dehqon xo’jaliklari a’zolarining ixtiyoriy tartibda to’lanadigan sug’urta badallari;
hisoblangan jarimalar summasining bir qismi hamda majburiy to’lovlar, badallar va boshqa to’lovlar o’z vaqtida to’lanmaganligi uchun penyalar (qonun hujjatlariga muvofiq davlat soliq xizmati organlarini ijtimoiy rivojlantirish va moddiy-texnik ta’minlash maxsus Fondsiga hamda Fond xodimlarini ijtimoiy rivojlantirish va moddiy rag’batlantirish Fondsiga undiriladigan summalardan tashqari);
yuridik shaxs tugatilganda, qishloq xo’jaligi kooperativi (shirkati), fermer va dehqon xo’jaligi qayta tashkil etilganda yoki tugatilganda mehnat vazifalarini bajarish bilan bog’liq holda mayib bo’lgan, kasb kasalligiga chalingan yoki sog’lig’iga boshqacha shikast etkazilgan xodimga etkazilgan zararni qoplash uchun to’lanadigan summalar;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar, shu jumladan Davlat byudjeti mablag’lari va ixtiyoriy badallar.
Majburiy to’lovlar, badallar va boshqa to’lovlarni o’tkazish Fond daromadlarining belgilangan tasniflariga muvofiq tushumlarning har bir turi bo’yicha Fondning banklardagi tegishli hisob raqamlari bo’yicha amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi va davlat soliq xizmatining hududiy organlari:
manbalar turlari bo’yicha Fondga majburiy to’lovlar, badallar va boshqa to’lovlarning to’g’ri hisoblanishi, to’liqligi va o’z vaqtida to’lanishi nazorat qilinishini;
manbalar turlari va to’lovchilar bo’yicha Fondga majburiy to’lovlar, badallar va boshqa to’lovlar hisobi yuritilishini;
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan Fondga majburiy to’lovlar, badallar va boshqa to’lovlar to’g’ri hisoblanishini, shuningdek Fond bilan o’zaro hisob-kitoblarning holati tekshirilishini;
qonun hujjatlariga muvofiq majburiy to’lovlar, badallar va boshqa to’lovlarni hisoblash tartibi va to’lash muddatlari buzilganligi uchun yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan moliyaviy va ma’muriy javobgarlik choralari qo’llanilishini;
badallarning shaxslar bo’yicha hisobini amalga oshirish va mehnat daftarchalarini yuritish uchun har chorakda Fondga yuridik shaxs bo’lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanadigan shaxslar va dehqon xo’jaliklari a’zolari tomonidan to’langan badallarning miqdorlari to’g’risidagi ma’lumotlar taqdim etilishini ta’minlaydi.
O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi Fondning ijro etuvchi apparatiga:
tushgan majburiy to’lovlar, badallar va to’lovlar to’g’risidagi, Fondga majburiy ajratmalar, badallar va boshqa to’lovlar turlari bo’yicha qarzlar to’g’risidagi tezkor hisobotni har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunigacha;
majburiy to’lovlar, badallar va boshqa to’lovlarni hisoblash va to’lash to’g’risidagi hisobotni yuridik shaxslar tomonidan choraklik va yillik hisobot taqdim etilgandan keyin 15 kun mobaynida taqdim etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining daromadlari23:
fuqarolarning budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari;
budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmalar;
boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi. Boshqa daromadlarga mehnatda mayib bo‘lganlik yoki kasb kasalligiga chalinganlik tufayli tayinlangan nogironlik pensiyalarini to‘lash xarajatlarining o‘rnini qoplash uchun taqdim etiladigan regress talablar (da’volar) bo‘yicha ish beruvchilar va fuqarolar tomonidan o‘rni qoplanadigan mablag‘lar tushumining bir qismi, O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasining muddatidan oldin tayinlangan yoshga doir pensiyalarni to‘lash xarajatlarini qoplash hisobidan kiritiladigan mablag‘lari, yuridik shaxslarning imtiyozli pensiyalarni to‘lash xarajatlarini qoplash hisobidan kiritiladigan mablag‘lari, fuqarolarning ixtiyoriy tartibda to‘lanadigan sug‘urta badallari, majburiy to‘lovlar, badallar o‘z vaqtida to‘lanmaganligi uchun hisoblangan jarimalar va penyalar summasining bir qismi,mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda mayib bo‘lgan, kasb kasalligiga chalingan yoxud sog‘lig‘iga boshqacha shikast etkazilgan xodimga yuridik shaxs tugatilganda, qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi), fermer va dehqonxo‘jaligi qayta tashkil etilganda yoki tugatilganda zararning o‘rnini qoplash uchun to‘lanadigan nazarda tutilgan mablag‘lar, vaqtinchalik bo‘sh turgan mablag‘larni joylashtirishdan olingan daromadlar va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalar kiradi.
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, ya’ni Davlat Pensiya jamg‘armasining daromadlari tizimida asosiy tushum ish haqi fondiga nisbatan ajratiladigan yagona ijtimoiy to‘lov (25%) hissasiga to‘g‘ri kelib, yillar davomida uning jami daromaddagi tutgan ulushi pasayish xususiyatiga egadir. Aksincha fuqarolarning ish haqlari hisobidan ajratiladigan yagona ijtimoiy sug‘urta fondiga ajratma (6.5%) hissasi oshib bormoqda. Buning asosiy sababi aholining ish bilan bandligining oshish sur’atlari va o‘tgan yillarga nisbatan ajratma stavkalarining oshishi hisoblanadi.