Kurs ishining maqsadi va vazifalari. Uning otasi Abu-l Karam Muhammad ibn Muhammad ibn ‘Abd al-Karim ibn ‘Abd al-Vohid ash-Shayboni Mosuldagi Zangid hukumatining yuqori martabali amaldorlari “Ra’is ad-devon”ni hamda Mosul vazirining Jazirat Ibn ‘Umar shahridagi vakili bo’lgan. Uning uchta o’g’li bo’lib, ularning har biri yirik olim bo’lib yetishgan hamda islom olamida, ayniqsa, muhaddislik, ta’rix va filologiyada katta shuhrat topgan. ‘Izz ad-din Ibn al-Asir ularning o’rtanchasi bo’lgan2.
Ibn al-Asirning eng yirik va muhim tarixiy asari - “al-Komil fi-t-tarix” (Mukammal tarix) dir. Ibn al-Asirning ta’kidlashicha asarning asosiy qismini u tug’ilib o’sgan manzili Qasr Harbda yozgan. Ibn al-Asir uni yozishni 595/1198-99 yildan oldin boshlagan va dastlab asarning nomi “Al-Muqtasa fi-t-ta’rix” bo’lib, 595/1998-99 yilgacha yetkazilgan degan fikr ham mavjud3.
Kurs ishining nazariy asoslari Asar o’zida Arab xalifaligi va islom mamlakatlarining “dunyoning yaratilishi” dan toki 628/1230-31 yilgacha bo’lgan tarixini qamrab olagan va musulmon yilnomaviy tarixshunosligining yuqori saviyada aks ettirgan4. Agarda mashhur geograf Yoqut al-Hamaviyning “Mu’jam al-buldon” (“Mamlakatlar majmuasi”) asari “geografik adabiyot sohasining o’z davridagi (XIII asr) mavjud barcha ma’lumotlarini mujassam etgan” bo’lsa, uning zamondoshi Ibn al-Asirning “al-Komil fi-t-ta’rix” asarini “tarixiy adabiyot sohasining o’z davridagi mavjud barcha ma’lumotini o’zida mujassam etgan asar” deb atashimiz mumkin. Ibn Xalliqon Ibn al-Asirning asarini musulmon dunyosi tarixini to’g’risida yozilgan barcha mashhur asarlarning eng saralaridan biri sifatida e’tirof etadi5.
V. Bartold Ibn al-Asirning “al-Komil fi-t-tarix” asariga yuqori baho bergan holda ta’kidlab o’tadiki, u vijdonan va o’z davri uchun kamyob hisoblangan tanqidiy fakt bilan ko’plab ma’lumotlar to’plagan. Bir-biriga qarama-qarshi ikki manbadan to’g’risini tanlashda qiyinchilikka to’g’ri kelgan holatlarda Ibn al-Asir ikkita hikoyani ham keltiradi. Ibn al-Asir faqatgina siyosiy voqealar tarixini yoritish bilangina chegaralanib qolmay, balki Sharq xalqlari madaniyati tarixi to’g’risidagi ma’lumotlarni ham keltirib o’tadi.6.
Ibn al-Asirning “al-Komil fi-t-ta’rix” asari turli tadqiqotchilar tomonidan turlicha o’rganilgan. Xususan, Ibn al-Asir “al-Komil fi-t-tarix” asarining bizgacha yetib kelgan qo’lyozma nusxalari asosida amalga oshirilgan to’liq tanqidiy matni 1851-1876 yillarda 14 jildda yevropalik sharqshunos S.Tornberg tomonidan nashr ettirilgan7. Ibn al-Asir asarining arab tilidagi bir necha nashrlari ham mavjud8. Ibn al-Asir “al-Komil fi-t-tarix” asarining eski o’zbek ilidagi to’liq tarjimasi mavjud bo’lib, 1901-1907-yillarda Xiva xoni Muhammad Rahimxon II (1282-1328/1865-1910) boshchiligidagi bir guruh tarjimonlar tomonidan Ibn al-Asir asarining 12 jildlik Misr nashri asosida amalga oshirilgan9. Ushbu tarjimaning asl nusxasi va uning bir necha nusxalari O’zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik Instituti qo’lyozmalar fondida saqlanmoqda10.