Ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi


Ibn al-Asirning asari ko’pgina yozma yodgorliklar



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə5/6
tarix24.04.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#102011
1   2   3   4   5   6
“AL-KOMIL FI-T-TARIX” ASARINING MANBAVIY AHAMIYATI

2.2.Ibn al-Asirning asari ko’pgina yozma yodgorliklar
Ibn al-Asirning asari ko’pgina yozma yodgorliklarga asoslangan bo’lib, o’z davridagi arab-musulmon manbalarida mavjud barcha tarixiy ma’lumotlar to’plami hisoblanadi. Dastlabki yettita tomda keltirilgan islomgacha bo’lgan va islomning dastlabki uch asrini o’z ichiga olgan tarixni yoritishda Ibn al-Asir uchun asosiy manba Abu Ja’far Muhammad ibn Jarir at-Tabarining (vafoti 310/923) hijriy 302 yilgacha bo’lgan tarixni o’z ichiga olgan “Ta’rix ar-rusul va-l-muluk” (“Payg’ambarlar va podsholar tarixi”) asari bo’lgan.18
Abu Ja’far at-Tabariy arab-musulmon mualliflarining barcha tarixiy ma’lumotlarini asarida bayon etishni maqsad qilib qo’ygan, ammo u o’z davri manbalarini butunlay tanqiddan holi tarzda hikoya qilish bilan chegaralangan. Ibn al-Asir esa o’zida mavjud barcha ma’lumotlarni mohirona tahrir qiladi, at-Tabariy asarini qisqartiradi va uni yetarli miqdorda bizgacha yetib kelmagan boshqa manbalardan olingan tarixiy epizodlar hamda voqeliklar bilan to’ldiradi. At-Tabariyning bir qator manbalari Ibn al-Asirda ham bo’lib, u at-Tabariy asarida uchramaydigan tarixiy voqeliklarni ulardan keltiradi, bundan tushunish mumkinki, at-Tabariy asarining to’liq tahriridan ham foydalangan. Masalan, biz faqatgina Ibn al-Asirdagina 134/751-52 yilda bo’lib o’tgan, O’rta Osiyo g’arbining keyingi taqdirini hal etgan arablarning xitoyliklar bilan bo’lib o’tgan to’qnashuvining to’liq tafsilotining uchratamiz. At-Tabariy asarida bu tafsilot uchramaydi, boshqa manbalarda esa bu jang haqida faqatgina ozgina ma’lumoit keltiriladi. Shu bilan birga, Ibn al-Asir bergan ma’lumotlar Xitoy tarixiy yilnomasi “Tanshu” (“Tan sulolasi tarixi”) bilan ham butunlay tasdiqlanadi19. Ibn al-Asir at-Tabariy asarini unga Misr, Shimoliy Afrika va Ispaniya tarixi bilan bog’liq tafsilotlarni qo’shgan holda to’ldiradi.

Ibn al-Asir tizimli tarzda foydalangan manbalar sirasiga shuningdek, Bag’dodlik mashhur tarixchi Ahmad ibn Yahyo ibn Jabir al-Balazuriy (vaf. 279/892) qalamiga mansub va bizgacha yetib kelgan hamda 1959 yilda Misrda nashr etilgan “Ansob al-ashraf” asarini kiritish mumkin20.


Ibn al-Asir uchun Xuroson va Movarounnahrning VII asr ikkinchi yarmidan X asr o’rtalarigacha bo’lgan tarixini yozishdagi asosiy manba o’rta osiyolik tarixchi Abu-l-Husayn ‘Ali ibn Ahmad as-Sallamiyning “Ta’rix fi axbor vulat Xuroson” (“Xuroson hukmdorlari tarixi”) asari bo’lib, u mashhur Somoniy hukmdor Abu Bakr Chag’oniy va uning o’g’li Abu ‘Alining yaqin kishilaridan bo’lgan bo’lib, o’z asarini o’limi so’nggigacha 344/955 yilgacha yetkazgan. Ibn al-Asirdan tashqari as-Sallamiyning asarini boshqalar, jumladan, Abu Sa’id Gardiziy (vaf. 440/1049), Ibn Makul sifatida mashhur bo’lgan Abu Nasr Ali ibn Hibat Alloh (vaf. 486/1093), ‘Aufi (vaf. 625/1228 atrofida), Ibn Xalliqon (vaf. 681/1282) va Abu Hafs ‘Umar ibn Muhammad an’Nasafiy (vaf. 537/1142) o’z asarlarida foydalanganlar.
Safforiylar tarixini yoritish uchun Ibn al-Asir as-Sallamiydan tashqari, Abu ‘Abd Alloh Muhammad ibn al-Azhar al-Axboriyning (vafoti 325/936-37 atrofida) bizgacha yetib kelmagan tarixiy asaridan foydalangan bo’lib, undan shuningdek, Ibn Xalliqon ham foydalangan. Ibn al-Asir asarining qolgan manbalari muallif izohining yo’qligi sababli hozircha noma’lum bo’lib kelmoqda.
Ibn al-Asir asarining asosiy muhim tomoni, u X asrdan boshlanib muallif tomonidan 628/1230-31 yilgacha yozilgan tarixiy voqelarni o’rganishga bag’ishlanganligidadir.
Mo’g’ul istilosi davrini yoritishda Ibn al-Asirning asari dastlabki manba hisoblanadi, chunki muallif o’sha vaqtda bo’lib o’tgan voqealarning bevosita guvohi va zamondoshi bo’lgan. Ibn al-Asirdan tashqari, mo’g’ullar istilosi bilan bog’liq bo’lgan voqealar bayoni unga zamondosh faqatgina ikkita arabiyzabon mualliflar – “Xorazmshoh Jalol ad-din Manguberdining hayoti” asarini yozgan Shihob ad-din Muhammad ibn Ahmad an-Nasafiy (vaf. 647/1249) hamda mashhur “Nosir jadvallari”ni yozgan Minhoj ad-din Abu ‘Umar ‘Usman ibn Muhammad al-Juzjoniy (vaf. 658/1260 dan keyin) ning asarlarida yoritilgan. Bu ma’lumot o’z-o’zidan islom mamlakatlari, shu jumladan O’rta Osiyoning mo’g’ullar istilosidagi tarixini yoritishda Ibn al-Asir asarining ahamiyatini ko’rsatib beradi.
Ibn al-Asir o’z asarida og’zaki tarzda ma’lumot olgan manbalarni ham aytib o’tadi. Bunday ma’lumot beruvchilar sifatida u mo’g’ullar bosqini davrida Buxoroda bo’lgan qonunshunosni eslatib o’tadi. Bosqinchilar uni Samarqandga olib kelganda, u ulardan qochib Bag’dodga keladi. Ibn al-Asirning ushbu voqealar to’g’risidagi ma’lumot beruvchilari shuningdek, xorazmlik savdogarlar bo’lishgan21. Ibn al-Asirning boshqa bir ma’lumot beruvchisi esa mo’g’ullardan qochgan Xorazm qo’shinlarining jabrdiydasi bo’lgan Daquq kishisi bo’lgan22.Yana biri esa Mosul harbiysi bo’lib, u xorazmshoh ‘Ala’ ad-din Muhammad ibn Takash amirlaridan biri bo’lgan Abu Bakr Toj ad-din xizmatida bo’lgan23. Shuningdek, Ibn al-Asirning ma’lumot beruvchilari sirasiga Madinadagi “payg’ambar uyi”ning xizmatkorlaridan bo’lgan, Xurosondan qaytgach, xorazmshoh ‘Ala’ ad-din Muhammad ibn Takash bilan uning xitoylarga qarshi yurishidan oldin xorazmshoh saroyida bo’lib o’tgan uchrashuv haqida Ibn al-Asirga so’zlab bergan kishi ham bo’lgan24.
Voqea joyi haqidagi turli versiyalarni berishda Ibn al-Asir at-Tabariydan farqli ravishda tanqidiy yondashuvdan foydalanadi, va, “Alloh o’zi bilguvchidir” iborasidan qochib, u yoki bu versiyaga o’zining nuqtai nazarini isbotlashga harakat qiladi. Misol uchun, Buxoroning mo’g’ullar tomonidan bosib olinishi tafsiloti haqida Ibn al-Asir ikkita versiyani keltiradi, ammo uning o’zi nisbatan ishonchliroq deb hisoblagan ikkinchi versiyani ta’kidlab o’tadi25.
Shu jihatdan, Ibn al-Asirning asari, garchi X asr o’rtalarida bo’lib o’tgan voqealarni yoritishdagi kompilyativ xarakteriga qaramasdan, o’zida umumiy va alohida muammolarni o’rganishdagi mustaqil ahamiyatini saqlab qoladi. X asr ikkinchi yarmidan XII asr o’rtalarigacha bo’lgan davrda bo’lib o’tgan voqealar aks etgan asarning ikkinchi qismida, Ibn al-Asir nisbatan kamroq ma’lum bo’lgan, qisman noma’lum va bizgacha asarlarda yetib kelmagan ma’lumotlardan foydalangan. XII asr ikkinchi yarmidan XIII asr o’rtalarigacha bo’lgan voqeliklarni o’z ichiga olgan asarning ushbu qismi dastlabki manba hisoblanib, unda keltirilgan ma’lumotlar original xarakter kasb etadi.
