Hozirgi davrda milliy falsafani rivojlantirish muammolari, uning xalqaro aloqalarni tashkil etishdagi ahamiyati. Bugungi kunda, tezliklar va yuksak texnologiyalar asrida falsafa kerakmi, u eskirgani yo’qmi? Uzluksiz axborot oqimi va surunkali vaqt tanqisligi sharoitida muayyan bilim falsafani siqib chiqarmaydimi? Bunday savollar mutlaqo o’rinlidir, lekin ularga javobni hayotning o’zi beradi, u hozirgi vaqt odami oldiga ko’p sonli, shu jumladan ilgari hech qachon mavjud bo’lmagan, butunlay yangi falsafiy muammolarni qo’yadi.
Jahon hamjamiyati III ming yillikning boshlanishini, biosfera holati va Yerda hayotning davom etishi uchun o’z javobgarligini tobora teranroq anglagan holda qarshi oldi. Ayni shu sababli insonning barkamol rivojlanishi, odamlar, xalqlar o’rtasida, shuningdek jamiyat va tabiat o’rtasida insoniy, yaxshi qo’shnichilik munosabatlarini o’rnatish masalalari azaliy falsafiy mavzular bilan bir qatorda falsafiy tadqiqotlarda birinchi o’ringa chiqmoqda. SHu munosabat bilan faylasuflar avvalo Yyer yuzida ta’limning holati va rivojlanish darajasidan qattiq tashvishda ekanliklarini bildirmoqdalar. Ko’pgina faylasuflar fikriga ko’ra, hozirgi muammolarning aksariyati zamirida aynan qoniqarsiz ta’lim va lozim darajadagi tarbiyaning yo’qligi yotadi. Bu muammolarni yechishda falsafa ham o’z rolini o’ynashi lozim.
Nazorat savollari: 1. «Falsafa» atamasining mohiyati va mazmuni. 2. Falsafaning bahs mavzulari va asosiy muammolari. 3. Falsafiy g’oyalar, nazariyalarning asosiy yo’nalishlari va vazifalari.
2-mavzu. Ontologiya – borliq haqidagi falsafiy ta’limot Reja
Borliq tushunchasi va uning asosiy turlari.
Falsafada substansiya muammosi. Materiya va uning mavjudlik shakllari