Ijtimoiy gumanitar fanlar


Ilmiy bilish va uning usullari. Ilmiy bilishning asosiy shakllari. Ijtimoiy bilish va uning o‘ziga xos xususiyatlari



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə20/96
tarix03.12.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#172218
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   96
Guliston davlat pedagogika instituti-fayllar.org

Ilmiy bilish va uning usullari. Ilmiy bilishning asosiy shakllari. Ijtimoiy bilish va uning o‘ziga xos xususiyatlari. Fanlar ilmiy bilishning shakllaridir. Fanlar borliq va uning turli ko'rinishlari: tabiat, jamiyat, inson tafakkuri to‘g‘risidagi ilmiy bilish jarayonida yuzaga kelgan bilimlar tizimlaridan iboratdir. Ular insonning borliqni bilishi, o‘rganishi va o‘zlashtirishining o'ziga xos nazariy shakllari bo‘lib, o ‘zlarida moddiy va ma’naviy omillami birlashtiruvchi ko‘p qirrali ijtimoiy hodisalar. Fanlaming predmeti, keng ma’noda,insonni qurshab turgan borliq va uning shakllaridir. Shu jihatdan fanlarni ularning predmetlariga ko‘ra, shartli ravishda: tabiatshunoslik, jamiyatshunoslikva ularning o‘rtasidagi texnikafanlariga bo‘lish mumkin.
a) Ilmiy metodlar va metodologiya. Ma’lumki, har bir fan sohasida ilmiy izlanishlar olib boruvchi tadqiqotchi obycktni o‘rganishga kirishar ekan, o'rganayotgan predmet yoki hodisa haqidagi bilimlarga birdaniga ega bo‘lmaydi. Buning uchun u predmet yoki hodisa ustida ma’lum davr ichida tinmay turli xil izlanish va tadqiqotlar olib borib, o ‘z tadqiqot jarayonida turli xil yo‘llar, usullar va vositalardan foydalanadi, ruhiy va aqliy jarayonlarni kechiradi.Shundan keyingina o‘zi tadqiqot olib borayotgan predmet yoki hodisa yuzasidan ma’lum yangi bilimlami hosil qilishi mumkin. Tadqiqotchining o ‘z tadqiqoti jarayonida yangi bilimlarga erishish uchun qo'llaydigan turli xil usullari, yo'llari va vositalari ilmiy bilishning metodlari deyiladi. ilmiy bilishning metodlari tadqiqotchining tadqiqot obyektini bilishi uchun qo‘llagan amaliy va nazariy faoliyat usuUaridir. Bu metodlarning ilmiy bilishdagi vazifasi:tadqiqotchiga o'rganayotgan predmet yoki hodisa haqida, uning tabiati va mohiyatini, ularni ifodalaydigan qonun va qonuniyatlami ochishda yordam berishdan, shu asosda tadqiqotning muvaffaqiyatli boMishini ta’minlashdan iboratdir
Ilmiy bilish metodlarini o‘rganish falsafada metodologiyaning paydo bo£lishiga olib keldi. Metodologiya ilmiy bilish metodlari haqidagi falsafiy ta’limot sifatida o ‘zida kishilar dunyoqarashi prinsiplarini, ularning bir butun amaliy va nazariy faoliyatlariga tadbiq etishni o‘rganadi. Ular quyidagilar: 1. Ilmiy bilishning eng umumiy metodlari. 2. Ilmiy bilishning empirik darajasiga oid umumiy metodlar. 3. Ilmiy bilishning nazariy darajasiga oid umumiy metodlar.
b) Kuzatish va eksperiment metodlari. Kuzatish harakat, 0 ‘zgarish va rivojlanishdagi ma’lum obyektni tabiiy sharoitda u qanday bo‘lsa, shu holicha diqqat bilan, belgilangan vaqt ichida, ma’lum maqsad asosida hissiy qabullashdir. Eksperiment esa, sun’iy yaratilgan sharoitda olib boriladigan kuzatishdir. Eksperimentda o'rganilayotgan predmet yoki hodisa o‘z holida, lekin sun’iy yaratilgan sharoitda ko'zdan kechirib boriladi.Eksperimentda tadqiqotchi o‘z o ‘rganish obyektiga aktiv ta’sir qilishi, kuzatishning borishida, kuzatilayotgan jarayonni o ‘zi xohlagan yo'nalishga qarab o'zgartirishi mumkin. Eksperiment kuzatish bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, kuzatishsiz mavjud bo'lmaydi, ular bir-birlarini to‘ldiradi. Kuzatish va eksperiment metodlari asosida to'plangan dalillar, ma’lumotlar ilmiy bilishning empirik darajasini hosil qiladi. Kuzatish va eksperiment asosida hosil qilingan dalil va ma’lumotlar esa, o‘z navbatida,tadqiqotchidan ulami analiz va sintez qilishini taqozo qiladi.
d) Analiz va sintez metodlari. Analiz — bir butunni qismlarga, bo‘laklarga, tomonlarga, elementlarga ajratib, ularning har biri nima, qanday vazifani bajarishini bilishdir. Analiz usuli natijasida butunni tashkil etgan qismlar, tomonlar, bo'laklar, elementlar, ularning butun tarkibidagi o‘mi aniqlanadi. Analiz orqali predmet va hodisalarning strukturasi, tuzilishi bilinadi. Sintez — analiz tufayli ajratilgan bo‘laklar, tomonlar, qismlar, elementlarni o‘zaro biriktirib, ularni bir butun holiga keltirishdir. Sintez orqali tadqiqotchi butunning bo‘laklari, qismlari, tomonlari, elementlari o‘rtasidagi va ularning butun bilan bo‘lgan aloqa va bog'lanishlarini bilib oladi.
e) Umumlashtirish, abstraktlashtirish va konkretlashtirish metodlari. Ilmiy bilishning bu metodlari faqat tafakkur jarayoniga oid bo'lib, ular ilmiy bilishning nazariy darajasiga xosdir. Umumlashtirish — barcha narsa va hodisalarga xos bo‘lgan muayyan belgi, xususiyat hamda xossalar o‘rtasidagi bog‘lanish, aloqadorlik jihatlarini aniqlashdan iborat. Abstraktlashtirish — tadqiqot olib borilayotgan bir qancha predmet yoki hodisalarga xos bo‘Igan tomonlari, xususiyatlari va xossalarini fikrda'e’tibordan soqit qilib, tadqiqot uchun zarur bo‘Igan birorta belgi yoki xususiyatni mavhum holatga keltirishdir. Ilmiy bilish jarayoni umumlashtirish va abstraktlashtirish bilan tugamaydi. Konkretlashtirish — umumlashtirish va abstraktlashtirish jarayonida ajratib olingan, e’tibordan soqit qilingan oldingi belgi va xususiyatlarni yana predmet yoki hodisalar bilan bog‘lab, shu predmet yoki hodisa haqida aniq bir flkr hosil qilishdir.
f) Induktiv va deduktiv metodlar. Induktiv metod yoki induksiya — bilishning shunday tisuliki, bunda tadqiqotchi o‘z tafakkurida tekshirayotgan predmet yoki hodisalar to‘g‘risidagi bir qancha juz’iy faktlardan, ular haqidagi ayrim bilimlardan umuiniyroq bilimlarni hosil qiladi. Ilmiy bilishda induktiv usul bilan hosil qilingan bilimlar doimo deduktiv usul yordamida tekshiriladi. Deduktiv metod yoki deduksiya, — bu bilish jarayonida fikrda umumiy bilimlardan juz’iy, qisman bilimlarga kelishdiir. Deduktiv usul vositasida tadqiqotchi bir sinf, bir jins, bir gurnh predmet yoki hodisa to‘g‘risidagi umumiy bilimlardan, ularning har biri haqida alohida bilimlarni hosil qiladi.
g) Tarixiy!ik va mantiqiylik metodlari. Tarixiylik — bu o‘rganiIayotgan predmet yoki hodisaning paydo boflish, rivojlanish va yemirilish jarayonlari birligini, uning tarixiy taraqqiyot jarayonida boshqa voqealar bilan aloqadorligini nazariy bilishga oid usuldir. Mantiqiylik esa, tarixiylikning tadqiqotchi fikridagi umumlashtirilgan, abstraktlashtirilgan, konkretlashtirilgan, qisqargan, tasodiflardan tozalangan abstraktlikning konkretlik shaklida ifodalanishidir.
h) Formallashtirish va modellashtirish metodlari. Keyingi vaqtda EHMlar va kompyutcrlarning yaratilishi, ularning ishlab chiqarishga keng joriy etilishi, matematik usullaming konkret fanlar sohalarida samarali qo‘llanishi, modellashtirish va formallashtirish kabi yangi usullarning paydo bo‘lishiga olib keldi. Formallashtirish — tekshirilayotgan predmet yoki hodisalarning ma’lum konkret tomonlari, xossa va xususiyatlarining mazmunini mavhumlashtirib, uni ma’lum abstrakt ifoda, formula yoki chizmalar bilan ifodalashdir. Bu metod yordamida tadqiq etilayotgan obyektlarning o‘rtasidagi aloqadorlik, ularning munosabatlan ma’lum ifodalarda belgilanadi. Masalan, algebradagi matematik ifodalar: a+b, ab, a2—ab+b2 kabilar miqdoriy munosabatning formallashtirilgan ko‘rinishidir. Modellashtirish usuli — о ‘rganilayotgan obyektga tuzilishi yoki funksiyasiga ko‘ra o‘xshash sun’iy nusxasini yaratib, shu nusxa orqali haqiqiy obyektning tegishli xossa va xususiyatlarini o‘rganishdir.

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin