Borliqdagi bog’lanish va aloqadorlikni ifodalovchi falsafiy kategoriyalar hamda borliqdagi asosiy qonunlar.
a) Yakkalik, xususiylik va umumiylik. Yakkalik, xususiylik va umumiylik borliqdagi narsa va hodisalarning har biriga xos alohida, ma’lum guruhiga xos maxsus va hammasiga xos umumiy tomonlari, xususiyatlari hamda ular o‘rtasidagi bog‘lanish va aloqadorlikni ifodalaydi.
Alohida narsa va hodisagagina xos bo‘lib, bu narsa va hodisani boshqa narsa va hodisadan farq qiluvchi, takrorlanmaydigan, individual belgi va xususiyatlar birligi yakkalik deyiladi. Yakkalik alohida narsa va hodisalarni ham, ulardagi alohida tomon, belgi va xossalarni ham aks ettiradi. Ko‘pchilik narsa va hodisalarga (yoki ularning turlariga hamda tomonlariga) xos bo‘Igan, o‘zaro o‘xshash, bir xil, takrorlanuvchi belgi va xususiyatlar birligini aks ettiruvchi tushuncha umumiylik deb ataladi. Umumiylik borliqdagi ko‘pchilik narsa va hodisalarga (yoki ularning tomonlariga) xos bo‘lgan umumiy belgi va xususiyatlarning fikriy in’ikosidir. Umumiylik bir sinf yoki bir turga kirgan narsa va hodisalarning hammasiga oid belgi yoki xususiyatni ifodalaydi. Chunki, borliqda har bir narsa va hodisa boshqa narsa va hodisalar bilan, albatta, biror umumiy tomonga, xossaga, belgi va xususiyatga egadir.
Narsa va hodisalarga xos maxsus tomonlar, xususiyatlar birligi ,,xususiylik“ kategoriyasida ifodalanadi. „Xususiylik" kategoriyasi narsa va hodisalardagi alohidalik va umumiylik kabi tomonlar o'rtasidagi alohidalikka nisbatan umumiy, umumiylikka nisbatan alohida bo‘lgan tomonlar, belgilar, xususiyatlar va aloqadorliklarni ifodalaydi.
Bir butun borliqdagi hamma narsa va hodisalarga xos bo‘lgan tomonlar, belgi va xususiyatlar eng umumiylikdir. Eng umumiylik hajm jihatdan boshqa kengaytirib bo‘lmaydigan universal tushunchadir. Masalan: Axmad —> odam —> tirik mavjudot, nihoyat—> —> materiya—> borliq, ,,Borliq“ tushunchasi bu yerda eng umumiylikdir.
b) Mohiyat va hodisa. Mohiyat — narsa va hodisalarning ichki eng muhim o‘zaro bog'lanishlari, shu bog‘lanishlarning qonuniy aloqadorliklarini ifodalaydi. Hodisa esa shu narsa va jarayonlarni tashkil etuvchi tomonlar, xususiyatlar va bogianishlaming namoyon bo'lish shakli — mohiyatning ifodalanishidir. Masalan, hamma tirik mavjudotlaming mohiyati, ulardagi modda almashuv jarayoni bo'lmasa, tiriklik jarayoni — hayot ham bo‘lmaydi. Modda almashish jarayoni butun hayot jarayonining asosiy mohiyatini tashkil etadi. Lekin, bu modda almashuv jarayoni har bir tirik organizmda juda xilrna-xil ko'rinishlarda sodir bo'ladi. Bu ko'rinishlar — hodisalardir.
Mohiyat va hodisa o‘zaro umumiy tomonlarga ega. Masalan: a) har qanday mohiyat hodisada namoyon bo'ladi, ya’ni hodisa mohiyatning u yoki bu holda ко‘rinishidir; b) mohiyat va hodisa obyektiv xarakterga ega bo‘lib, ular inson ongiga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjuddir; d) mohiyat ham, hodisa ham doimo o‘zgarishda va rivojlanishda bo'ladi. Biroq, mohiyat va hodisa ziddiyatli xarakterga ega bo'lishi bilan birga, mohiyatning o‘zi ham ziddiyatlidir. Dialektika buyumlaming mohiyatidagi shu ziddiyatlami o‘rganadi. Mohiyat va hodisa bog‘lanishlarini har tomonlama о‘rganish fan va amaliyotda ham muhim o‘rin tutadi. Bunda hodisani mohiyatdan ajrata bilish muhim ahamiyatga ega. Mohiyatni hodisadan ajrata bilmaslik, nazariya va amaliyotda jiddiy xatolarga olib keladi.