Kurs ishining maqsad va vazifalari: Falsafa fanida harakat tushunchasini va uning mohiyatini yanada aniqroq ochib berish,harakat shakllarining inson yothaidagi o’rni ,uning ahamiyati borasida yangidan- yangi izlanishlarni amalga oshirish.
Kurs ishining obyekti: harakat bo’lib –harakat va uning o’ziga xos xarakteri va metodlarini bilishdan iborat.
Kurs ishining predmeti: harakat bo’lib- harakatning subyektiv va obyektiv xarakteri va o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish.
1. Falsafada Harakat tushunchasi va uning mohiyati.
Borliqning ajralmas xususiyati bo’lgan o’zgaruvchanlikni ifodalovchi falsafiy kategoriya. Harakat tushunchasi imkoniyatlarning voqelikka aylanishini,ro’y berayotgan hodisalarni, olamning beto’xtov yangilanib borishini aks ettiradi. Olamdagi har qanday jarayon harakat tufayli sodir bo’ladi. Har qanday o’zgarish-harakatdir.O’zgarishlar faqat moddiy obyektlarga emas,balki ma’naviy,g’oyaviy obyektlarga ham xosdir. Har qanday moddiy va g’oyaviy obyektning mavjudligi undagi harakat va o’zgarishlar tufayli namoyon bo’ladi.Shu sababli harakat borliqning asosiy mavjudlik shaklidir. Falsafiy adabiyotlarda moddiy borliqning quyidagi shakllari ajratib ko’rsatiladi:2
1.Mexanik harakat-jismlarning fazodagi o’rni vaqt o’tishi bilan boshqa jismlarga nisbatan o’zgarishi. Barcha jismlarning harakati nisbiydir,chunki harakat Yerga nisbatan keng ma’noda va atrofdagi jismlarga, masalan yo’l chetidagi daraxtga nisbatan qaraladi. Kuzatilayotgan jismning harakati qaysi jismga nisbatan o’rganilayotgan bo’lsa , o’sha jism sanoq jism deb ataladi. Agar harakat yerga nisbatan bo’lsa, u holda Yer- sanoq jism, agar Yerning Quyosh atrofidagi harakati haqida gapirilsa,Quyosh sanoq jism bo’ladi. Harakatning aylanma ,ilgarilama,ilgarilama-qaytma masalan, porshenning harakati, to’g’ri chiziqli, egri chiziqli, uyurma, to’lqinsimon va boshqa turlari farqlanadi.
2. Fizik harakat- elemntar zarralar, atom yadrosi va atomning harakatdan tortib,olamning fundamental kuchlari, issiqlik ,elektr va maydon harakatigacha, yorug’lidan tortib koinotning gravitatsiya kuchigacha barchasi shu harakat shakliga mansubdir.
3.Kimyoviy harakat- bunga molekulalarning assotsiatsiyasi va dissotsiatsiyasi,ionlar harakati, moddalarning muzlashi va kristallanish jarayonlari, kimyoviy reaksiyalar, kimyoviy sintez va parchalanish, yonish va oksidlanish va boshqa kimyoviy jarayonlar kiradi.
4. Biologik harakat- hayotoiy jarayonlardir. Ayrim manbalarda kimyoviy harakatdan keyin moddiy obyektlarning progressive va regressive yo’nalishda rivojlanishiga qarab, yuksaklikka- biologic harakatga v aquyi yo’nalishiga, inqiroziga rab geologic harakat ham ko’rsatiladi, chhunki yer yuzida jonli norganizmlarning halok bo’lishi oqibatida katta-kattab materiklar, marjon orollar vujudga keladi. Ular geologiyaning tadqiqot obyektiga kiradi.
5. Ijtimoiy harakat-jamiyatdagi ijtimoiy jarayonlarning namoyon bo’lishidir. Bulardan tashqari ,inson aql-zakovati hamda axborot jarayonlari bilan bog’liq g’oyaviy, ma’naviy ko’rinishdagi harakat shakllari ham mavjud. Tafakkur- fikrning harakati,information harakat, g’oyaning harakati, ma’naviy harakat, xayoliy harakat va boshqalar shular jumlasiga kiradi.uning eng soda shakli mexanik harakat bo’lib ,uning manbai tashqi ta’sirda, harakat murakkab shakllarning manbai esai chki aloqadorliklarda. Qadimda harakat va uning manbalari haqida turli konsepsiyalar ilgari surilgan.Hrakat olamning asosiy mohiyati denb qarash Avestoda ta’kidlanga. Qadimgi Misr,Bobil,Xitoy, Hindiston, Yunoniston olimlari harakatning mohiyatiga oid maxsus asarlar yozishgan. Ular harakatning xususiyatlari, shakllari, manbai haidagi ilk g’oyalarni ishlab chiqishgan. Ayrim faylasuflar esa harakatning mavjudligini ham inkor etishgan. Eleylik Zenon harakatning yo’qligini o’zinig “Axill va toshbaqa”, “Dixatomiya”,”Uchayotgan kamon o’qi” kabi mashhur aporiyalardaisbotlashga uringan.
Sharq falsafasida esa Farobiyning falsafiy risolalarida bu muammo mukammal asoslab berilgan. Yangi davr falsafasida Gegel harakatning mohiiyatini formal mantiq vositasida ifodalash mumkin emasligi, uni faqatgina dialektik mantiq doirasidagina izohlash mumkinligini ta’kidlagan. Harakatni tushuntirishda harakatning moddiy tashuvchisi, manbai haqidagi g’oyalar muhim ahamiyatg aega. Ingliz olimi J.Toland (1670-1722) harakatni materiya bilan bog’lab tushuntiradi. Uning fikricha , harakat siz materiya bo’lmaganidek ,materiya ham harakatsiz bo’lishi mumkin emas. Bu fikr materialistik falsafaning asosiy tamoyiliga aylandi.