Shuning bilan birgalikda, aytib o’tish joizki, Ibn al-Asir asari ham bir nechta xatolik va noaniqliklardan holi emas. Misol uchun, u jizya (jon solig’i) va xaroj (yer solig’i) iboralarini farqlamagan holda, ularni bir xil ma’noda ishlatadi. Xususan, 482/1089-90 yil voqealari bayonida u yozadiki, Isfahonga Nizom ul-Mulk yoniga “ar-Rum elchisi belgilangan xaroj bilan yetib keladi”, biroz keying sahifalarda esa, “ar-Rum podshosi unga jizya yuborganini” yozib o’tadi26. Ma’lumki, musulmon huquqiga ko’ra, jizya – jon solig’i musulmon mamlakatlarida g’ayridin kishilardan olingan va fath jarayonida ularning o’z jonini saqlab qolish uchun sotib olish sifatida qaralgan. Xaroj iborasi esa, o’rta asrlarda yer solig’i ma’nosida ishlatilgan27.
E’tiborga havola etilayotgan ushbu maqolada Ibn al-Asir va uning “Al komil fi-t ta’rix” asarinidagi O’rta Osiyo va unga tutash hududlar haqidagi ma’lumotlarni o’rganishda ko’mak berishiga ishonchimiz komil
Xorazmshohlar davlati faoliyatiga oid materiallar o’rta asr manbalarida u yoki bu ko’lamda o’z aksini topgan. O’zbekiston Respublikasi FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qo’lyozmalar fondida Xorazm tarixiga oid o’rta asrlarda yaratilgan nodir qo’lyozmalar: jumladan, Ibn al-Asirning (1160-1234) “Al-komil fi-t-tarix” (“Mufassal tarix”) asari Sharq mamlakatlari halqlari, shuningdek, O’rta Osiyo xalqlari tarixini o’rganishda alohida ahamiyat kasb etadi. Asar 12-jilddan iborat bo’lib, dunyoning “yaratilishi”dan to 1231yilga qadar Sharq mamlakatlarida bo’lib o’tgan ijtimoiy-siyosiy voqealarni yilma-yil bayon etib beradi. Asarning VII-XII jildlari alohida ahamiyatga ega bo’lib, 924-1231 yillar orasida Sharq mamlakatlarida, shuningdek, O’rta Osiyo va O’zbekistonda bo’lib o’tgan voqealarni o’z ichiga oladi va asosan, qo’lyozma manbalar, shuningdek, voqealar guvohlari bergan axborot hamda muallifning shaxsiy kuzatuvlari bilan to’plangan aniq ma’lumotlar asosida yozilgan.
Asarning, ayniqsa mo’g’ullar istilosiga bag’ishlangan XII jildi alohida ahamiyatga ega va O’rta Osiyo hamda Sharq mamlakatlarining XIII asrning birinchi choragidagi ijtimoiy-siyosiy tarixini o’rganishda asosiy manba vazifasini o’taydi. Shuningdek, muallifning “Tarix al-bahir fi-d-daula al- atabikiya” kitobida Otabeklar davlatini yoritish jarayonida Xorazmshohlar haqida ham qimmatli ma’lumotlar keltiradi.
Yoqut al-Hamaviyning “Mu’jam al-buldon” (Mamlakatlar qomusi) asari qomusiy xarakterga ega bo’lib, unda O’rta Osiyo, xususan, Xorazm vohasiga oid qimmatli ma’lumotlar mavjud. Asarda, jumladan, Xorazm geografiyasi va uning mo’g’ullar istilosigacha bo’lgan davri tarixi, madaniy hayoti (taniqli shaxslar, ularning faoliyati) to’g’risida hikoya qiluvchi qimmatli ma’lumotlar to’plangan.
Asardagi Xorazm vohasiga oid ma’lumotlar Xorazmning shahar va qishloqlari, ularning geografik o’rni, iqlimi, suvlari haqida ma’lumot beradi. Muallifning yana bir asari “Mu’jam al-udabo” (“Adiblar lug’ati”) asarida esa zamonasiga qadar yashab, ijod etgan ming nafardan oshiqroq Sharq adib va shoirlarining tarjimai holi va asarlaridan namunalar berilgan. Shular qatorida xorazmlik o’n to’qqiz nafar adib va shoirning hayoti hamda ijodiy faoliyatiga alohida to’xtalib o’tilgan.
Rashiduddin ibn Fazlulloh ibn Imoduddavla Abu-l-xayr al-Hamadoniy (1247-1318)ning jahon tarixini o’z ichiga olgan “Jome’ ut-tavorix” (“Tarixlar majmuasi”) uning qalamiga mansub asarlar jumlasidandir.
