Кurs ishi маvzu Sotsial xizmatda personalni boshqarish-fayllar.org
Kurs ishining tuzilganligi. Mazkur kurs ishi mavzu va rejalarga mos yozilgan bo`lib mundarija berilgan barcha dolzarb masalalar atroflicha yoritilgan. Talaba ton mavzuni ochib berishga keng qamrovli tushunchardan foydalanilgan va sharq olimlarning ollib brogan taqiqot ishlari amaliy tajribalar atrofida ma`lumotlar berib o`tilgan. Mavzu bo`yicha tuzulgan rejalar to`liq yoritilgan bo`lib ilmiy manbalar asosida atroflicha ochib berishga qilingan.
ASOSIY QISM I BOB. PSIXOLOGIK XIZMATDA PERSONALNI BOSHQARISHNING AHAMIYATI 1.1.Psixologik xizmatning yuzaga kelish tarixi Psixologik xizmat AQShda 1800-yillardan boshlab rivojlana boshladi. AQShning birinchi amaliyotchi psixologlari o’z-o’zini tarbiyalash muammosini o’rgangan eksperimental psixologlar edilar. Amerika maktablarida aqliy taraqqiyot koeffitsientini aniqlash keng tarqalib, keyinchalik "Gaydens" xizmatining rivojlanishiga olib keldi.
Fransuz maktab psixologiyasining otasi Alfred Bine bo’lib, u bu sohada 1894 yildan ish boshlagan. 1905 yilda Fransiya ta'lim vazirligi Binega umumiy dastur bo’yicha oqiy olmaydigan bolalarni tekshirish muammosi bilan murojaat qiladi va shu tariqa aqliy taraqqiyotda orqada qolgan bolalarni ajratadigan Bine-Simon testi yaratildi.
1909 yilda Fransiyada maktab psixologik xizmati tashkil etiladi. 1970 yilda Fransiyada psixologik-pedagogik yordam guruhlari psixologik xizmatning asosiy turini tashkil etdi.
Bunday guruhlar maktab psixologiyasi boyicha bir mutaxassis, ta'lim psixologiyasi boyicha bir mutaxassis, psixomotor rivojlanish boyicha bir mutaxassisni oz ichiga oladi. Bunday brigada 800-1000 oquvchiga xizmat qiladi, bir maktabda joylashib, bir necha maktabga xizmat qilishi mumkin.
1985 yilda Fransiya pedagog-psixologlarining funktsiyalari aniqlab berildi. Pedagog-psixolog shaxsning har tomonlama rivojlanishi uchun qolidan kelgan barcha ishlarni qilishi kerak, bunda u bu ishlarga oqituvchilarni va otaonalarni ham jalb etishi mumkin. Pedagogik psixolog oz ishida lozim topsa, maktab va oila tarbiyasiga qarshi chiqishi mumkin, deb maxsus ta'kidlangan.
Kopchilik Sharqiy Yevropa mamlakatlarida maktab psixologik xizmati tuman yoki viloyat psixologik-pedagogik markazlari shaklida tashkil etilgan. Masalan, 1980 yilda Chexoslavakiyada tarbiya masalalari boyicha modda maktab togrisidagi qonunga kiritildi.
Psixologik xizmatning asosiy mazmuni – soglom shaxsning osishini ta'minlash, shaxs rivojlanishidagi turli qiyinchiliklarni korreksiya qilish, kasb tanlash muammolaridir.
Chexoslavakiyadagi psixolog maslahatchining asosiy funktsiyasi psixodiagnostik faoliyatdan iboratdir. Sobiq sovet psixologiyasida bolalar tarbiyasi va ta'limida psixologiyadan foydalanish borasida urinishlar pedologiya doirasida vujudga keldi.
Pedologiya rivojlanayotgan va osayotgan shaxsning barcha biologik va ijtimoiy xususiyatlarini qamrab oluvchi fandir. 1936 yilda pedologik qarashlarni toxtatish haqida qaror qabul qilindi, shu bilan birga rus psixologlari amalga oshirayotgan bola psixologiyasidagi ijobiy izlanishlar ham toxtab qoldi.
Faqat 60 yillarning oxiriga kelib, psixologlarning maktab ishida amaliy ishtirok etishi qayta tiklandi. Sobiq Sovet Ittifoqida birinchi bolib Estoniyada 1975 yilda maktabda psixologik xizmat tashkil etildi (rahbari X.I.Liymets, Yu.L.Sierd bolib, tarbiyasi qiyin osmirlar uchun maxsus maktablarda ish olib bordilar).
Rossiyada 1982 yilda maktablarda psixolog shtati ochildi. Rossiyada I.V.Dubrovina psixologik xizmatning rivojlanishiga ulkan ulush qoshgan, u ushbu mavzuda doktorlik dissertasiyasini yoqlagan va bir qancha asarlar muallifidir.
1984 yilda Moskvada sobiq sovet ittifoqida psixologiya institutida "SSSRda psixologik xizmat muammolari boyicha I umumittifoq anjumani bolib otdi. Anjumanda maktabda psixologik xizmat sektsiyasi ham ish olib bordi.
Psixologik xizmatning respublikamizdagi holati. Psixologik xizmatijtimoiy psixologik muammo sifatida talqin qilinar ekan, barcha rivojlangan mamlakatlardagi kabi, Ozbekistonda ham mazkur psixologik xizmat muammosining qay tariqa va qanday ilmiy-tashkiliy asoslarda bartaraf etilayotganligini organish, tahlil qilish va talqin qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
Chunki, Respublikada psixologik xizmatga oid olib borilayotgan nazariyilmiy va amaliy-uslubiy tadqiqotlar kolamiga ma'lum tartibda baho bermay turib, O‘zbekistonda psixologik xizmatni yanada takomillashtirish va rivojlantirish masalasi haqida fikr mulohaza yuritib bolmaydi.
Ozbekistonda psixologik xizmat tarkib topishining dastlabki ildizlari va intihosi asrimizning 30-yillaridagi pedologiya fani va pedologik xizmat faoliyatlariga borib taqaladi. Mazkur yillarda ta'lim jarayonini tashkil etish va rivojlantirish oquvchi va oqituvchi faoliyati bilan bogliq psixologik omillarga asoslangan va bu talaygina yaxshi natijalar ham bergan.
Biroq, afsuski, osha davrda sobiq ittifoq mafkurasi va xalq ta'limi o`rtasida paydo bolgan ayrim ob'ektiv va sub'ektiv ziddiyatlar oqimi umumta'lim maktablari uchun muhim ahamiyat kasb etgan pedologik xizmat ildiziga bolta urdi va uni rasmiy tarzda yoqqa chiqardi.
Natijada, pedagogik psixologiya yoli bilan bajariladigan barcha ishlar maktabda faqat pedagogik yondashuvlar asosidagina amalga oshirildi. Shunday bolsa-da, Ozbekistondagi umumta'lim tizimi bilan bogliq izlanishlar va tadqiqotlar toxtab qolgani yoq.
Ayniqsa, P.I. Ivanov, V. E. Chudnovskiy, M.G. Davletshin, M. Vohidovlar tomonidan ishlab chiqilgan qator ilmiy va metodik tavsiyalar maktabda psixologik xizmat tatbiqini yaratish uchun ma'lum darajada asos bolib keldi.
Binobarin, 70-80-yillarda Toshkent Davlat Universiteti psixologiya kafedrasi olimlari tomonidan ijtimoiy psixologik tadqiqotlarning hayotga tatbiqini amalga oshirish maqsadida talaygina mehnat jamoalarida psixologik xizmat tizimi joriy qilindi va Respublikamizda ilk bor qator mehnat va ishlab chiqarish jamoalarida inson va mehnat faoliyati, shaxs va shaxslararo munosabatlar, ishchi va rahbar, ruhiyat va rentabellik, rahbar va jamoa psixologiyasi bilan bogliq ilmiy-amaliy ishlar olib borildi.
Shuningdek, 60-70 yillarda Ozbekiston Pedagogik Fanlar IlmiyTekshirish instituti xodimlari P.P.Zimin, V.A.Tokareva, M.Sh.Rasuleva, M.Dadajonovlar tomonidan maktabda psixologik xizmat tatbiqini organishga oid qator izlanishlar, amaliy tadbirlar olib borildi.
Ayniqsa, 1966 yilda Chirchiq shahrida axloqiy tarbiyaga oid,1973 yilda Andijonda oilaviy tarbiyaga oid, Samarqandda taniqli psixolog N.A.Menchinskaya ishtirokida aqliy taraqqiyot muammolariga oid olib borilgan izlanishlarni alohida qayd etish mumkin.
1989 yilda Ozbekistonda amaliyotchi psixologlarning yetishmasligi sababli Nizomiy nomli TDPIda amaliyotchi psixologlar tayyorlash fakulteti ochildi.
O`zbekistonda psixologik xizmatning rivojlanishida M.G.Davletshin, E.G.Goziev,B.R.Qodirov, G.B.Shoumarov, V.M.Karimova, Sh.R.Baratov, E.N.Sattarov, F.S.Ismagilova, Z.T.Nishanova, N.S.Safaev, F.I.Haydarov, S.X.Jalilova va boshqalar hissa qoshganlar. 1998 yilda Sh.R.Baratov "Ta'lim tizimida va ishlab chiqarishda psixologik xizmatni tashkil etishning psixologik xususiyatlari" mavzusida doktorlik dissertasiyasini yoqlagan.