Hrakatning moddiy tashuvchisi tushunchasi harakat o’z-o’zicha mavjud emas, u har doim “nimaningdir” harakati ,”nimaningdir” o’zgarishi degan ma’noni bildiradi. O’sha “nima” harakatning moddiy tashuvchisi bo’ladi, u harakat shakllarini ajratib ko’rsatishda ta’kidlab o’tiladi. G’oyaviy shakldagi harakatlar to’g’risida gap borganda “Harakatning moddiy tashuvchisi” tushunchasi o’z ma’nosini yo’qotadi. Uning o’rnini “ harakatlanuvchi sistema” tushunchasi egallaydi. Bunday sistema moddiy yoki ma’naviy shaklda bo’lishi mumkin . Inson tafakkuri, axborotlar sistemasi, ma’naviy sistema , g’oyaviy sistema va shu kabilar ma’naviy shakldagio harakatlanuvchi sistemaga misol bo’lishi mumkin. Harakatning manbai haqida gapirganda mutafakkirlar qadimdan ziddiyatlarni nazarda tutishadi.Ichki ziddiyatlar harakatning ichki manbaidir.Ayrim olimlar tashqi turtkini yoki dastlabki turtkini Harakat manbai deb bilishadi. Ularning fikricha , olamda abadiy sokinlik hukmron bo’lib keyin dastlabki turtki tufayli u harakatga kelgan.Aslida voqelik harakatsiz bo’lishi mumkin emas,u doimo harakatda , o’zgarishda. Bu o’zgarishlar ichki va tashqi ziddiyatlartufayli amalga oshadi. Ibn Sinojism bir joyda va bir paytning o’zida harakatda ham, sukunatda ham bo’lmaydi, harakat zidiyatlidir. Harakat shakllari borliqdagi o’zaro aloqadorlikning namoyon bo’lishidir. O’zaro aloqadorlik moddiy va ma’naviy shakllarda bo’ladi va olamning yaxlitligini ta’minlaydi.Moddiy dunyoning asosida 4 xil –gravitatsion,elektromagnit, kuchli va kuchsiz yadroviy o’zaro aloqadorlilar yotadi. Alqadorliklar esa qo’shilib fazo va vaqt strukturasini tashkil etadi. Harakat yoki harakatlanuvchi sistema xoh moddiy ko’rinishda bo’lsin, xoh ma’naviy ko’rinishda bo’lishidan qat’i nazar, olamning o’zgarishi va rivojlanishi asosida yotadi. Harakat- mavjudlik bo’lsa, harakatsizlik- sokinlik, yo’qlikka mos keladi. Shu sababli harakat borliqning adabiy va mutlaq xususiyati, sokinlik esa o’tkinchi va nisbiy xususiyati deb hisoblanadi. Quyidan yuqoriga bo’ladigan harakat rivojlanish deyiladi, aksi esa regressiv harakatdir.
Bizni qurshagan dunyoning yana bir muhim xususiyati-Koinotda va uning barcha tarkibiy qismlarida yuz beradigan tinimsiz o’zgarishlardir. Tabiatning o’zgaruvchanligi falsafa paydo bo’lishidan ancha oldin yaxshi ma’lum bo’lgan, falsafa vujudga kelgach esa ,masalalarning mazkur doirasi alohida o’rganish predmetiga aylandi va vaqt o’tishi bilan uning negizida falsafiy bilimlarning maxsus bo’limi- dialektika yuzaga keldi. Uning yaxlit ta’limot sifatidagi ildizlari qadimgi yunon falsafasiga ,xususan “Hamma narsa oqib,o’zgarib turadi”, “Ayni bir daryoga ikki marta tushib bo’lmaydi” kabi mashhur iboralar muallifi Geraklit ijodiga borib taqaladi. Shundan beri obyektiv borliqning turli- tuman miqdor va sifat o’zgarishlarini ifodalash uchun “harakat” va “rivojlanish” kategoriyalari qo’llaniladi. Falsafada harakat nafaqat turli jismlarning makonda mexanik siljishi sifatida, balki tabiiy jarayonlar va hodisalar holatlarining har qanday o’zgarishi sifatida ham tushuniladi. Kengayib borayotgan Metagallaktika ham, o’zaro ta’sirga kirishayotgan elementar zarralar ham ko’payayotgan,moddalar almashinuvini amalga oshirayotgan tirik hujayralar ham,ijtimoiy jarayonlar va hokazolar, shu jumladan fikrlash faoliyati jarayonlari ham harakatda bo’ladi. Agar biz biron- bir tabiiy obyekt yoki hodisani ularning tabiiy holatida anglab yetmoqchi bo’lsak, “harakat” tushunchasini chetlab o’tishimiz mukin emas. Bir qarashda , oddiy ong nuqtai nazaridan bu noto’g’ri, zero , Alp tog’lari yoki Misr ehromlarini kuzatar ekanmiz, biz ular abadiy harakatsizlik holatida ekanligining guvohi bo’lamiz.Ammo bu harakatsizlik nisbiydir. Umuman olganda , butun Koinot ulkan aylanma harakat holatida bo’ladi.
2.Materiya harakatining shakllari va tiplari
«Materiya» atamasi lotincha materia so’zidan kelib chiqqan bo’lib, modda degan ma‘noni anglatadi. SHunga qaramay, falsafa tarixida «materiya» tushunchasining mazmuni, tabiatshunoslik va falsafaning rivojlanishiga muvofiq bir necha marta O’zgargan. Qadimgi yunon falsafasida materiyaning etimologik talqinidan keng foydalanilgan. «Materiya» tushunchasini asosiy falsafiy kategoriya sifatida ilk bor Platon ishlatgan. U hyle atamasini muomalaga kiritgan va u bilan kattaligi va shakl-shamoyili har xil jismlar paydo bo’lishiga asos bo’lib xizmat qiladigan sifatlardan mahrum substrat (material)ni ifodalagan. Platon talqinida materiya shaklsiz va nomuayyan bo’lib, har qanday geometrik shakl ko’rinishini kasb etishi mumkin bo’lgan makon bilan tenglashtiriladi.
Hozirgi davrda materiyaning uch tarkibiy darajasi farqlanadi:
- mikrodunyo – atomlar va elementar zarralar dunyosi. ( bunda ...dan tashkil topadi» tamoyili amal qilmaydi)
- megadunyo – koinot dunyosi (sayyoralar, yulduzlar komplekslari, galaktikalar, megagalaktikalar);
- makrodunyo – barqaror shakllar va insonga mos kattaliklar dunyosi (unga molekulalarning krisstallashgan komplekslari, organizmlar, organizmlarning hamjamiyatlari ham kiradi);
Materiya tarkibiy darajalarining aniq chegarasini aniqlash mushkul, uni fan doimo qayd etavermaydi. Bizning bilimlarimiz tobora chuqurlashib, darajalarning yangi sifat chegaralarini aniqlaydi. Xususan, materiyaning subelementar, mikroelementar, yadroviy, atom, molekulyar, makroskopik va kosmik darajalari ham tilga olinadi. Materiyaning mikroskopik darajasida fizika taxminan 10-15 sm uzunlikda taxminan 10-22 ga teng vaqt ichida yuz beruvchi jarayonlarni o’rganish bilan shug’ullanadi. Megadunyoda esa, kosmologiya taxminan 1010ga teng vaqt (Koinot yoshi) ichida yuz beruvchi jarayonlarni o’rganadi. Materiyaning tarkibiy darajalari g’oyasi metodologiya mutaxassislari tomonidan sababiyat va dunyoni bilish mumkinligi g’oyasi bilan bir qatorda juda yuksak baholanadi.
Ayni vaqtda shuni qayd etish zarurki, materiyaning tarkibiy darajalari tasnifi zamirida chiziqli ierarxiya tamoyili yotadi. Bu erda «qism butundan kichkina» tamoyili amal qiladi. Lekin bu dunyolarning biri soddaroq, ikkinchisi murakkabroq, degan ma‘noni anglatmaydi. Dunyolar qism va butun sifatida taqqoslanmaydi, ular universumning o’ziga xos teran o’zgarishlarini ifodalaydi. SHu bois, bu tasnifni mutlaqlashtirish kerak emas. Mikrodunyoning boshqa bir g’ayritabiiy effekti mikrozarraning ikki yoqlama Tabiati, ya‘ni u ham korpuskula, ham to‗lqindan iborat ekanligi bilan bog’liq. SHu sababli bunday zarra makon va vaqtda aniq o’rin olishi mumkin emas. Bu xususiyat Geyzenbergning nomuayyanliklarning o’zaro nisbati tamoyilida o’z aksini topgan.
Materiyaning tarkibiy darajalari ierarxiyasida inson markaziy o’rinni egallaydi. Qadimdayoq Protagor «Inson hamma narsalarning o’lchovidir», degan edi. Dunyoni O’zlashtirishda inson qadriyatlari shkalasini andoza sifatida qabul qiluvchi falsafiy ta‘limot – «Antropologizm» zamirida ana shu tezis yotadi.Moddiy olamning asosida yotuvchi umumiy mohiytni axtarish falsafada materiy haqidagi tasavvurlarning rivojlanishiga sababchi bo‘ladi. Umuman materiy — bu tushuncha, abstraktsiy, fikrning maxsulidir, chunki, olamda «umuman materiy» uchramaydi, balki materiyning konkret ko‘rinishlari uchraydi.
SHunday qilib faylasuflar barcha moddiy ob‘ektlarga xos xususiytlarni umumiy tarzda ifodalash uchun qo‘llaydigan tushuncha bu «materiy»dir. Olamdagi barcha narsa va hodisalarning umumiy belgisi, xususiyti shundan iboratki, ular bizning ongimizdan tashqarida, mustaqil ravishda mavjuddir. Hamma narsaga xos bo‘lgan bu umumiy xususiyat materiy tushunchasida o‘z aksini topadi. Demak, materiy tushunchasining falsafiy mazmuni:
a) narsalarning bizning ongimiz, xoxishimizga bog‘liq bo‘lmagan xolda mavjud ekanligi;
b) ular bizning sezgi va bilimlarimiz manbai ekanligini bildiradi.
Materiyning falsafiy tushunchasi faqat hozirgi davrda fanga ma‘lum bo‘lgan ob‘ektlargina emas, balki kelgusida kashf qilinadigan narsalarni ham o‘z ichiga oladi, bu mahnFanda obyektiv borliq narsalari va hodisalari harakatining ikki asosiy tipi: progress va regress farqlanadi. Ularning biri materiya ,energiya , axborotning makonda siljishi bilan bog’liq bo’lib, harakatlanuvchi narsalar o’z muhim xossalarini o’zgartirmasligi , ya’ni o’z sifatini yo’qotmasligi bilan tavsiflanadi. Bular miqdor o’zgarishlari, makondagi ko’chishlar yoki o’rin almashuvidir. Bunga yurib ketayotgan odam , qorong’i osmon fonida projector nurining harakati va hatto xayolda ayrim obyektlardan boshqa obyektlarga o’tish misol bo’lishi mumkin. So’nggi zikr etilgan holda fikrning muayan (masalan, formal nuqtai nazardanto’g’ri yoki noto’g’ri )yo’nalishdagi harakati to’g’risida so’z yuritiladi.
Ammo harakatning qayd etilgan tipi dunyoda yuz berayotgan o’zgarishlarning butun rang- barangligini qamrab olmaydi. Aksariyat hollarda ular narsalarningichk strukturasidagi qayta qurish bilan birga kechadiki,bu dastlabki narsa sifatlarining o’zgarish3i va u butunlay boshqa narsaga aylanishiga sabab bo’ladi. Orqaga qaytmaslik va muayyan yo’nalishga egalik xos bo’lgan mazkur harakat tipi rivojlanish deb ataladi. Bunda narsa yoki hodisa strukturasining muraakkablashuvi, ular tashkil toppish darajasining yuksalishi yuz berishi mumkin bo’lib, bu odatda taraqqiyot progress sifatida tavsiflanadi.
Agar harakat teskari yo’nalishda – barkamolroq va rivojlanganroq shakllardan uncha rivojlanmagan shakllarga, murakkabdan oddiyga qarab yuz berayotgan bo’lsa, bu holda regress to’g’risida so’z yuritish odat tusini olgan. Ammo progress va regressning ko’rsatilgan xususiyatlari mutlaqlashtirish yaramasligini e’tiborga olish lozim. Masalan , boshqaruv apparati tuzilmasining murakkablashuvi va byurokratiyaning o’sishi doim ham progressni anglatmaydi, nisbatan soddaroq va mexanizmlar yaratilishining regressga hech qanday aloqasi bo’lmaydi va ko’proq buning aksidan dalolat beradi. Jonsiz tabiatda rivojlanishga yulduzlarda yuz berayotgan evolutsiya jarayonlari;jonli tabiatda –turli organizmlarning o’sishi ; jamiyatda-fan , texnika, sanoat ishalb chiqarishning o’sishi, ijtimoiy munosabatlarning o’zgarishi va shu kabilar misol bo’lib xizmat qilishi mumkin. “Rivojlanish” tushunchasi nafaqat moddiy balki ideal dunyoga ,xususan , inson tafakkuriga nisbatan , masalan, umuman ongning yoki ayrim fikr ,g’oya ,nazaruyaning rivojlanishi to’g’risida so’z yuritilgan holda , qo’llanishi mumkin. Fikrning rivojlanishi uning “pishib yetilishi”ni, ya’ni murakkablashuvi, takomillashuvi yanada aniqroq ma’no kasb etishi va shu kabilarnin anglatadi.
Biroq, shuni ta’kidlash joizki,narsalazr va hodisalarning obyektiv dunyosidan farqli o’laroq subyektiv konstruksiyalar (tafakkur, g’oyalar,nazariyalar) harakati va rivojlanishiga nisbatan ko’lam ko’rsatkichlari tatbiq etilishi mumkin emas. Ayni vaqtda idal narsalar va hodisalar darajasida rivojlanishi jarayonlari, xudi moddiy narsalar dunyosidagi kabi vaqtda kechadi.4
Hozirgi zamon falsafasida “harakat”tushunchasi keng ma’noda umuman har qanday o’zgarish haqidagi tasavvur sifatida talqin qilinadi. Harakatni umuman o’zgarish sifatida tushunish harakat turlarining butun rang-barangligini uning muayyan bir turiga bog’lash to’g’ri emasligi haqida ogohlantiradi va harakat shakllarining umumiy xususiyati va bir-biriga aylanish qobiliyatiga ishora qiladi. Umuman o’zgarish deganda bizning ular haqidagi fikr-mulohazalarimizdan qat’iy nazar, obyektiv mavjud bo’lgan barcha o’zgarishlar, turli jarayonlar nazarda tutiladi.
O’z- o’zidan harakat yoki butun tabiatga ,yo uning yuksak darajada uyushgan tarkibiy qismi- tirik organism va jamiyatga xos xususiyatdir. Qotib qolgan materiyaga mansub ayrim narsa yoki obyektga nisbatan o’z-o’zidan harakat,o’z-o’zidan rivojlanish holati xos deb aytish o’rinli emas. Chunki ushbu obyektni muayyan element sifatida o’z ichiga olgantaniat o’z –o’zidan rivojlanuvchi yaxlit tizim hisoblanadi. O’z-o’zidan harakat biron-bir narsaning unga ichdan (immanent tarzda) xos bo’lgan omillar ta’sirida o’zgarish va rivojlanish jarayonlarini ifodalovchi kategoriya sifatida amal qiladi.” O’z- o’zidan harakat” tushunchasi butun borliqning substansional negizi sifatidagi materiya harakat va o’zgarish jarayoni yuz berayotgan o’z faolligining pirovard sababi sifatida amal qiladi.O’z-o’zidan harakat shakli sifatidagi faollik sirtdan olib krilgan tashqi kuch sifatida tushunilmasligi kerak.Shu munosabat bilan:”Bu qanday yuz berishi mumkin?”,degan savol rivojlanmagan, nodialektik tafakkur uchun ancha mushkul masala hisoblanadi. Shakllanish jarayonini qadimgi mashhur “panta rei”- “hamma narsa oqadi” ta’rifida ifodalangan Geraklit an’anasiga , shuningdek nemis faylasufi F.Gegelga xos yetuk metodologiyaga ko’ra, o’z-o’zidan harakatning manbai ziddiyat hisoblanadi. Bunda ziddiyat narsalar, hodisalar va jarayonlarning qarama-qarshi tendensiyalari hamda tomonlarini taqozo etuvchi , naarda tutuvchi, ayni vaqtda inkor etuvchi o’zaro ta’sir sifatida tushuniladi.
O’z-o’zidan harakat tabiatshunoslik va falsafaning eng qadimgi g’oyasi hisoblanadi. Uning yuzaga kelishi borliq harakatining sababini tushuntirish, o’z-o’zidan yuz berayotgan doimiy umumiy o’zgarishni tan olish asosida butun olamdagi o’zgarish jarayonlarining manbaini aniqlashga urinishlar bilan bog’liq. Antik falsafada barcha jismlarga xos bo’lgan chetdan aralshuvsiz yuz beradigan tabiiy harakatni belgilovchi intilish to’g’risida atroflicha so’z yuritilgan.Dunyo zmirida materiya bilan uzviy bog’liq bo’lgan qandaydir intilish, qandaydir haqiqiy, lekin g’ayritabiiy kuch yotadi va uning o’z-o’zidan harakatiga turtki beradi, deb qaralgan.Ayni vaqtda ,o’z-o’zidan harakat g’oyasi barcha faylasuflar tomonidanyakdillik bilan qabul qilinmaganini ham qayd etib o’tish lozim.Paramenidning:” Borliq mavjud, yo’qlik mavjud emas”, degan mashhur tezisi barqarorlik,o’zgarmaslik, muayyanlikning mutlaqligini tan olishni anglatadi. Boshqacha aytganda , bunda o’zining boshqa holatiga aylanish sifatidagi o’z-o’zidan harakat g’oyasiga o’rin yo’q bo’lgan dunyo tan olingan. Keyinroq ta’riflangan neoplatonik Proklning tezisi uning muqobili sifatida amalga qilgan . Prokl harakat, o’z-o’zidan hrakat va harakatsizlikni farqlashni taklif qilgan. U “Mavjud hamma narsalar yo harakatsiz, yo harakatdadir”,-degan.Agar narsa harakatda bo’lsa , u o’zi bilan o’zi yoki boshqa narsa bilan harakatdadir. Agar u o’zi bilan o’zi harakatda bo’lsa ,o’z-o’ zidan harakat, boshqa narsalar bilan harakatda bo’lsa- boshqacha harakatdadir. Binobarin hamma narsalar yo harakatsiz, yo o’z-o’zidan harakatda , yo boshqacha harakatda bo’ladi.
Shunday qilib , o’z-o’zidan harakat g’oyasi dunyoni tushunish konsepsiyalari maydonida bir necha muqobil yondashuvlar bilan birga amal qiladi. Butun borliqning to’xtovsiz harakati haqidagi tezis o’z-o’zidan harakat g’oyasining “sheri-raqiblari”dir.” Qarama-qarshiliklar birligi “ sifatidagirivojlanishdan farqli o’laroq, rivojlanishga “kamayish va ko’payish sifatida, takrorlanish sifatida” qrovchi yondashuv ikkinchi muqobiliga aylandi.Birinchi muqobil metafizik, ikkinchisi-dialektik konsepsiya deb nomlanadi va u mutlaqlashtiriladi. Sobiq sovet davri falsafasida bunday mutlaqlashtirish quyidagicha izohlangan: “ Harakatning birinchi konsepsiyasida o’z-o’zidan harakat, uning harakatlantiruvchi kuchi ,manbai va sababi panada qoladi. Ikkinchi konsepsiyada asosiy e’tibor aynan “o’z –o’zidan “ harakat manbaini bilishga qaratiladi. Birinchi konsepsiya jonsiz ,bo’sh,yuzaki. Ikkinchisi –hayotiy. Faqat ikkinchi konsepsiya “butub borliq” ning o’z-o’zidan harakatini tushunib yetish, “sakrashlar”, “tadrijiylikning uzilishi”, “qarama –qarshilikka aylanish”,”eskining yo’q bo’lishi va yangining vujudga kelishi” mohiyatini anglash imkonini beradi. Aslida bu qarashlarni falsafiy tafakkur rivojida qo’lga kiritolgan yondashuvlar sifatida tushunish ma’qul. Harakatning umumiyligi , universallgi va atributliligini tan olish boshqa bir savol tug’ilishiga sabab bo’ladi.5
3.Harakat shakllarida innovatsion rivojlanishning asosiy va ikkinchi darajali yo’nalishlari.
XIX arsda materiya tashkil topishiningturli darajalariga asoslanib , materiya harakatining besh asosiy shakli: mexanik,fizik, kimyoviy, biologik va ijtimoiy harakat qayd etilgan. Harakatning mazkur shakllari bir-biri bilan uzviy bog’liq bo’lib, unda har bir keying harakat o’zidan oldingi harakatdan kelib chiqadi, unga asoslanadi,biroq , shunga qaramay quyi shakl bilan bog’lanmaydi.Harakatning mayyan shakllarini soddaroq shakllarga bunday bog’lashga urinishlar falasafa tarixida “mexanitsizm”, “reduksionizm” (lot.reductio- ortga qaytish) degan nom olgan. Harakat ijtimoiy shakllarini biologic shakllar darajasigacha soddalashtirish biologizatorlik konsepsiyalarida mavjud.
Dunyoning kelib chiqishi va rivojlanishi haqidagihozirgi tasavvurlar nuqtai nazaridan ko’rsatilgan shakllar harakatning mavjud va taxmin qilingan usullarining butun rang-barangligini aks ettirmaydi. Xususan, elementar zarralarning o’zgarish jarayonlari, XIX arsda noma’lum bo’lgan mikro va makro dunyo darajasidagi boshqa o’zgarishlar materiyia harakati mexanik, fizik,va kimyoviy shakllarining o’zaro nisbatiga doir masalani endi yangidan qo’ymoqda. Bu yerda mexanik shakl endi barcha fizik jarayonlar negizi sifatida qaralmaydi. Endilikda biologik harakatning elementar zarralari, ilgari taxmin qilinganidek,oqsilli molekulalar emas ,balki XX arsda kashf etilgan DNK va RNK hisoblanadi.Ayrim olimlar yer usti hamda yer ostida yuz berayotgan jarayonlar haqidagi tasavvurarga asoslanib harakatning geologic shaklini farqlamoqdalar.
XIX asr oxirlarida materiyaning harakat shaklari tasnifi ishlab chiqilayotganida , ilmiy davralarda fanlarni tasniflashganisbatan kontcha yondashuvshakllangan edi.Pozitivizm asoschisiO.Kont har bir fan predmetini materiya harakatining alohida shakli tashkil etishi,turli fanlarning obyektlari esa bir-biridan keskin farq qilishiga ishonchi komil edi (mexanika,fizika, kimyo, biologiya,sotsiologiya va hokazo). Mazkur muvofiqlik fanlarni muvofiqlashtirish tamoyili deb nomlanadi. Bunda turli fanlar o’rganadigan obyektlar bir-biri bilanqanday bog’langanligi va bir-biriga o’tishiga e’tibor berildi. Quyidan oliyga,oddiydan murakkabga sari yuksalib boradigan harakatlanuvchi materiyaning progressive rivojlanish jarayonini aks ettirish g’oyasi tug’ildi. Mexanika fizika bilan bog’lanishi va unga o’tishi, fizika kimyoga, kimyo biologiyaga va ijtimoiy fanlarga o’tishini nazarda tutuvchi yondashuv subordinatsiya tamoyili deb nomlanadi. Darhaqiqat , qayerga nazar tashlamaylik, biz harakatning boshqa shakllariga mutlaqo bog’liq bo’lmagan biron-bir harakat shaklini topa olmaymiz, hamma joyda bir harakat shaklining boshqa harakat shakliga aylanishi jarayonlarigina mavjud. Materiya harakat shakllarining o’zaro ta’siri va bir-biriga aylanishi uzluksiz va uzlukli jarayonida mavjud bo’ladi.
O’sha davrdav noorganika sohasiga nisbatan tatiq etilgan “ energiya “ tushunchasi fandan mustahkam o’rin egallagan edi. Ammo vaqt o’tishi bilan jonli va jonsiz tabiat o’rtasida aniq chegara bo’lishi mumkn emasligi ayon bo’ldi. O’tuvchi shakl va jonli ziddiyat – virus buning yorqin dalili bo’ldi. U organic muhitga tushgach , o’zini xuddi tirik jism sifatida tuta boshlaydi. Holibuki ,noorganik muhitda virus o’zini nbunday namoyon eta olmaydi.XIX asrda materiyaning bir harakat shakli boshqa harakat shakliga o’tishi olimlar tomonidanbashorat qilingan, deb aytish mumkin. Chunki bu davrgacha mexanik va issiqlik shakllari o’rtasidagi o’tishlargina o’rganilgan edi. Tez orada buyuk kashfiyotlar aynan fanlar tutashgan joyda , chegaradosh sohalarda yuz berishi haqidagi taxmin ham diqqatga sazovor bo’ldi. Ba’zi faylasuflar tomonidan tabiat va jamiyatni bog’lovchi shunday chegaradosh sohalardan biri o’rganilib, antroposotsiogenezning mehnat bilan bog’liq nazariyasi taklif qilindi.6 O’z vqatida Darvin inson va maymunni anatomic jihatdan qiyosiy o’rganish asosida insonning sof hayvoniy nasl-nasabi haqidagi xulosaga kelgan edi. Boshqalar esa ijtimoiy omillar roliga, xususan, inson va kishilik jamiyatining shakllanishi- antroposotsiogenez jarayonida mehnatning alohida roiga baho berdilar. Bu asosda materiyaning harakat shakllarini tasniflashning quyidagi tamoyillari ishlab chiqilgan;
Materuya harakatinig har bir shakli muayyan moddiy tashuvchi bilan bog’liq bo’lishi lozim;
Materiyaning harakat shakllari sifat jihatidan turlicha va o’zaro bog’lanmaydi;
Tegishli shart-sharoitlarda ular bir-biriga aylanadi;
Materiyaning harakat shakllari murakkablik darajasiga ko’ra farq qiladi, oily shakl quyi shakllar sintezi sifatida tushuniladi. Bunda oily shakllarning quyi shakllardan uzoqlashishiga ham, oily shakllarning quyi shakllarga mexanik bog’lanishiga ham yo’l qo’ymaslik muhimdir;
Moddiy tizimlarning har bir turida bosh, oily va ikkinchi darajali va quyi shakllar farqlanishi lozim ;
Materiya harakat shakllarining tasnifi fanlar tasnifining negizi hisoblanadi.
Materiya harakat shakllarining tasnifi : materiya harakatining mexanik shaklini boshqa har qanday shaklga kiruvchi eng sodda shakl sifatida ;
-fizika o’rganuvchi issiqlik, yorug’lik, elektr kuchini;
-kimyoviy jarayonlarni;
-organik hayotni qamrab oladi. Ular tabiatdagi asosiy shakllar hisoblanadi. Ulardan yuqorida ijtimoiy –tarixiy jarayonlar, materiya harakatining ijtimoiy shakli, shuningdek, fikrlash jarayonlari kiradi.
Materiya harakati asosiy shakllarining keltirilgan tasnifi fan tabiat rivojlanishining teran aloqalarini endigina aniqlay boshlagan XIX asrning saksoninchi yillarida yaratilgan edi. O’sha davrda hali ko’p narsa noma’lum , ko’p narsalarni aniqlash lozim edi.
Sobiq ittifoq davrida materiya harakati beshta shakldan iboratdegan tasnifga jiddiy aniqliklar kiritishga harakat qilindi. Masalan B.Kedrov materiya harakatining oltita subatom-fizik harakat, kimyoviy harakat, molekulyar-fizik harakat, geologic harakat,biologic harakat, ijtimoiy harakat kabi shakllarini taklif qilgan.
Hozirgi zamon metodologiyasi nuqtai nazaridan materiya harakat shakllarining oddiy chiziqli joylashuvi to’g’ri emas. U har bir bo’g’inda ikkiga –rivojlanishning asosiy va ikkinchi darajali tarmoqlariga bo’linishi zarur. Birinchi asosiy tarmoq –rivojlanish jarayonini kelajakda mazkur sifat bosqichi doirasidan tashqariga olib chiquvchi shakllar vujudga kelishidan dalolat beradi. Ikkinchi tarmoq- mavjud harakat shaklining rivojlanish imkoniyatlariniko’rsatadi. Masalan , kimyoviy birikmalar organi va noorganik birikmalarga ajrala boshlaydi. Mazkur divergensiyada(ikkiga bo’linishda )- organic shakl imkoniyatli shakl sifatida rivojlanish jarayonini materiya harakatining yangi shakli –biologic shaklga olib keladi, imkoniyatsiz tarmoq hisoblangan ikkinchi shakl biz yashayotgan zamin ,uning qobig’ va yuzasini tavsiflaydi. Materiya harakatining biologic shakli darajasida o’simliklarni quyidan oliyga rivojlanish jarayoni o’z tabiati chegaralaridan chetga chiqishigachaolib kelmaydi. Hayvonlarning rivojlanishi sifat jihatidan yangi obyekt- inson paydo bo’lgungacha davom etadi. Bu materiya harakatining har bir shaklida makro va mikrodarajalarni farqlash, shuningdek, umumiy hamda xususiy qonuniyatlarni bilib olish maqsadga muvofiqdir.
Fan rivojlanishining hozirgi tendensiyalarini kelajakka nisbatan tatbiq etib, insoniyat borliqning yangi shakllarini va harakatning yuqorida zikr etilganidan o’zgacha usullarini kashf etishini ancha ishonch bilan taxmin qilish mumkin. Ayni holda shuni ta’kidlash lozimki, har qanday sxemalashtirish, harakatning u yoki bu shakllari, tiplari, usullarini farqlash doim to’liq bo’lmaydi va borliqni bilishda erishilgan darajanigina aks ettiradi. Bunday sxemalarni mutlaqlashtirish yaramaydi. Zero ular bilishning muayyan maqsadlariga xizmat qiladi .Binobarin, ular muttasil rivojlanishi, ularga aniqlik kiritilishi va ular takomillashtirilishi mumkin va lozim.
Materiya harakatining uch shakli :asosiy , xususiy va kompleks shakllari mavjud degan boshqacha yondashuv ham bo’lib, u dunyoni butun rang-barangligini ifodalaydi. Asosiy shaklllarga fizik, kimyoviy, biologic va ijtimoiy shakllar kiradi. Ular materiya harakatining eng keng tarqalgan shakllaridir. Ayrim mualliflar materiya harakatining yagona fizik shakli mavjudligiga shubha bildiradilar. Ammo bu fikrga qo’’shilib bo’lmaydi . barcha fizik obyektlar ikki eng muhim fizik xossa – massa va energiyaga ega . Fizik narsalar dunyosiga keng qamrovli umumiy energiyaning saqlanish qonuni xosdir.
Materiya harakatining xususiy shakllari asosiy shakllar tarkibiga kiradi. Masalan, fizik materiya bo’shliq, maydonlar, elementar zarralar , yadrolar, atomlar,molekulalar, makrojismlar, yulduzlar, galaktikalar, metagalaktikani o’z ichiga oladi.
Materiya harakatining kompleks shakllariga |(astronomic metagalaktika –galaktika – yulduzlar- sayyoralar), geologic ( planetar jism sharoitidagi materiya harakatining fizik va kimyoviy shakllaridan iborat|), geografik (litosfera , gidrosfera va atmosfera doirasidagi materiya harakatining fizik, kimyoviy, biologic va ijtimoiy shakllarini o’z ichiga oladi) shakllar kiradi. Materiya harakati kompeks shakllarining muhim xususiyatlari shundan iboratki, ularda pirovard natijada materiyaning quyi shakli- fizik materiya yetakchilik qiladi; geologik jarayonlar fizik kuchlar, chunonchi, gravitatsiya,bosim, issiqlik bilan tavsiflanadi,geografik qonunlar fizik va kimyoviy shartlar hamda yer yuqori qatlamlarining o’zaro nisbtlari bilan belgilanadi.
Materiya harakatining geologic shakli mavjudligi haqidagi taxminni qabul qilsak, materiyaning mazkur shakli fizik, mexanik va kimyoviy o’zaro ta’sirlarini o’z ichiga olgan dastlabki sintez sifatida amal qiladi. Bu qadimgi “xaos” kategoriyasida o’z aksini topadi. Mazkur kategoriya nafaqat tartibga solinmaganlik va tartibsizlik dalili sifatida , balki stixiyali shakllanish tamoyili sifatida ham talqin qilinadi. Bu holda organic dunyo vujudga kelishidan oldingi tabiat mexanik, fizik va kimyoviy jarayonlarning olg;a qarab rivojlanishidan emas, balki ularning umumiy, differensianlanmagan o’zaro ta’siridan tashkl topadi. Ayni paytda bunda geologic va geografik omillar yerda hayot vujudga kelishi uchun tarixiy shart-sharoit yaratgan, deb ta’kidlash lozim bo’ladi. Zilzilalar yerning qattiq qobig’ida katta siljish, sinish yoki o’pirilishlar yuzaga kelishi va ta’sir energiyasinigtez tarqalishi natijasidaro’y berishi haqidagi tadqiqotlar materiya harakatining geologic shakli mavjudliginingdalili hisoblanadi. Shved olimlarining fikricha, yer qobig’i mutassil harakatdagi plitalar bloklaridan tashkil topadi. Ular bir-birining ustiga chiqib, sunami va zilzilaga o’xshashtabiiy anomaliyalarni vujudga keltiradi. Masalan, Shveytsariya ikki plita –Afrika va Yevropa plitalaritutashgan yerda joylashgan.Afrika plitasi yiliga 6-11 mm tezlida siljib, Shveytsariyaning hududiy “yo’qotishlari” sababchisi bo’lmoqda.Qadimgi Ural ham har yili 3-5 sm tezlikda G’arbiy Yevropaga yaqinlashmoqda. 7
Qadimgi olimlar yer qobog’ining harakatini ustki suvlar va yer ostidagi issiqlik faoliyati bilan tushuntirilgan. Dunyoviy moddaning harakati kosmik sabablar ta’sirida ham yuz bergan, jumladan, olis o’tmishda yer vujudga kelganidankeyin uning yuzasi ulkan asteroidlar urilishidan larzaga kelgan, suvning 1.5kmgacha balandlikka ko’tarilishi esa relefni buzgan, degan fikrlar ham bor.
Ba’zan “materiya harakatining geologik shakli”| tushunchasi boshqa sayyoralarga nisbatan tatbiq etilgan. Bunday taxmin harakatning universalligini namoyish etgan, ammo bu aynan yer sayyorasini ko’rsatuvchi va unda zarur komponentlar : suv, kislorod, mo’tadil harakat rejimi mavjudligini nazarda tutuvchi “geo” atamasiga zid bo’lgan. Ushbu komponentlar majmui boshqa sayyoralarda uchramasligi mazkur fikrning isboti sifatida talqin qilish imkonini beradi.
Hozirgi zamon olimlari materiya harakatining texnik, kibernetik va informatsion shakllari to’g’risida so’z yuritmoqdalar. Bu masalar ko’p jihatdan bahslidir. Ammo shu narsa shubhasizki,obyektiv borliqni yanada chuqurroq o’rganish nafaqat mavjud tasniflarning mufassalllashuvi va takomilashuviga , balki materiya harakatining yangi shakllari to’g’risidagi g’oyalar va nazariyalar paydo bo’lishiga ham olib keladi. Zero har bir shakl butun olam universal rivojlanish jarayonining imkoniyatlaridan birini ro’yobga chiqarishga xizmat qiladi.
4.Ijtimoiy harakat va uning innovatsion rivojlanishdagi o’ziga xosliklari
Ijtimoiy harakat bizga ma‘lum bo’lgan harakat shakllari ichida eng murakkabi bo’lib, unda insonning ongli faoliyati , inson tafakkur i , ijt imoiy guruhlarning faoliyati , o’zaro munosabatlari, jamiyat miqyosidagi ijt imoiy fikr bi rgalikda harakatga keladi. Bu harakatni chiziqli , batartib harakatlar bilan mutlaqo taqqoslab bo’lmaydi . Uning kelajagini bashorat qilish ham o’ta murakkabdir 8.
Borli qni ng asosi y yashash shakllari ga fazo va vaqt ki radi . Fazo narsalarni ng ko’lam i ni , hajmi ni , O’zaro joylashi sh tarti bi ni , uzlukli yoki uzluksi zligi ni i fodalasa, vaqt hodi salarni ng ketma-ketli gi , jarayonlarni ng davomi yli gi ni i fodalaydi .
Ma‘lumki , har qanday moddiy jism joyga, ko’lamga, hajmga ega. Fazo — vaqtning muayyan lahzasida olamni tashkil etgan nuqtalarning o’zaro joylashish tartibini aks ettirsa, vaqt esa fazoning muayyan nuqtasida ro’y beruvchi hodisalar ketma-ketligi tartibini ifodalaydi.
Fazo va vaqt tushunchalar i , ko’p hollarda, forsiy ti l ta‘si ri da yozilgan adabiyotlarda makon va zamon deb ham ataladi . Bu tushunchalar fazo va vaqtni ng tashqi , ni sbiy xususiyatlari ni gi na aks etti radi , xolos. Fazo narsalar joylashadi gan joy ma‘nosi da, vaqt esa hodi salar bo’li b o’tadi gan muddat ma‘nosi da i shlati ladi .
Fazo va vaqtni tushunish bo’yicha substansial va relyasion yondashishlar mavjud.Substansial konsepsiya tarafdorlari fazoni narsalar joylashad igan i dish, bo’shliq deb bilishadi. Ularning fikricha, hamma narsa fazo ichiga joylasht i rilgan. Fazo o’zi ga narsalarni sig’diruvchi substansiya. Hech narsasi yo’q, ya‘ni narsalar solinmagan fazo ham bo’lishi mumkin, deyiladi .
Relyasion konsepsiya tarafdorlari esa, narsalar fazoviy o’lchamga ega, deyishadi.Hech narsasiz fazoning bo’lishi mumkin emas. Bu farqni relyat ivist ik fizika asoschisi Albert Eynshteyn shunday tushunt irgan edi. Faraz qilib, bir kazarma soldatlarni ko’z oldingizga keltiring. Ilgar igi, Nyuton fizikasiga ko‗ra, soldatlar chiqib ketishi bilan kazarma bo’sh qoladi, ana shu substansial konsepsiyadagi fazodir . Yangi fizikaga ko’ra, soldatlar chiqib ketishi bilan kazarma ham yo’qoladi. Bu relyas i on konsepsiyadagi fazodir .
Harakat –bu bir nechta foydalanish va ma’nolarga ega tushuncha. Bu murojaat qilish mumkin joy yoki pozitsiyanio’zgartirishning harakati va ta’siri, shu bilan ma’lum bir obyekt joylashgan joyni o’zgartiradi. Harakatning rivojlanishi va tarqalishi ham ma’lum ta’limot bitta trend yoki sabab. Va bu ma’no biz bu yerda aniqlaydigan tushuncha bilan bog’liq narsadir:-Ijtimoiy Harakat9
Ijtimoiy - lotin tovushidan kelib chiqadigan tushuncha, unga tegishli yoki bog’liq bo’lgan narsalarni anglatadi.
Jamiyat- bir- biri bilan o’zaro aloqada bo’lgan va madaniyatni baham ko’radigan shaxslar to’plami. Ijtimoiy odatda tegishli bo’lish hissini anglatadi.
Biz aniqlaydigan kontseptsiyaning ma’nosiga aniqroq kirib , shuni ayta olamizki,ijtimoiy harakat bialn bog’liq guruhlash ishlab chiqarishni istagan shaxslar va tashkilotlar o’zgartirish jamiyatda ushbu atamani ko’pincha norasmiy guruhlarga nisbatan , uning ishini qo’llab- quvvatlaydigan ierarxiyalar yoki tuzilmalarsiz ishlatiladi.
Odatda ijtimoiy harakat inqirozli vaziyatda o’z- o’zidan paydo bo’ladi, bu xalqni ezadigan voqelikka javob sifatida .Ba’zan bunday harakatlar siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari, nodavlat tashkilotlar tomonidan rag’batlantirilishi yoki qo’llab-quvvatlanishi ro’y beradi. Shuning uchun bu o’z –o’zidan paydo bo’lgan reaksiyalar samarali va taklif qilingan vazifalarni bajarishga imkon beradigan tashkiliy tuzilishga kiritiladi.
Tashkilot- shu tufayli ierarxik tashkilotlarga aylanish uchun harakatlar ko’pincha gorizontal tuzilishini yo’qotadilar.
Umuman olganda, ijtimoiy harakat muayyan sohaga ega , chunki odatda ma’lum yaxshilanishga erishishga qaratilgan. U atrof - muhit harakati . masalan atrof- muhitni saqlash bo’yicha ishlaydi,shu bilan birga egalitar harakat har xil jinsdagi odamlarning teng huquqlariga intiladi. Bularning barchasi bizga ijtimoiy harakatning ta’rifi aniq yoki aniq bo’lmasligimumkin emasligini tasdiqlashga imkon beradi. Chunki o’zlarini e’lon qiladigan siyosiy partiyalar mavjud. Harakat yoki odatda ma’lim bir harakatning asosiy qismlari sifatida nodavlat tashkilotlarga qaraladi.10
So’nggi yillarda dunyoda yanada kuchayib borayotgan harakatlardan biri bu hayvonlarning harakati,hayvonlarni ozod qilish yoki bekorchilik harakati. Bu dunyoda odam bo’lmagan hayvonlarning hayot sifatini yaxshilashga harakat qiladigan ko’plab odamlarni birlashtiradi. Ushbu harakat akademik tadqiqotlar, tushuntirish ishlari va zo’ravonlik haqida ma’lumot tarqatadigam uyushgan guruhlar qaysi hayvonlarga nisbatan yomon munosabatda bo’lishning oldini olishga harakat qilishadi. Ular sayyorada insonning turli xil ta’mlarni qondirish uchun xizmat qilmoqdalar. Hayvonotchilik harakatining bir qismi bo’lganlar hayvonlarning barcha shakllarida (tadqiqot, oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqalar) foydalanishga qarshi chiqishadi va faol ish olib borishadi.
Antroposentrik spektrizm (odamlar boshqa odamlar turiga nisbatan kamsitadigan munosabat, chunki ular boishqlarni inson qatorida deb hisoblashishmaydi) . Ushbu jamoat harakati tomonidan boykot e’lon qilingan ishlab chiqarish, hayvonlarning tutilishi,va ishlatilishiga bog’liq bo’lgan tarmoqlar o’z mahsulotlarini ishlab chiqarishga uchun foydalanishadi. Hayvonlarning eng ko’p tarqalgan strategiyalaridan biri bu-go’sht, sut va tuxum ishlab chiqariladigan muassasalarga anonim ravishda kirib borish vav tarqatilganda ularning maqsadi bo’lgan rasmlarni yig’ishdir. Iste’molchilarga ko’zlarni oching hayvonlar insonlar uchun foyda keltiradigan azob- uqubatlar atrofida. Eng mashhur hayvonlar harakati orasida Anima Naturalis, Hayvonlar tengligi va Pacma mavjud.