Olimning bizning davrimizgacha to’la tarzda etib kelgan birdan-bir asari shu “Jome’ ut-tavorix” bo’lib, u o’rta asr tarixshunosligining o’ziga xos noyob asari hisoblanadi. Asar o’rta asr Sharq tarixchiligida yangi an’anani boshlab bergan asardir. Ma’lumki, Rashiduddindan avval o’tgan, shuningdek, undan keyingi davrlarda yashab ijod etgan tarixchilarning ko’pchiligi umumiy tarix deganda, faqat musulmon mamlakatlarining tarixini tushunganlar. Rashiduddin esa, ulardan farqli o’laroq, umumiy tarix deganda, Sharq mamlakatlari bilan bir qatorda, G’arb mamlakatlari, Xitoy hamda Hindiston tarixini ham nazarda tutdi; Sharq mamlakatlari tarixini jahon tarixining bir qismi deb hisobladi.
Bu asar uch qismdan iborat:
1) mo’g’ullar va ular asos solgan davlatlar (Ulug’ yurt, ya’ni Mo’g’uliston); Elxoniylar davlati hamda mo’g’ullar asoratiga tushib qolgan mamlakatlar;
Shimoliy Xitoy, O’rta Osiyo va Yaqin hamda O’rta Sharq mamlakatlari xalqlarining mo’g’ul istilosigacha bo’lgan qisqacha tarixi;
2) Sharq mamlakatlari xalqlarining islomiyatdan avvalgi tarixi; Arab xalifaligi va uning tarkibida tashkil topgan davlatlar (G’aznaviylar imperiyasi, Saljuqiylar davlati, Xorazmshohlar davlati va b.); Xitoy, qadimgi yahudiylar, franklar, Rim imperiyasi va Hindiston tarixi;
3) Er kurrasi hamda etti iqlim mamlakatlarining geografik holati haqida ma’lumot beradi.
Asarning ayniqsa, turk-mo’g’ul xalqlari tarixini o’z ichiga olgan qismi Markaziy Osiyo xalqlari tarixini o’rganishda katta ahamiyatga ega. Asarning O’rta Osiyo, Eron va Kavkazorti xalqlarining XIII asr boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid qismlari ham benihoyat qimmatlidir.
Abu Nasr Muhammad ibn Abdu-l-Jabbor Utbiy (taxm. 961-1077 yoki 1036 yy.)ning “Tarixi Yaminiy” (“Yamin ud-davla tarixi”) asari Sabuktagin va Sulton Mahmud davrida G’aznaviylar imperiyasi tarkibiga kirgan Afg’oniston, Xuroson, Xorazm va Movarounnahrning 975-1021 yillardagi ijtimoiy-siyosiy tarixini bayon etuvchi hamda qoraxoniylarning Movarounnahrni bosib olishi (992-996 yillari) haqida ma’lumot beradi. “Tarixi Yaminiy” asari benihoya qimmatlidir. Asarda hukmron sinfning maqsad va manfaatlarini himoya qilish bilan birga, to’xtovsiz davom etayotgan urushlar, zulm, turli-tuman soliqlar tufayli azob chekayotgan mehnatkash xalqlarning og’ir turmushiga oid ma’lumotlar berilgan.
Nizomulmulk (Abu Ali al-Hasan ibn Ali ibn Ishoq at-Tusiy) (1018-1092 yy.) davlatni idora qilish masalalariga bag’ishlangan “Siyosatnoma” (yoki “Siyar al-muluk” - “Podsholar hayoti”) nomli asari bilan nom qoldirgan. Bu asar 51 bobdan iborat bo’lib, unda markaziy davlat apparatining tuzilishi va moliyaviy hisob-kitob ishlari, qo’shinning tuzilishi, yuqori davlat mansablari va ularga tayinlash tartibi, qabul marosimlari va ularni tayyorlash hamda o’tkazish tartibi, mansabdorlarning faoliyati ustidan nazorat qilish kabi umumdavlat masalalari o’rtaga qo’yilgan.
Asarda O’rta Osiyo va O’zbekiston tarixi haqida ham muhim va qimmatli ma’lumotlar bor. Somoniylar davrida turk g’ulomlarining davlatning ijtimoiy-siyosiy hayotida tutgan o’rni, Turkiston xonlari (Qoraxoniylar) saroyida xizmat qiluvchi xodimlarning maishiy ahvoli, Somoniylar xizmatida bo’lgan amirlarning unvonlari, Xorazmshoh Oltintosh (1017- 1032) bilan Sulton Mahmud G’aznaviyning vaziri Ahmad ibn Hasan o’rtasidagi yozishmalar shular jumlasidandir. Asarda, bundan tashqari, karmatlar, botiniylar harakati, Muqanna qo’zg’oloni haqida ham ayrim diqqatga sazovor ma’lumotlar mavjud.
Shihobiddin Muhammad Nasaviy (? - 1249) O’rta Osiyo, O’zbekiston, Kavkaz, Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlaridan mo’g’ul istilosi davridagi (1220-1231 yy.) ijtimoiy-siyosiy ahvolidan bahs yurituvchi “Siyrat as-sulton Jalol ad-Din Menkburni” (“Sulton Jaloliddin Manguberdi hayoti va tafsiloti”) qimmatli kitob yozib qoldirgan.
“Siyrat as-sulton” asari esdalik tarzida yozilgan asar bo’lib, muqaddima va 108 ta bobdan iborat. Asarning I-IV boblarida mo’g’ul-tatarlar, Chingizxonning kelib chiqishi, Chingizning xon bo’lib ko’tarilishi va uning Mo’g’uliston va Shimoliy Xitoyni bo’ysundirishi masalalari qisqacha bayon etilgan. V-XXII boblar Xorazmshoh Alouddin Muhammadning hayoti va faoliyatiga bag’ishlangan. XXIII bobdan boshlab kitobning to oxirigacha mo’g’ul istilosi va Xorazmshoh Alouddin Muhammad o’z yurtini sharmandalarcha tashlab qochishi; sulton Jaloliddinning hayoti va uning mo’g’ul istilochilari bilan olib borgan qahramonona kurashi, uning Ozarbayjon hamda Iroqdagi faoliyati va nihoyat, fojiona halokati hikoya qilinadi.
“Siyrat as-sulton” asarining, ayniqsa, 1224-1231 yillar voqealarini o’z ichiga olgan boblari noyob va muhim ilmiy qimmatga ega, chunki bayon etilgan voqealarning ko’pchiligida muallifning shaxsiy ishtiroki ko’rinib turibdi.
Nizomi Aruzi Samarqandiy (XI asrning 90 yillarida tug’ilgan - ?)ning “Majma’ al-g’aroib” (“Ajoyibotlar majmuasi”) yoki “Chor maqola” nomi bilan mashhur bo’lgan asar muallifidir. Asar 1156 -1157 yillarda yozilgan bo’lib, to’rt qismdan iborat: 1) dabirlar (kotiblar) va dabirlik hunari haqida; 2 ) she’riyat ilmi va shoirning qadr-qiymati xususida; 3) sayyoralar haqidagi ilm va munajjimlar haqida; 4) tibb (meditsina) ilmi va tabiblarga pand-nasihatlar.
Birinchi qismda qoraxitoylar bilan Sulton Sanjar o’rtasida 1141 yilning 9 sentyabrida Samarqand atrofida bo’lgan urush, qoraxitoylar bilan Xorazm, shuningdek, Sulton Mahmud G’aznaviy bilan Movarounnahr hukmdori Qoraxoniy Bug’roxon Muhammad (1033-1056 yillar atrofida vafot etgan) o’rtasidagi siyosiy munosabatlar, qoraxitoylar istilosi arafasida Buxoro sadrlarining umumiy ahvoli haqida qisqa, lekin qimmatli ma’lumotlar keltirilgan.
Asarning ikkinchi qismida, qoraxoniylar davrida Movarounnahrning adabiy va madaniy hayotiga oid ma’lumotlar bor. Xullas, bu asar O’zbekistonning X-XI asrlardagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotini o’rganishda ma’lum ahamiyatga ega bo’lgan manbalardan biri hisoblanadi.
Abu Sa’id Abdulxay ibn Zaxxok ibn Mahmud Gardiziy (XI asr)ning “Zayn ul-axbor” (“Tarixlar bezagi”), asosan qadim zamonlardan islomiyatdan avval o’tgan qadimgi Eron podsholari davridan to 1041 yilgacha, ya’ni g’aznaviylardan Sulton Mavdud (1041-1051 yy.) bilan Sulton Muhammad (1030-1031; ikkinchi marta 1041 y.) o’rtasida, ya’ni 1041 yili Dinovarda bo’lgan urushgacha Xurosonda bo’lib o’tgan voqealar haqida hikoya qiladi. Asarda, ayniqsa, Xurosonning arab istilosidan 1041 yilgacha bo’lgan tarixi boshqa asarlarga qaraganda kengroq yoritilgan. Asarda rumliklarning madaniyati, turli halqlarning diniy marosimlari va yil hisoblari, O’rta Osiyoning turkiy aholisi va Hindiston haqida degan boblardan iborat. Gardiziyning ushbu asari Xuroson va O’rta Osiyoning arablar istilosidan to XI asrning o’rtalarigacha bo’lgan siyosiy tarixini o’rganishda muhim o’rin tutadi.
Faxriddin Muborakshoh Marvarudiy. (XII asr ikkinchi yarmi XIII asr boshlari). O’zining mashhur “Tarixi Muborakshoh” (“Muborakshoh tarixi”) asarini yozgan.
Asar 136 qism (shajara)dan iborat bo’lib, unda Muhammad payg’ambar, xulafayi Roshidin (Abubakr, Umar, Usmon, Ali), ansorlar, sahobalar, Suriya hukmdorlari, Yaman podsholari, G’assoniylar, arablarning “johiliyat” zamoni, ya’ni islomiyatdan avval o’tgan shoirlar, sahobalar orasidan chiqqan shoirlar, Ajam podsholari (Peshdodiylar, Kayyoniylar, Ashkoniylar, Sosoniylar), Ummaviylar, Abbosiylar, Tohiriylar, Safforiylar, Somoniylar, G’aznaviylar va G’uriylar tarixi bayon etilgan.
Asarning biz uchun qimmati shundaki, unda Turkistonning sarhadlari va Turkistonda ishlab chiqariladigan mol va matolar, ularning xorijiy mamlakatlarda e’tibor qozongan navlari, turk qabilalari va urug’lari, ularning tili va madaniyati (yozuvlari, urf-odatlari) haqida boy daliliy
ma’lumotlar keltiriladi.
Abul-Fazl Bayhaqiy (995-1077) “Tarixi Oli Mahmud” (“Sulton Mahmud xonadonining tarixi”) yoki “Jome’ fi tarixi Oli Sabuqtakin” (“Sabuqtakin xonadoni tarixidan hikoyalar majam’si”) nomli asarlari
bilan mashhur “Tarixi Oli Mahmud” asari 30 jilddan iborat bo’lgan. Lekin bizgacha uning kichik bir qismi etib kelgan xolos. Bu qismlar Sulton Mas’ud (1030-1041) hukmronligi davri tarixini o’z ichiga olgan va “Tarixi Mas’udiy” nomi bilan ham ma’lum. “Tarixi Mas’udiy” muallif o’zi ko’rgan va ishonchli kishilardan eshitgan ma’lumotlar, shuningdek, hukumat mahkamalarida saqlanayotgan rasmiy hujjatlar asosida yozilgan. Asar daliliy hujjatlarga boyligi, voqealarning chuqur va atroflicha bayon etilishi va nihoyat, zo’r badiiy mahorat bilan yozilganligi bilan boshqa tarixiy asarlardan farq qiladi. Asarda Sulton Mahmud davrida G’aznaviylar saltanatining ijtimoiy-siyosiy ahvoliga keng o’rin berilgan. Bundan tashqari asarda Safforiylar, Somoniylar, Saljuqiylar tarixiga oid muhim ma’lumotlar ham bor. Ayniqsa, G’aznaviylar bilan Xorazm, Saljuqiylar hamda Qoraxoniylar davlati o’rtasida bo’lgan siyosiy munosabatlar haqida qimmatli ma’lumotlar ko’p.
Alouddin Otamalik Juvayniy (1226-1283) Mo’g’uliston, O’rta Osiyo, O’zbekiston hamda Eronning XIII asrdagi ijtimoiy-siyosiy tarixidan hikoya qiluvchi “Tarixi Jahonkushoy” (“Jahongir (Chingizxon) tarixi”) nomli shoh asari bilan shuhrat topdi. Asar 1260 yilda yozib tamomlangan.
Asar uch qismdan iborat: 1) Mo’g’ullar; ularning Chingizxon (1246-1249) davrigacha, shuningdek, Jo’chixon, Chig’atoyxon va avlodlarining tarixi; 2) Xorazmshohlar va Xurosonning mo’g’ul hukmdorlari davridagi (1258 yilgacha) tarixi; 3) Eronning 1256-1258 yillardagi ijtimoiy-siyosiy ahvoli, shuningdek, Ismoiliylarning diniy-harbiy uyushmasi va Ismoiliylar davlati (1090-1258 yy.) tarixi.
O’rta Osiyo va O’zbekiston tarixi uchun bu asarning I-II qismlari alohida qimmatga ega. Asarning Xorazm va Xorazmshohlar tarixiga oid (II qism), Movarounnahr va Sharqiy Turkiston tarixi, shuningdek, Mo’g’uliston haqidagi xabarlar asosan muallifning bu mamlakatlarga qilgan sayohatlari vaqtida to’plangan ma’lumotlar asosida yozilgan.
Hamdulloh Qazviniy (ibn Abu Bakr ibn Ahmad ibn Nasr Mustavfiyi (1281-1350)ning “Tarixi guzida” (“Saylangan tarix”) umumiy tarix yo’nalishida yozilgan bo’lib, unda qadim zamonlardan to 1330 yilgacha Eron va qisman O’rta Osiyoda bo’lib o’tgan voqealar bayon etilgan. Asar muqaddima (fotiha) va olti bobdan iborat: 1) payg’ambarlar va avliyolar; 2) islomiyatdan avval o’tgan Eron podsholari; 3) Muhammad payg’ambar, xalifayi Roshiddin, Ummaviylar va Abbosiylar tarixi; 4) Abbosiylar davrida Eron, Afg’oniston va O’rta Osiyoda hukmronlik qilgan sulolalar: (Safforiylar, Somoniylar, G’aznaviylar, G’uriylar, Daylamiylar, Saljuqiylar, Xorazmshohlar, Mo’g’ullar va b.); 5) islomiyat davrida o’tgan shayxlar, olimlar va shoirlar; 6) Qazvin shahrini tarixi.
Asar Eron, O’rta Osiyo hamda O’zbekistonning XIII-XIV asrning birinchi yarmidagi tarixini o’rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Jamol Qarshiyning “Al-Mulhaqot bi-s-Suroh” (“Suroh lug’atiga ilova”) asari ham nodir asarlar sirasiga kiradi. Unda Xorazmshohlar davlati tarixi, Chingizxon istilosi haqida qimmatli ma’lumotlar mavjud. Faxriddin Abu Sulaymon Dovud ibn Abu-l-Fazl Muhammad Banokatiy( ? - 1330)ning jahon tarixini o’z ichiga olgan “Ravzat uli-l-albob fi tavorix al-akobir va-l - ansob (“Akobirlar va asil (kishilar”) tarixi xususida oqillar bog’i”) nomli asari bilan mashhur bo’ldi. Asar muqaddima va to’qqiz qismdan iborat: 1) Odam Atodan to Muso payg’ambargacha o’tgan davrda yashagan payg’ambarlar; 2) Qadimiy Eron podsholari; 3) Muhammad payg’ambar, xalifayi Roshiddin, imomlar, Ummaviya va Abbosiya xalifalari davri; 4) Abbosiylar bilan hamasr bo’lgan sulolalar (Tohiriylar, Safforiylar, Somoniylar, Xorazmshohlar va b.); 5) yahudiylarning payg’ambarlari va podsholari; 6) xristianlar va franklar tarixi; xristianlarning dini va e’tiqodi, Armaniston va frank mamlakatlarining geografik holati; 7) Hindiston tarixi, hindlarning dini va e’tiqodi; 8) Xitoy tarixi va uning geografik holati; xitoylarning dini va urf-odatlari; 9) Mo’g’ullarning tarixi va ularning istilochilik yurishlari. Xullas, Banokatiyning mazkur asari O’rta Osiyo va O’zbekistonning XIII-XIV asrning birinchi choragidagi tarixi, geografik holati va aholisining turmushini o’rganishda muhim manbalardan hisoblanadi.
Mirxond (Mir Muhammad ibn Sayyid Burxonuddin Xovandshoh ibn Kamoluddin Mahmud al-Balxiy) (1433-1498)ning “Ravzat us-safo fi siyrat al-anbiyo va-l-muluk va-l-xulafo” (“Payg’ambarlar, podsholar va xalifalarning tarjimai holi haqida jannat bog’i”) nomli asari bo’lib, unda dunyoning yaratilishidan to 1523 yilga qadar O’rta Osiyo, Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlarida, shuningdek, O’zbekistonda bo’lib o’tgan ijtimoiy- siyosiy voqealar keng bayon etilgan bo’lib, Xorazmshohlar davlatining turli jihatlari bayon etiladi. Asar muqaddima, xotima va etti jilddan iborat. Birinchi jildda dunyoning “yaratilishi” to Sosoniy Yazdijurd III (632-651) davrigacha o’tgan tarixiy voqealar; ikkinchisida Muhammad payg’ambar va xalifayi Roshidin davrida bo’lib o’tgan voqealar; uchinchi jildda o’n ikki imom tarixi; to’rtinchi jildda Abbosiylar bilan zamondosh sulolalar; Ummaviya va Abbosiya xalifalari; beshinchi jildda Chingizxon va uning avlodi; oltinchisida Amir Temur va uning zamonidan to Sulton Abu Said o’limi(1469 y.)gacha bo’lib o’tgan voqealar; va nihoyat, asarning ettinchi jildida Sulton Husayn va avlodining tarixi (1523 yilgacha) bayon etilgan. Asarning I-V jildlari kompilyatsiya bo’lib, mustaqil ahamiyatga ega emas. Uning so’nggi qismlari, xususan, VI jildning bir qismi va VII jild asl nusxa bo’lib, XV asrning ikkinchi yarmi tarixini o’rganishda katta ahamiyatga ega.
“Mujmal at-tavorix va-l-qissas” muallifi noma’lum. Qisqa tarzda yozilgan umumiy tarixga oid asar. Qadim zamonlardan (islomiyatdan avval o’tgan Eron podsholari zamonidan) to o’g’uzlar tomonidan Sulton Sanjarning asir olinishi (1153 yili) va Nishopurning vayron etilishigacha bo’lgan davr ichida Eron va qisman Osiyoda yuz bergan ijtimoiy- siyosiy voqealar haqida hikoya qilinadi. Asar 1153 yildan keyin yozilgan. Asarning ilmiy qimmati shundaki, unda turkiy xalqlar, ularning kelib chiqishi haqidagi rivoyatlar, turklarning vatanlaridan biri Issiqko’l haqidagi boshqa manbalarda uchramaydigan ma’lumotlar keltirilgan.

Xulosa
Bu asarlar umumiy tarix yo’nalishida yozilgan bo’lib, Xorazm tarixiga oid ma’lumotlari ham bor. Mavzuning manbasi boy. Davlatchilik tarixini yoritish uchun turli tillarda bitilgan tarixiy asarlar ham ko’p. Ularda jamlangan hujjatlar, ma’lumotlar Markaziy Osiyo xalqlari, shu jumladan, o’zbeklarning davlatchiligi qadimiy tarix va uzoq taraqqiyot yoKIRISH


O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 17 dekabrdagi «O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o'ttiz yillik bayramiga tayyorgarlik ko'rish va uni yuqori saviyada o'tkazish to'g'risida»gi qarorida 2021 yilda xalqimiz necha yuz yillik tarixi davomida orzu qilib, intilib yashagan va XX asr so'ngida erishgan, mamlakatimiz hayoti va taqdirida tub burilish yasagan tom ma'nodagi buyuk, olamshumul voqea O'zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligi e'lon qilinganiga 30 yil to'lganligi qayd etildi. Unda mustaqillik yillarida ko'p millatli O'zbekiston xalqi o'zining buyuk salohiyati, mustahkam irodasi va matonatini namoyon etgani, og'ir sinov va mashaqqatlarni mardonavor yengib, katta taraqqiyot yo'lini bosib o'tgani qayd etildi. Yurtimiz avvalgi iqtisodiyoti bir tomonlama shakllangan, qoloq respublikadan barcha sohalarda jadal rivojlanayotgan maskanga aylandi, xalqimizning turmush darajasi, ijtimoiy-siyosiy faolligi, ongu tafakkuri rivoj topa boshladi. Mustaqillik ne'mati ijtimoiy hayotimizning barcha jabhalari, sohalari qatori oliy ta'lim, ilm-fanni ham qamrab oldi.1
Farg'ona vodiysining tarixi va arxeologiyasini o'rganishda arxeologik ekspeditsiyalarning o'rni beqiyos. Ushbu ekspeditsiyalarning natijalari bugungi kunda vodiy tarixi va arxeologiyasini o'rganishda muhim hisoblanadi. Shunday
ekspeditsiyalardan biri 1885-yil fevral oyida rus arxeologi, sharqshunos Nikolay Ivanovich Veselovskiy tomonidan amalga oshirildi. U qabr toshlardan yasalgan Mukxona (Mukovlar uyi) ni birinchi bo'lib qadimiy qabrlar sifatida aniqladi va tavsiflab berdi. Ivanovich o'rgangan kurumlarning umumiy sonidan faqat beshtasi saqlanib qolgan. Bulardan tashqari ekspeditsiya loy idishlar, tosh eshaklar va temir pichoqlar; ko'pburchak qabrlar, va dumaloq metall oyna kabi bronza asboblarni topgan. Shuningdek, Veselovskiy uchta qadimiy poytaxt - Axsi, Koson va O'zgan xarobalarida qazish ishlari olib borgan. O'shda Sulaymon tog'ida arab yozuvini topdi va uni tarjima qilgan2
O'zbekistonning eng go'zal va betakror makonlaridan biri bu Farg'ona vodiysidir. Iqlim sharoiti, geografik joylashuvi, tabiiy boyliklari kabi qator xislatkariga ko'ra Farg'ona qadimdan e'tibor qozonib kelgan. Farg'ona viloyatining davlatchiligimiz tarixida tutgan o'z o'rni ham bor. Miloddan avvalgi II- I asrlarda bu yerda mintaqadagi ilk davlatchilik tizimlaridan biri mavjud bo'lgan. Albatta, uning asoslari ancha ilgariroq, kam deganda miloddan avvalgi 1-ming yillik o'rtalarida shakllana boshlanganiga shubha qilmasa ham bo'ladi.
Farg'ona vodiysining o'rganilishi xususan o'rta asrlar tarixi davlatchiligimiz tarixida muhim o'rin tutadi. Bu davrda vodiyda Eftaliylar, Turk xoqonligi va arablar ketma-ketlikda hukm surganlar. Farg'ona vodiysining ilk o'rta asrlar tarixi hali alohida tadqiqot mavzusi sifatida olinmagan va ilk o'rta asrlar tarixi bo'yicha fundamental asar yaratilmagan. O'tgan asrda A.N Bernshtam tomonidan Qadimgi Farg'onall nomli risolasida turklar va arablarning vodiydagi faoliyati haqida to'xtalib o'tilgan. 2013-yili esa A. Xo'jayev tomonidan Farg'ona tarixiga oid ma'lumotlarl kitobi nashr etildi. Unda Farg'ona vodiysi tarixiga oid xitoy manbalari tarjimalari va sharhlari keltirilgan. Shuningdek, A. Otaxo'jayev va M.M Xatamovalar ushbu davr bo'yicha jiddiy ilmiy tadqiqot olib borishmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar:




  1. Yüklə 1,05 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin