1.1-rasm. O’zbekistonRespublikasiMoliyavazirligihuzuridagibyudjetdantashqariPensiyafondiningtashkiliytuzilmasi19 O’zbekistonRespublikasiPrezidentining 2009 yil 30 dekabrdagi «Fuqarolarningpensiyata’minotitiziminiyanadatakomillashtirishchora-tadbirlarito’g’risida»giPF-4161-sonFarmoninibajarishyuzasidanhamdapensiyata’minotitiziminiboshqarishnitashkilqilishnitakomillashtirishvauningfaoliyatsamaradorliginioshirishmaqsadida 2010 yilning 1 yanvaridanboshlabO’zbekistonRespublikasiMoliyavazirligihuzuridagibyudjetdantashqariPensiyaFondiningtashkiliytuzilmasi (1.1-rasm), PensiyaFondiijroetuvchiapparatiningtuzilmasi (1.2-rasm), PensiyaFondihududiyboshqarmalariningvatuman (shahar) bo’limlariningnamunaviytuzilmalario’zgartirildi.
1.2-rasm. Pensiya Fondi ijro etuvchi apparatining tuzilmasi20 Byudjetdan tashqari Pensiya Fondi hamda uning hududiy boshqarmalari va bo’limlari fuqarolarning pensiya ta’minotini amalga oshirish bilan bog’liq huquqlar va majburiyatlar qismida O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi ijtimoiy ta’minot organlarining huquqiy vorislari hisoblanadi. Pensiya Fondining yangi tashkil etilgan bo’linmalari Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining fuqarolarning pensiya ta’minoti masalalari uchun mas’ul bo’linmalari xodimlarining tegishli soni hisobiga, o’tkaziladigan attestatsiya natijalariga qarab to’ldirildi. Byudjetdan tashqari Pensiya Fondining ijro etuvchi direktori Pensiya Fondi Kuzatuvchilar kengashining taqdimnomasi bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadi. Pensiya Fondi ijro etuvchi apparati hamda uning hududiy boshqarmalari va bo’limlarining xodimlariga moliya organlari xodimlari uchun belgilangan mehnat haqi shartlari tatbiq etiladi.
Davlat pensiya ta’minoti tizimini takomillashtirish, pensionerlarning moddiy farovonligini oshirish va ijtimoiy adolatli tamoyillarini mustahkamlash maqsadida, 1993 yilda qabul qilingan “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuniga o`tgan yigirma yil davomida bir qator o`zgartirish va qo`shimchalar kiritildi.
Ushbuqonungakiritilgano`zgartirishvaqo`shimchalar, mamlakatimizdaistiqomatqiluvchipensionervanogironlarningturmushdarajasihamdafaravonliginioshirishga, ularningijtimoiymuhofazasinita’minlashgaqaratilgan.
2011 yil 1 yanvardan tegishli o’zgartirishlar kiritilib, o’z ahamiyatini yo’qotgan ayrim imtiyozlar va mehnat faoliyatining alohida davrlarini ish stajiga hisoblash mexanizmlari optimallashtirildi hamda endilikda yoshga doir pensiyalarni tayinlashda mehnat stajining quyi chegarasi belgilandi.
O’zbekiston Respublikasi "Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida"gi Qonunining 38-moddasida stajga imtiyozli tarzda qo’shib hisoblanadigan faoliyat davrlari belgilangan. Masalan, jangovar harakatlar davrida harakatdagi armiyada xizmat qilish uch baravar miqdorda, urush davrida front ortida xizmat qilish – ikki baravar miqdorda hisobga olinadi. O’rindoshlik asosida ishlangan davrni stajga imtiyozli tarzda qo’shib hisoblanishi qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan. Qo’shimcha tariqasida tushuntirish beramizki, O’zbekiston Respublikasi "Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida"gi Qonunining 32-moddasiga muvofiq, davlat tomonidan ijtimoiy sug’urtalanmaydigan shaxslarning pensiyasini hisoblab chiqarish uchun ish haqiga sug’urta badallari olinadigan mehnat haqi turlariga o’xshash pul ta’minotining barcha turlari qo’shiladi. Pensiyani hisoblab chiqarish uchun qo’llaniladigan o’rtacha oylik ish haqini hisoblash vaqtida o’rindoshlik asosida olingan ish haqi pensiyani hisob-kitobiga kiritiladi.
Shu bilan birga, 2012 yil 6 yanvardan kuchga kirgan “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida”gi Qonunga o’zgartirish va qo’shimchalarda ijtimoiy orientatsiyaning universalligi tamoyillarini bosqichma-bosqich amalga oshirilishi mohiyati fuqarolar pensiyasini hisoblab chiqarish uchun olinadigan ish haqlarini o’tgan yillardagi ish haqlari, pensiya tayinlanadigan kundagi ish haqi darajasiga keltirish uchun Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab beriladigan tartibga asosan amalga oshirilishi nazarda tutilgan.
Qonunning izchil ijrosini ta’minlash va pensiya ta’minoti sohasini mustaxkamlash maqsadida Vazirlar Maxkamasining 12 ta qarorlari qabul qilindi va bir qator me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, tegishli tatibda Adliya vazirligidan davlat ro’yxatidan o’tkazildi.
Xususan pensiya tayinlash va to’lash jarayonini tartibga soluvchi yagona Nizom - Vazirlar Mahkamasining “Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibini yanada takomillashtirishga yo’naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to’g’risida”gi qarori amaliyotga joriy etildi.
Pensiya qonunchiligini takomillashtirish borasida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining pensiya va ijtimoiy nafaqalarni to’lash hamda tayinlash masalalarini tartibga soluvchi qator qarorlari, shuningdek, fuqarolarni tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarida tibbiy ko’rikdan o’tkazish tartibi ishlab chiqilib tasdiqlandi. Jumladan, Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentyabrda qabul qilingan qaroriga binoan “Davlat pensiyasini tayinlash va to’lash tartibi to’g’risida” va “Pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan amaldagi ish haqini ish haqining individual tartibdagi koeffitsientlarini qo’llagan holda qayta hisoblab chiqish to’g’risida”gi Nizomlar tasdiqlandi. Ayni vaqtda qonunchilikka asosan o’rnatilgan tartibga binoan “Ishlovchi pensionerlarga pensiya to’lash tartibi to’g’risida” va “Yagona ijtimoiy to’lovni taqsimlash, shuningdek, xarajatlarni qoplash bo’yicha summalarning to’lanishi va yuridik shaxslarning davlat ijtimoiy sug’urtasi xarajatlari bo’yicha to’lovlarni amalga oshirish tartibi to’g’risida”gi Nizomlar ishlab chiqilgan.
Qonunchilikka 2010 yilda kiritilgan o’zgartirishlar ham aholini aniq manzilli himoya qilishning yana bir yorqin tasdig’idir. Unga ko’ra, xizmat burchini bajarish paytida halok bo’lgan xarbiy xizmatchilar va ichki ishlar organlari xodimlarining ota-onalariga va yangi nikohdan o’tmagan beva xotinlariga (beva erlariga) har oyda ustama haq to’lanadi.
“Dafn etish va dafn ishi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi va ushbu qonun asosida Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 14 iyundagi qarori bilan “Dafn etishga nafaqa tayinlash va to’lash tartibi to’g’risida”gi Nizom tasdiqlandi. Misol uchun, “Dafn etish va dafn ishi to’g’risida”gi Qonun qabul qilinguniga qadar dafn etish uchun nafaqa Pensiya jamg’armasini bo’limlari tomonidan faqat pensionerlarning qarindoshlariga 2 oylik pensiya miqdorida, ammo eng kam ish haqining 2 barobaridan kam bo’lmagan miqdorida to’langan bo’lsa, qonun qabul qilingach, bu nafaqa barcha toifadagi fuqarolarga eng kam ish haqining 3 barobaridan kam bo’lmagan miqdorda to’lanmoqda. Shu bilan birga, tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari xizmatlari faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida qator hukumat qarorlari qabul qilindi. Xususan, Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 23 dekabrdagi qarori bilan “Nogironni reabilazatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturi to’g’risida”gi Nizom, shuningdek, “Nogironni reabilazatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturining yangi shakli” , 2011 yil 7 apreldagi qaroriga muvofiq “Bolalikdan nogironlarga nafaqalar tayinlash va to’lash tartibi to’g’risida”gi, “Pensiya tayinlash uchun zarur bo’lgan ish stajiga ega bo’lmagan qariyalarga va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nafaqalar tayinlash va to’lash tartibi to’g’risida”gi Nizomlari tasdiqlandi.
Shuningdek, pensiya ishlarini rasmiylashtirish va yuritish tartib qoidalari hamda pensiya qonunchiligiga oid bir qancha me’yoriy-huquqiy hujjatlarga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilib amaliyotga keng joriy etilishi, pensiya tizimi faoliyatini normativ-huquqiy bazasini yanada mustahkamlamoqda.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida O’zbekiston Respublikasi pensiya ta’minoti tizimida olib borilayotgan islohotlar natijasida amaliyotga yangi pensiya, ya’ni jamg’arib boriladigan pensiya ta’minoti tizimi joriy qilindi. Bu tizim O’zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning jamg’arib boriladigan pensiya ta’minoti to’g’risida”gi Qonunga asosan 2005 yil 1 yanvardan boshlab amaliyotga tadbiq qilib kelinmoqda. 2005 yil 1 yanvardan boshlab joriy etilgan mazkur tizim amaldagi fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti tizimiga qo’shimcha ravishda, ish beruvchilarning pensiya yoshiga etgan xodimlarning moddiy axvolini yaxshilash, shu asosida pensionerlarga amaldagi pensiya to’lovlariga qo’shimcha ravishda daromad olish manbalarini yaratish, keksalik chog’ida fuqaroning o’z farovonligi uchun shaxsiy javobgarligini oshirish maqsadida joriy qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya to‘lovlarini va boshqa to‘lovlarni tayinlashni, moliyalashtirishni, hisobga olishni va ularning to‘lanishi monitoringini olib borishni, ushbu maqsadlarga yo‘naltiriladigan maqsadli moliyaviy resurslarni jamlashni, shuningdek tibbiy-mehnat ekspertizasi xizmatlari faoliyatini tashkil etishni amalga oshirish bo‘yicha asosiy vazifalari, funksiyalari va vakolatlarini belgilaydi.
Mazkur jamg‘arma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
Shuningdek budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi o‘z ishlarini davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi. Ushbu jamg‘arma quyi tizimiga quyidagilarni kiritish mumkin:
Jamg‘armaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi boshqarmalari;
Jamg‘armaning tuman (shahar) bo‘limlari;
Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi;
bosh, tuman, tumanlararo, shahar va ixtisoslashtirilgan tibbiy-mehnat ekspertizasi xizmatlari kiradi.
Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining ijro etuvchi apparatining, uning hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) bo‘limlari, Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi, tibbiy-mehnat ekspertizasi xizmatlari ta’minoti respublika budjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi. Jamg‘arma hamda uning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) bo‘limlari yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, banklarda hisob raqamlariga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga, shuningdek tegishli muhr va shtamplarga ega bo‘ladi.
Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining asosiy vazifalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda fuqarolarning davlat pensiya ta’minotini tashkil etish, fuqarolarga pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya to‘lovlari va boshqa to‘lovlarni tayinlash, pensiyalar va boshqa to‘lovlar miqdorlarining qayta hisoblab chiqilishini ta’minlash;
pensiyalar va boshqa to‘lovlarni to‘liq hajmda moliyalashtirish va to‘lanishini tashkil etish, ular bo‘yicha hisob va hisobotni yuritish;
tizimli asosda pensiyalar tayinlash va ularni qayta hisoblashning doimiy tahlilini o‘tkazish va monitoringini olib borish, fuqarolarning pensiya ta’minotiga yo‘naltiriladigan mablag‘lardan qat’iy maqsadli foydalanilishini ta’minlash;
mehnatda mayib bo‘lganlik yoki kasb kasalligi oqibatidagi nogironlik tufayli tayinlangan pensiyalarga to‘langan mablag‘larni da’volar bo‘yicha aybdor yuridik va jismoniy shaxslardan belgilangan tartibda undirib olishni tashkil etish;
tibbiy-mehnat ekspertizasi xizmatlari faoliyatini tashkil etish.
Shu bilan bir qatorda jamg‘arma o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi: