O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
GULISTON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI “IJTIMOIY GUMANITAR FANLAR” FAKULTETI
“IJTIMOIY FANLAR VA SAN’ATSHUNOSLIK” KAFEDRASI
47553741\
F A L S A F A
fanidan O`QUV – USLUBIY MAJMUA
Bilim sohasi:
100 000 – Ta’lim
Ta’lim sohasi:
110 000 – Ta’lim
Ta’lim yo‘nalishi:
Barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun
….\012.271.7444
Guliston – 2022 Ushbu “Falsafa” fanidan bakalavriat ta’limning barcha yo‘nalishi kunduzgi va sirtqi bo‘lim talabalari uchun o’quv – uslubiy majmua Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashining 2022-yil 30-avgustdagi 1/3-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Falsafa” fanining o‘quv dasturi asosida tayyorlangan.
Tuzuvchilar:
X.X.Yarboyev
GulDPI “ Ijtimoiy fanlar va san’atshunoslik” kafedrasi o’qituvchisi
N.A.Tursinkulov
GulDPI “ Ijtimoiy fanlar va san’atshunoslik” kafedrasi o’qituvchisi
A.A.Mansurov
GulDPI “ Ijtimoiy fanlar va san’atshunoslik” kafedrasi o’qituvchisi
Taqrizchi:
N.A.Saidkulov
GulDPI “ Ijtimoiy fanlar va san’atshunoslik” kafedrasi dotsenti v.v.b. s.f.b.f.d (PhD)
Mazkur o‘quv-uslubiy majmua Guliston davlat pedagogika instituti O‘quv-uslubiy kengashining 20___-yil “____” _____________dagi ____-sonli qarori bilan tavsiya etilgan.
Talabalar bilimini baholash tizimi……. .............................................
146
7.
Asosiy va qo‘shimcha o‘quv adabiyotlar hamda
Axborot manbaalari .............................................................................
148
MA’RUZA MASHG‘ULOTI MAVZULARI
1-mavzu: Falsafa fanining asosiy maqsadi va bo’lg’usi pedagoglarda o’qitilishining nazariy-amaliy ahamiyati
Reja:
1. Falsafa atamasining kelib chiqishi.
2. Dunyoqarash va uning tarixiy shakllari.
3. Falsafaning asosiy masalalari.
4. Falsafa va fanning o'zaro mutanosibligi va farqi.
Tayanch so’zlar Falsafa, faylasuf, falsafiy muammolar, falsafaning milliyligi, falsafaning umuminsoniyligi, falsafiy nazariyalar, falsafiy fanlar, falsafaning asosiy vazifalari.
«Falsafa» tushunchasining kelib chiqishi. Har qanday noma’lum so’z mazmunini uning etimologiyasidan, ya’ni u qachon, qanday va nima uchun yuzaga kelganini aniqlashdan boshlash o’rinli bo’ladi. «Falsafa» tushunchasi yunoncha phileo – sevaman va sophia – donolik so’zlaridan kelib chiqqan bo’lib, mazkur atamaning dastlabki ma’nosini donolikka muhabbat deb talqin qilish mumkin. Falsafa so’zini ilk bor qadimgi yunon mutafakkiri pifagor miloddan avvalgi VI asrda tayyor holda (afsonalar, rivoyatlar, an’analar orqali) avloddan-avlodga o’tuvchi bilim va inson o’z aqliga tayanib, mushohada yuritish va borliqni tanqidiy tushunish yo’li bilan olishi mumkin bo’lgan bilimni farqlash maqsadida ishlatgan.
Shuni ta’kidlash lozimki, pifagor ham, qadimgi davrning boshqa faylasuflari ham dastlab «falsafa» tushunchasiga uning keyinchalik paydo bo’lgan va mohiyat e’tibori bilan, falsafani «barcha fanlar podshosi» darajasiga ko’targan ma’nosidan boshqacharoq ma’no yuklaganlar. Ammo ilk faylasuflar o’zlarini donishmand deb hisoblamaganlar va donolikka da’vo qilmaganlar, zero, o’sha davrda keng tarqalgan tasavvurga ko’ra, haqiqiy donishmandlik ajdodlardan meros qolgan, asrdan asrga o’tib kelayotgan afsonalar, din va rivoyatlarda mujassamlashgan. Donishmandlar deb, asrlar sinovidan, eng so’nggi haqiqat manbai sifatidagi bilimlarga ega bo’lgan bashoratgo’ylar, kohinlar va oqsoqollar e’tirof etilgan. Ularning so’zlari birdan-bir to’g’ri deb qabul qilingan. Faylasuf esa, qadimgilar fikriga ko’ra, izlanuvchi, donishmandlik muxlisi bo’lishi, e’tiqod sifatida qabul qilingan tayyor haqiqatlarga emas, balki o’z aqliga tayanib, ijodiy yo’l bilan, shuningdek boshqa faylasuflar tomonidan olingan bilimlar va tajribadan foydalangan holda maqsadga intilishi lozim bo’lgan.