Qo‘mitaning Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston yoshlar Ittifoqi, O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi bilan jamiyatda vijdon erkinligi va diniy-ma'rifiy muhit barqarorligi kafolatlarini ta'minlash maqsadida mustahkam va doimiy hamkorlikni nazarda tutuvchi yangi tizim joriy etildi.
O‘zbekiston Islom akademiyasi va Toshkent Islom universiteti negizida O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasi tashkil etildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand, Namangan va Surxondaryo viloyatlarida Akademiya tarkibidagi malaka oshirish Markazi hududiy filiallari tashkil etildi.
O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasi huzurida «Ziyo» media-markazi tashkil etilib, u ajdodlarimizning diniy-ilmiy merosini keng targ‘ib qilish, dinning haqiqiy insonparvarlik maqsadini hamda diniy-ma'rifiy hayotda sodir bo‘layotgan yangiliklardan keng jamoatchilikni xabardor qilib borishni ta'minlovchi asosiy media-tuzilma hisoblanadi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzurida «Vaqf» xayriya jamoat fondi tashkil etildi. Uning asosiy vazifasi masjidlar, ziyoratgohlar, muqaddas qadamjolar va shu kabi boshqa ob'ektlarning rekonstruktsiyasini moliyalashtirish, ularni moddiy-texnik bazasini yaxshilash hamda ushbu soha xodimlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir.
2018 yilning yanvarь-aprelь oylarida Respublika miqyosida bir necha bosqichdan iborat (tuman, shahar, viloyat, respublika) Qur'oni karim tilovati bo‘yicha qorilar ochiq musobaqasi tashkil etilib, unda 5 mingdan ziyod ishtirokchi qatnashdi.
O‘zbekistonda Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari tashkil etildi. Viloyatlarda kalom, hadis, fiqh, aqida ilmi va tasavvufni o‘rganishga ixtisoslashgan beshta ilmiy maktab ochildi.
Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan O‘zbekistonda Markaziy Osiyo musulmon mutafakkirlarining jahon sivilizatsiyasi rivojidagi roliga bag‘ishlangan 10 dan ortiq kitob va risolalar tayyorlandi.
Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Imom Termiziy, Hakim Termiziy va termizlik boshqa olimlarning 20 dan ortiq asarlari o‘zbek tiliga tarjima qilindi.
Ilim fan taraqqiyoti va globallushuvi deganda internet tushunchasidan ayricha fikr yuritib bo’lmaydi. Internet fan texnika taraqqiyoti va madaniyat evolutsiyasining xosilasi hisoblanadi.
Ayniqsa yoshlar xayotida global tarmoqning o’rni va roli tobora oshib bormoqda.Internet dunyoning turli mintaqalaridea yashovchi insonlarning o’zaro muloqotini hamda axborot almashinuvini mukammal darajada osonlashtirdi, ammo shu xolatda asosiy e’tibor malumotning qanchalik to’g’riligi ma’lumot manbaasining aniq va ishonchliligi hamda uzatlgan ma’lumotning to’gridan to’g’ri qabul qilinishi yoki analiz qilinishida qaratilishini talab etadi.
Mutaxassislar (faylasuf va sotsiolog olimlar)ning fikricha, hali ilm-fanda „antikultura“ („gʻayrimadaniyat“) degan ilmiy tushuncha shakllanmaganligi uchun „Pop (ommaviy) madaniyat“ tushunchasi, nochorlikdan qoʻllanilmoqda. Chunki, „ommaviy madaniyat“, aslida madaniyatsizlik, yaʼni maʼnaviyatsizlik va axloqsizlik sinonimidir. „Ommaviy madaniyat“ shu boisdan, eng avvalo, yuksak isteʼdod va oʻlmas maʼnaviy-axloqiy gʻoyalar bayroqdori boʻlgan mumtoz madaniyatga, sanʼatga, uning boyliklariga qarshi tish-tirnogʻi bilan kurashib, uni inkor etib keladi.
Gʻarb dunyosining oʻzidagi faylasuflar, sotsiolog olimlar, "Bizga „Toʻqqizinchi simfoniya“ (Betxoven) kerak emas!" yoki „Mona Liza“ni loyga qorishtiramiz!" kabi jaholatparastlikka asoslangan xitoblar „ommaviy madaniyat“ tarafdorlari va muxlislarining dasturiy qarashlari negizini tashkil etadi, deb yozadilar.
Ajablanarlisi, gohida gʻoyatda isteʼdodli insonlar ham „ommaviy madaniyat“ targʻibotchilarining qutqusiga uchrab, uning tegirmoniga suv quymoqda. Masalan, rassom Salvador Dali Leonardo da Vinchining „Mona Liza“ („Jakonda“) asarini kulgi qilib, Mona Liza lablari ustiga moʻylov chizgan va „Moʻylovli Jakonda“ asarini yaratgan. Mana shunday „achchiq istehzoli, qora mazmunli kulgi“ — „ommaviy madaniyat“ faoliyatining eng yetakchi belgilaridan biridir.
“Ommaviy madaniyat” namoyandalari qora, zaharxanda, behayo kulguni “isyon ifodasi” deb bilishadi. “Nimaga qarshi isyon” degan savol tugʻiladi. Agar “pop-madaniyat” dunyoga “ehson” etayotgan “pop-art” („tasviriy sanʼat“ desa ham boʻladi), "pop- natijalariga qarab hukm yuritilsa, ular insoniyat yaratgan barcha qadriyatlarni isyonkorlik bilan inkor etadi: yuksak madaniyatni, maʼnaviyatni, axloqni, yuksak orzu-maqsadlarni mensimaydi.
Ular uchun ezgulikning oʻzi yoʻq. Jumladan, sanʼat — alohida isteʼdodlar tomonidan yaratiladigan maʼnaviy boylik, moʻʼjiza ekanligi kabi ijodning oliy mezonlari „pop-madaniyat“ tarafdorlarining oʻta darajada gʻashini keltiradi. Ularcha, hamma sanʼatkor boʻlishi mumkin. Hamma narsa sanʼat atalishi mumkin. “Pop-art” — ommaviy sanʼat shu xulosa manbaida vujudga kelgan.
Chunonchi, „ommaviy madaniyat“ namoyandalaridan biri Karl Manning fikricha, atrof-borliqda, maishiy hayotda mavjud barcha narsalar (masalan, konserva bankalari, siniq tish choʻtkalari, mashina, vodoprovod kabilarning zanglagan boʻlaklari, turli suratlar, jurnal-gazeta qiyqimlari ham) hayot bagʻridan alohida ajratilib, ularga muayyan tartib berilib, odamlar nazariga tutilsa, bu oddiy chiqindilar baayni arxeologik qazilmalar chogʻida topilgan qadimgi yunonlar davriga xos osori atiqalarday oʻzgacha ahamiyat kasb etib, „sanʼat, madaniyat namunalari“ qatoridan oʻrin olar emish20.
“Pop-art”chilarning dasturiy qarashi shundayki, ular insonni emas, aksincha, narsalar va buyumlarni eʼzozlashadi; maʼnaviy dunyoni emas, maishiy-isteʼmolchilik his-tuygʻularini qadrlaydilar va ularni keng ommalashtirishga intiladilar. Ularning maʼnaviy pozitsiyasi — maʼnaviyatni oʻldirish va „narsalarga qullik“ni ragʻbatlantirishdir. Amerikaning taniqli adibi R. Bredberi aytganidek, „ommaviy madaniyat“ maktabidan oʻtgan avlod uchun hayotning maʼnosi — avtomobil, televizor, muzlatkichga ega boʻlish. Agar televizor ikkita boʻlsa, ularga shuncha yaxshi21.
Statistika ma’lumotlariga ko’ra dunyo bo’yicha enternetdan eng ko’p foydalanuvchilar aynan 21 dan 30 yoshgacha bo’lgan yoshlar xissasiga to’g’ri keladi.”Statistika ma’lumotlarini yurtimiz bo’yicha ko’rib chiqadigan bo’lsak: 2007 – yilda internetdan foydalanuvchilar soni bir millionni tashkil etgan bolsa; 2016 – yil yakuniga ko’ra bu ko’rsatkich o’n ikki million dan oshdi”22 .
Ommaviy madaniyat deb berilgan madaniyatning bosh oqimiga kiruvchi gʻoya, nuqtai nazar, koʻrsatma, mem, imij va boshqa ijtimoiy fenomenlar toʻplamiga aytiladi. 20-asr oʻrtalaridan boshlab ommaviy madaniyatga ommaviy axborot vositalari kuchli taʼsir oʻtkaza boshladi.Ommaviy madaniyat koʻpincha keng aholi qatlamiga xush kelishi uchun soddalashtirilgan va ahamiyatsiz mavzularga berilgan, deb qaraladi. Natijada ommaviy madaniyat dinchi va kontrmadaniyatchilar tomonidan yuzaki, isteʼmolparast, sensualist va buzuq, deb tanqid qilinadi. Mutaxassislar (faylasuf va sotsiolog olimlar)ning fikricha, hali ilm-fanda “antikultura” (“gʻayrimadaniyat”) degan ilmiy tushuncha shakllanmaganligi uchun “Pop (ommaviy) madaniyat“ tushunchasi, nochorlikdan qoʻllanilmoqda. Chunki, “ommaviy madaniyat”, aslida madaniyatsizlik, yaʼni maʼnaviyatsizlik va axloqsizlik sinonimidir. „Ommaviy madaniyat“ shu boisdan, eng avvalo, yuksak isteʼdod va oʻlmas maʼnaviy-axloqiy gʻoyalar bayroqdori boʻlgan mumtoz madaniyatga, sanʼatga, uning boyliklariga qarshi tish-tirnogʻi bilan kurashib, uni inkor etib keladi. tanaga turli rasmlar chizdirish( tatu ), Helovvin bayramini nishonlash, Tananing turli qismlarini teshdirib turli temirli buyumlarni taqish, Jamoat joylarida sodir bo'lgan ko'ngilsiz voqealarni foto va video lavhalarga olish(insonlarga yordam bermasdan ), shu bulan birgalikda turli ko'rinishlari mavjud... Shu o‘rinda zarur bir izoh: «pop (ommaviy) madaniyat»ning namoyandalari va targ‘ibotchilari «pop-adabiyot»ni unchalik tan olishmaydi. Ularning fikricha «adabiyot - bu so‘z san'ati» degani. «Pop (ommaviy) madaniyat» esa san'atga, jumladan, «so‘z san'ati»ga qarshi. Aniqrog‘i, «san'atsiz so‘z», ya'ni yovvoyi, dag‘al, tarbiya, axloqni xush ko‘rmaydigan «ko‘cha so‘zlari»ga moyil. Biroq, ular xohlaydimi-yo‘qmi, aynan G‘arb olamida bemaza qovunning urug‘iday ko‘payib, tomir otayotgan «ommaviy madaniyat» ta'sirida «Pop (ommaviy) adabiyot» ham tug‘ilyapti. Va bu «adabiyot» «ommaviy madaniyat»ning tuban g‘oyalari targ‘ibotiga xizmat qilmoqda.
Ajablanarlisi, gohida gʻoyatda isteʼdodli insonlar ham „ommaviy madaniyat“ targʻibotchilarining qutqusiga uchrab, uning tegirmoniga suv quymoqda. Masalan, rassom Salvador Dali Leonardo da Vinchining „Mona Liza“ („Jakonda“) asarini kulgi qilib, Mona Liza lablari ustiga moʻylov chizgan va „Moʻylovli Jakonda“ asarini yaratgan. Mana shunday „achchiq istehzoli, qora mazmunli kulgi“ — „ommaviy madaniyat“ faoliyatining eng yetakchi belgilaridan biridir.„Ommaviy madaniyat“ namoyandalari qora, zaharxanda, behayo kulguni „isyon ifodasi“ deb bilishadi. „Nimaga qarshi isyon“ degan savol tugʻiladi. Agar „pop-madaniyat“ dunyoga „ehson“ etayotgan „pop-art“ („tasviriy sanʼat“ desa ham boʻladi), "pop- natijalariga qarab hukm yuritilsa, ular insoniyat yaratgan barcha qadriyatlarni isyonkorlik bilan inkor etadi: yuksak madaniyatni, maʼnaviyatni, axloqni, yuksak orzu-maqsadlarni mensimaydi.Ular uchun ezgulikning oʻzi yoʻq. Jumladan, sanʼat — alohida isteʼdodlar tomonidan yaratiladigan maʼnaviy boylik, moʻʼjiza ekanligi kabi ijodning oliy mezonlari „pop-madaniyat“ tarafdorlarining oʻta darajada gʻashini keltiradi.
Chunonchi, „ommaviy madaniyat“ namoyandalaridan biri Karl Manning fikricha, atrof-borliqda, maishiy hayotda mavjud barcha narsalar (masalan, konserva bankalari, siniq tish choʻtkalari, mashina, vodoprovod kabilarning zanglagan boʻlaklari, turli suratlar, jurnal-gazeta qiyqimlari ham) hayot bagʻridan alohida ajratilib, ularga muayyan tartib berilib, odamlar nazariga tutilsa, bu oddiy chiqindilar baayni arxeologik qazilmalar chogʻida topilgan qadimgi yunonlar davriga xos osori atiqalarday oʻzgacha ahamiyat kasb etib, „sanʼat, madaniyat namunalari“ qatoridan oʻrin olar emish “Pop-art” chilarning dasturiy qarashi shundayki, ular insonni emas, aksincha, narsalar va buyumlarni eʼzozlashadi; maʼnaviy dunyoni emas, maishiy-isteʼmolchilik his-tuygʻularini qadrlaydilar va ularni keng ommalashtirishga intiladilar. Ularning maʼnaviy pozitsiyasi — maʼnaviyatni oʻldirish va „narsalarga qullik“ni ragʻbatlantirishdir. Amerikaning taniqli adibi R. Bredberi aytganidek, „ommaviy madaniyat“ maktabidan oʻtgan avlod uchun hayotning maʼnosi — avtomobil, televizor, muzlatkichga ega boʻlish. Agar televizor ikkita boʻlsa, ularga shuncha yaxshi.
Agar ayrim g‘arb davlatlarida erkak bilan erkak, ayol bilan ayol o‘rtasidagi nikoh - hayratlanarli hodisa bo‘lmay qolayotganligi nazar tutilsa, «ommaviy madaniyat» targ‘ib etayotgan ma'naviy tubanliklar, behayoliklar, qabohatlar naqadar chuqurlashib ketganligini tasavvur etish qiyin emas.
Hozirgi kunda milliy ma’naviyatga xavf solayotgan taxdidlardan birini hech ikkilanmasdan ommaviy madaniyat deyishimiz mumkun.Yetakchi g’arb mamlakatlarida estetik va ma’naviy-madaniy ehtiyojlari nisbatan tor odamga mo’ljallangan ijodiy asar yoki buyimlarni ishlab chiqarish tadbirkorlarni bir turiga aylangan. Demak, bugun bu “ommaviy madaniyat” degan balo bizning vatanimizga kirib kelgan va yoshlar ongiga o`z ta`sirini o`tkazayotgan ekan, unga qarshi kurash uchun nima qilmoq kerak, degan savol o`z-o`zidan tug`ilishi tabiiy Buning uchun avvalo, “Ommaviy madaniyat” degan tushunchani, uning salbiy oqibatlarga olib kelishini, boshlang`ich sinflardan sodda ko`rinishlar bilan tushuntirishni boshlash va bu ishni ta`limning barcha bo`g`inlarida bosqichma-bosqich davom ettirish zarur. Bundan tashqari, internetda ma`naviyatni shakllantiruvchi milliy g`urur, vatanparvarlik, insonparvarlik kabi insoniy fazilatlar bilan sug`orilgan milliy saytlar yaratishimiz zarur. Fikrimning isboti sifatida biz yaqinda “Odnoklassniki” saytida “JANUB GAVHARI” deb nomlangan milliy ma`naviyatimizni targ`ib qiluvchi guruh ochdik.Unga Prezidentimizning: ”G`OYAGA QARSHI G`OYA, MAFKURAGA QARSHI MAFKURA, JAHOLATGA QARSHI MA`RIFAT BILAN KURASHISH KERAK” degan dono fikrlarini status qilib qo`ydik. Bunda biz prezidentimizning yoshlarga bag`ishlangan fikrlarini, buyuk ajdodlarimizning komil inson va ma`naviy barkamollik haqida bildirgan fikrlarini, hadislardan namunalar berib bormoqchimiz Bundan tashqari, milliy ma`naviyatimizni shakllantiruvchi milliy kompyuter o`yinlarini, multfilmlarni yaratishimiz, milliy qadriyatlarimiz aks etgan yoshlarni o`ziga jalb qila oladigan badiiy asarlar yaratish,milliy musiqa, qo`shiq matlariga e`tibor berish, milliy ma`naviyatimizni aks ettiruvchi rasmlarni internet saytlari orqali ko`proq reklama qilishimiz kerak.Lo`nda qilib aytganda, yoshlarimiz qiziqayotgan o`sha “pop” janriga teng keladigan, biroq milliylik bilan sug`orilgan, milliy ma`naviyatimizga mos keladigan kerak bo`lsa, uni mustahkamlaydigan yangi janr yaratishimiz kerak. Shunday ekan, bugun biz yosh avlod tarbiyasiga ertanggi kun vorislari sifatida jiddiy e`tibor berishimiz kerak. Yoshligidan oilada sog`lom moddiy-ma`naviy turmush tarzini yaratib berishimiz, ularning imkoniyatlarini orzu-havaslarini yaxshilik va ezgulik uchun xizmat qilishga yo`naltirishimiz kerak. Ertanggi kun qanday bo`lishi bizga, biz ta`lim-tarbiya berayotgan yoshlarga bog`liq. Zero, Prezidentimiz I. A. Karimov aytganidek:”Vatanimiz kelajagi, xalqimizning ertanggi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obro`-e`tibori avvalom bor farzandlarimizning unib-o`sib, ulg`ayib, qanday inson bo`lib hayotga kirib borishiga bog`liqdir. Biz bunday o`tkir haqiqatni hech qachon unutmasligimiz kerak”. Aynan milliy qadriyatlar qadrlangan jamiyatda ijtimoiy-siyosiy muhit fuqarolik institutlarini rivojlantirish uchun yetarli darajada shakllangan bo’ladi,bunday jamiyatda u yoki bu fikr ana shu qadriyatlar asosida yuzaga keladi. Darhaqiqat o’zbek ayollarining hayosi,ibosi va ayniqsa milliy atlas liboslari naqadar jozibador ekanligiga juda ko’p marotaba amin bo’lganmiz.Afsuski so’ngi yillarda ayollarimiz milliy kiyimlarimizni kiymay qo’yishmoqda.Bunga yana o’sha g’arb madaniyatiga taqlid deb bemalol aytishimiz mumkin. Xulosa Xulasam shuki bugungi kunda yoshlarimizni ya’ni tengqurlarimni bo’sh vaqtlari qolishiga umuman yo’l qo’ymasligimiz kerak.Ularni doimo vaqtdan unumli foydalanishlari uchun ya’ni o’qishdan bo’sh vaqtlarida o’zlari qiziqadigan sport to’garaklariga yoki agar eplay olishsa oila budjetiga ozmi ko’pmi xissa qo’shib o’qishdan tashqari ishlashlari maqsadga muvofiq bo’lardi (albatta bu o’qishga xalaqit bermasa). Shunda biz “ommaviy madaniyat” kushandalariga aylanib qolmaymiz,shunda biz o’zimiz xohlagan inson bo’lib yetishamiz va eng avvalo milliy madaniyatimiz,qadriyatlarimiz va madaniy meroslarimizni asrab avaylagan holda ertangi avlodga ham yetqazishimiz lozim .
Bugungi globallashuv davrida internet yoshlar onggi va hissiyotlariga tafakkur tarziga xulq atvoriga ta’sir ko’rsatishda katta imkoniyatlarga ega . internetnng bugungi kundagi rivoji yoshlarga g’oyaviy ta’sir o’tkazishning miqyosi va ko’lamining keskin darajada o’sishiga olib keladi.
Ma’lumotlarda keltrilishicha bugungi kunda kelib internet tarmog’ida ma’naviy axloqiy tubanlikni targ’ib etuvchi sahifalarning soni yuz milliondan ko’proqni tashkil etadi .Ushbu fakt va raqamlar kishilarni axborotlarga nisbatan juda ehtiyotkorlik , ogohlik va ziyraklik bilan munosabatda bo’lishni taqazo etadi.
Boshqacha aytganda yoshlarda axborot istemoli madaniyatini shakillantirish bugungi kunning muhim vazifalaridan hisoblanadi.
Aynan shutaraqqiyot vositasidan ustamona foydalanish va qalblarni zabt etishda diniy omilning roli roli yuqori. Shuning uchun xam turli diniy – ekstrimistik va terrorchi uyushmalar o’z g’oyalarini targ’b qilishda zamonaviy texnologiya va ilm fan yutuqlarini shu jumladan internetni samarali vosita sifatida qo’llamoqda.
Ming afsuski bunday diniy tuzoqlarga asosan ilm va ma’rifatdan yiroq sof diniy tushunchalarning asl mazmunini bilmagan kishilarni , asosan yoshlarni jalb etishga intilib ijtimoiy tarmoqlar orqali “jihod” , “shahidlik” , “hijrat” tushunchalarini notug’ri talqin etgan xolda ongini egallashga xarakat qilinmoqda.
Buyuk Britaniyalik yozuvchi ilohiyot shunos professor Abdulhakim Muxtor (Islom dinini qabul qilgunga qadar bo’lgan ismi Timmati Uinter ) nafaqt Islom dini balki barcha jahon dinlari, tarix , siyosat , iqtisodiyot bo’yicha dunyodagi yetakchi olim sifatida taniqlidir . U Anglliya va Amerika Qo’shma Shtatlardagi xamda Yevropaning ko’plab nufuzli Universitetlarida maruzalar uqib keladi. Abduhakim Muxtorning “ XXI asrda Islom; yoxud postmodern zamonda qiblani toppish“4asarida xozirgi kuda ilm fan taraqqiy etayotgan bir davrda “Yoshlarning dinga bo’lgan munosabati turl qarama qarshliklar o’rtasida qolayotganini va buning yakdil yechimi sifatida chuqur diniy ilmga ega insonlar bu bilan cheklanmasdan dunyoviy fanlarda xam yuqori natijalarga erishishi zarur”6 deya takidlaydi.
Bu fikrlarga qoshimcha sifatida aytish mumkunki turli zamonaviy texnikalardan foydalanyotgan yoshlar Islom dinining ko’plab qoidalrini esklik va qoloqlik deb tushunmoqda ,bunga asosiy sabab esa mana shun texnologiyalarni yaratuvchilarI asosan g’ayri dinlar ekanlgidadir. Abdulhakim Muxtorning keltrishicha xozirgi kunda xechbir davlat iqtisodiyotini banklar faoliyatisiz tasavvur qilib bo’lmaydi; ammo Islomiy qoidalarga ko’ra foizlar bilan ishlash ya’ni“sudxo’rlik “ man qilingan.Musulmon aholisi ko’p bo’lgan davlatlarda musulmonlar o’rtasida bank bilan ishlamaslik xolatlari ko’p kuzatilinadi.Bu xolat musulmon davlatlarida katta sarmoyaga ega kuchli banklarni vujudga kelishiga yo’l bermaydi, tabiiyki xarbir davlat taraqqiyoti uchun bunday banklar zarur va bu xolatda ularning o’rnini xorijiy baklar , investrlar egallaydi. Bu esa davlat iqtisodiyotini chet el iqtisodiyotiga qaramligini yuzaga keltiradi. Musulmon davlatlari asosan Arab davlatlari oradsida tuzulgan Islom Taraqqiyot Banki musulmon qoidalariga asoslangan edi ammo yirik xalqaro moliya oligarxlari o’rtasidagi kuchli raqobat oldida ojiz qolmoqda dunyo valyuta bozorida ommalashuvi juda sekin bormoqda.Bu esa musulmon yoshlar orasida o’z dinini chuqur bilish bilan bir qatorda xalqaro iqtisodiyot va bank soxasining yirik mutaxassislari yetishib chiqishi va yangi yunalishlarda yangiliklar qilishini zarurat qlib quymoqda.
Oxirgi ikki yl davomida bu mavzu O’zbekiston Parlamentida ko’tarilgani xam juda quvonarl xol albatta. Oliy Majlis yalpi majlisida O’zbekiston Markaziy Banki direktori xisobotlari eshitilganda Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboev tomonidan aynan shu masala keltirib o’tildi. “Bank ko’pchlik musulmon tadbirkolarni qanoatlantir mayotganligi aytilib bank ishida yangicha yondashuv o’zgartirishlar qilish vaqti allaqachon kelganligi va bu xalq erodasi ekanligi takinlandi”7.
XXI asr innovatsion texnologiyalar yuzyilligiga aylanmoqda. Dunyoning yirik mamlakatlari o‘rtasida barcha sohalarda bo‘lgani kabi ilm-fan va texnologiyalar jabhasida ham beayov kurash ketmoqda.
Innovatsiya, ilmiy yangiliklar sohadagi raqobat oldida qurollanish poygasi hech narsa bo‘lmay qoldi. Ta’bir joiz bo‘lsa, dunyoga hukmronlik mezoni ham o‘zgarayotir. Yaqin-yaqingacha dunyoga hukmfarmolik qilishning asosiy sharti mamlakatning mudofaa sohasidagi kuch-qudrati edi. Ammo bugun yuksak ilmiy texnologiyalarsiz shunchaki qurol-aslaha bilan uzoqqa borib bo‘lmasligi ayon bo‘lib bormoqda.
Bir qancha tadqiqot markazlari sayyoramiz davlatlarining innovatsiya bo‘yicha reytingini e’lon qilib boradi. Ammo ular orasida Bloomberg xalqaro agentligi tuzadigan reyting nufuzli doiralarda ham e’tirof etiladi. Negaki, agentlik mutaxassislari davlatlarning innovatsiya jabhasidagi o‘rnini aniqlashda ilmiy tadqiqotlarga sarflanayotgan mablag‘ hamda kashfiyot va yangi ishlanmalarga berilgan patentlar miqdori, ishlab chiqarish samaradorligi, yuqori texnologiyalarga asoslangan kompaniyalar hamda ilmiy tadqiqotchilar soni kabi muhim mezonlarga tayanadi. Har bir mamlakat ushbu mezonlar bo‘yicha baholab chiqiladi va barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha ballar jamlanib, umumiy o‘rin belgilanadi. Bloomberg xalqaro agentligi xulosasiga ko‘ra, 2019 yilda dunyoning innovatsiya bo‘yicha peshqadam 10 davlati quyidagilardir:
Janubiy Koreya – 87,38 ball
Germaniya – 87,3 ball
Finlyandiya – 85,57 ball
Shveysariya – 85,49 ball
Isroil – 84,78 ball
Singapur – 84,49 ball
Shvetsiya – 84,15 ball
AQSh – 83,21 ball
Yaponiya – 81,96 ball
Fransiya – 81,67 ball23.
E’tiborli jihati, kuchli o‘nlikdan o‘rin olgan davlatlarning barchasida ilmiy izlanishlar uchun g‘aznadan juda katta miqdorda mablag‘ ajratiladi. Ushbu maqsadda, masalan, AQSh 476,5 milliard dollar (yalpi ichki mahsulotning 2,7 foizi), Yaponiya 169,6 milliard dollar (YaIMning 3,4 foizi), Germaniya 109,6 milliard dollar (YaIMning 2,9 foizi), Janubiy Koreya 73,1 milliard dollar (YaIMning 4,3 foiz) yillik mablag‘ sarflaydi. Singapur esa yillik budjetning deyarli 20 foizini innovatsion izlanishlarga yo‘naltiradi.
Dostları ilə paylaş: |