Ijtimoiy rivojlanish odamlar hayot davomida ijtimoiy va hissiy ko’nikmalarni, xususan bolalik va o’spirinlik davrlarini rivojlantirishni anglatadi. Sog’lom ijtimoiy rivojlanish bizga oila, do’stlar,o’qituvchilar va hayotimizdagi boshqa odamlar bilan ijobiy munosabatlarni o’rnatishga imkon beradi.
Shunga ko’ra, u ham murojaat qilish mmkin bo’lgan ijtimoiy inqilob (masalan, sotsiolostik inqilob, marksizm , ijtimoiy harakatlar, ayollar saylov huquqi, fuqarolik huquqlari harakati). Ijtimoiy o’zgarishlarni madaniy, diniy, iqtisodiy,ilmiy yoki texnologik kuchlar boshqarishi mumkin. O’zgarishlar ikki manbadan kelib chiqadi. Bitta manba iqlim, ob-havo yoki odamlarning aniq guruhlari borligi kabi tasodifiy yoki noyob omillardir. Yana nbir manba bu- sistematik omillar. Masalan muvaffaqiyatli rivojlanish odatda bir xil talablarga ega ,masalan ,barqaror va moslashuvchan hukumat, yetarlicha erkin va mavjud resurslar va xilma –xillik. Ijtimoiy tashkilot jamiyatning,umuman olganda ijtimoiy o’zgarishalar odatda tasodifiy yok noyob omillar bilan bir qatorda sistematik omillarning kombinatsiyasidir. Ko’pgina nazariyalar ijtimoiy o’zgarishalarni tushuntirishga harakat qilmoqda.
XULOSA
Men ushbu kurs ishim mavzusi doirasida ilmiy izlanishlar olib borishim davomida harakat tushunchasi va uning tub mohiyati , materiya va uning shakllari, innovatsion rivojlanishlarning harakat shakllaridagi o’rni va quyidagi ma’lumotlarni bilib oldim. Bular har bir insonda falsafiy dunyo qarashning shakllanishida ilk in’iko bo’lib xizmat qiladi degan umiddaman.
Faylasuflar qadim zamonlardan buyon «borli q» va «yo’qlik» haqi da bahs yuri t ishgan. Ular borliqning vujudga kelishi , mohiyati , xususiyatlari va shakllari haqida ko’plab asarlar yozishgan. Xo’sh, borli q nima. Bu savol bi r qarashda juda oddiy ko’ringani bilan unga shu choqqacha barcha ki shilarni birday qanoatlanti radigan javob topilgani yo’q. Bu holat borli qqa turlicha nuqtai nazarlardan qarashlarning mavjudligi bilan izohlanadi . Masalan, ayrim faylasuflar borliqni moddiylik, moddiy jismlar bilan bog’lab tushuntirishadi. Ularning nuqtai nazarlaricha, borliq - obyektiv realliknigina qamrab oluvchi tushunchadir . U holda fikr , inson tafakkuri, o’y-xayollarimiz borliq tushunchasidan chetda qolar ekanda, degan savolga ular , bunday tushunchalar obyektiv reallikning hosilasidir , deb javob berishadi. Harakat. Borliqning atributlari ichida uning asosiy mavjudlik usulini ifoda etuvchi xususiyati harakat hisoblanadi. Chunki borliq harakatsiz o’zining strukturaviy yaxli tligini saqlay olmaydi .
Faraz qiling, qarshimizda biror jism turibdi . Agar harakat bo’lmaganida edi, yorug’lik nurlari shu jismga urilib bizga qaytmagan bo’lar edi , ya‘ni biz uni ko’rmagan bo’lar edi k. Shuningdek, bu jismning yaxli tligini saqlab turgan molekulalar, atomlar, elementar zarrachalar o’rtasidagi o’zaro ta‘si rlar ham bo’lmasdi . Natijada bu jismning strukturaviy birligiga putur yetgan bo’lar edi . Tevarak-atrofimizdagi predmetlar va hodi salar harakat tufayli o’zining muayyan tartibini va birligini saqlab turadi , shu tufayli, o’sish, ulg’ayish, ravnaq topish, rivojlanish mavjuddir .
Harakat, bir tomondan, moddiy jismlar o’rtasidagi va ularni tashkil etuvchi elementlar O’rtasidagi aloqadorliklarning natijasi, boshqa tomondan esa, ulardagi o’zgarishlar sifatida sodir bo’ladi. Shu nuqtai nazardan ham falsafaning harakat bu umuman har qanday o’zgarishdir , deyilgan ta‘rifi juda o’rinlidir . Harakatning manbai haqida gap ketganda, ana shu o’zgarishlarning asosida yotuvchi o’zaro ta‘sirlar va ular orasidagi munosabatlar nazarda tutiladi.
` FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
Shermuxamedova N. Gnoseologiya-bilish nazariyasi.:- T “Noshir” 2011 464 b
Shermuxamedova N. Falsafa: o’quv uslubiy majmua G’ . –Toshkent: «NOSHIR», 2012. 1216 b.
ShermuxamedovaN. Falsafa va fan metodologiyasi. –T. : Universitet, 2005.
Falsafa asoslari .: O’FMJToshkent 2005
Falsafa qomusiy lug’ati. -Toshkent .O’qituvchi.2008
Falsafa(o’quv qo’llanma)E. Yu. Yusupovning umumiy tahririostida «ShARQ» nashriyot-matbaa kontserni bosh tahririyatiToshkent- 1999, 319-323 betlar.
7. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. –T.: O’zbekiston, 2016.
8.Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat‘iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‗lishi kerak. –T.: O’zbekiston, 2017.
9.Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta‘minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. –T.: O’zbekiston, 2017.
10.Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. –T.: O’zbekiston, 2017.
11. Mirziyoyev Sh.M. Ilm fan yutuqlari – taraqqiyotning muhim omoli. // «Xalq so‗zi» gazetasi 2016 yil 31 dekabr.
12. Shermuhamedova N.A. Gnoseologiya – bilish nazariyasi. –T.: Noshi r, 2009.
13. Karimov I.A. Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch. 2-nashr. –T.: Ma‘naviyat, 2016.
14. Abduraxmanov A. Falsafa. –T.: Fan, 2009.
15. Falsafa. Axmedova M. Tahriri ostida. Darslik. –T.: O‗FMJ, 2006.
16. Falsafa. Mamashokirov S. Tahriri ostida. –T.: Sharq, 2005. Abduraxmanov A. Falsafa. –T.: Fan, 2009.
17. Falsafa asoslari. Nazarov Q. Tahriri ostida. –T.: O‗zbekiston, 2005.
14. Falsafa. Yusupov E. Tahriri ostida. –T.: Sharq, 1999.
15. Shermuhamedova N.A. Falsafa. –T.: Noshi r, 2012.
16. Shermuhamedova N.A. Gnoseologiya – bilish nazariyasi. –T.: Noshi r, 2009.
17. Shermuhamedova N.A. Falsafaga kirish. –T.: Noshir, 2012.
Dostları ilə paylaş: |