i) Imkoniyat va voqelik. Imkoniyat va voqelik narsa va hodisalarning o'zgarishi, rivojlanishi jarayonidagi ikki davrni, holatni, ularning o'zaro munosabatini ifodalovchi kategoriyalardir. Voqelik — hozir real mavjud bo‘lib turgan narsa va hodisalardir. Lekin, bu hodisalar rivojlanish jarayonida hozirgi holatda bo'lmay, balki dastlab imkoniyat holatida bo'lib, ular o‘zlarining ma’lum kelib chiqish davriga, vaqtiga, tarixiga ega. Voqelik paydo bo'lishidan oldin imkoniyat shaklida mavjud bo'ladi. Imkoniyat — bu voqelikning kurtak holdagi ko‘rinishidir, u yuzaga chiqmagan voqelikdir. Shu bilan birga, imkoniyat voqelikni keltirib chiqaravchi, rivojlanishning obyektiv va subyektiv shartsharoitlari tarzida ham namoyon bo'ladi. Ya’ni, imkoniyat obyektiv qonuniyatlardan kelib chiqadi, lekin ular turli subyektlar tomonidan yaratilishi ham mumkin.
Rivojlanish — progressdan iborat o‘zgarish bo‘lib, keng ma’noda quyidan yuqoriga, oddiydan murakkabga qarab ilgarilab boruvchi harakatdir.
a) Miqdor va sifat o'zgarishlari birligi. Bizni qurshab turgan narsa va hodisalarni o'rganar ekanmiz, ularni bir-biridan farq qildiruvchi narsalar: sifat, miqdor va m e’yor ekanini ko'ramiz. Sifat deb, narsa va hodisalarga nisbiy barqarorlik bag‘ishlaydigan, ularning ichki muayyanligini ta’minlaydigan, bir narsa va hodisani ikkinchi narsa va llodisadan farq qildiradigan barcha muhim belgi va xususiyatlar birligiga aytiladi.
Har bir narsa va hodisa muayyan miqdor va sifat birligidan iborat me’yorga ham ega bo'ladi. Me’yor — narsa va hodisalarning miqdor va sifat birligini qamrab oluvchi chegaradir. Boshqaeha qilib aytganda, sifat bilan miqdoming birligi me’yor deyiladi. Me’yor — narsa va hodisalarning shunday muayyanligiki, uning buzilishi narsa yoki hodisa sifati o'zgarishiga, boshqa sifatga o'tishiga, ya’ni boshqa narsa va hodisaga aylanishiga olib keladi.
b) Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi. Borliqdagi har bir narsa yoki hodisa qarama-qarshi tomonlaming birligidan iborat bo'ladi. Ana shu bir-birini taqozo etuvchi va o'zaro bir-birini inkor qiluvchi tomonlar o'rtasidagi munosabat ziddiyat deb ataladi. Xuddi shu ziddiyat, qarama-qarshi tomonlar o‘rtasidagi kurash, rivojlanishning sababi, uning manbayi hisoblanadi. Buni tushunib olish uchun ,,ayniyat“, „tafovut", „ziddiyat", „qarama-qarshilik" kabi tushunchalarning o'zaro munosabatlarini bilish lozim.
Narsa va hodisalardagi o'zaro o'xshash tomonlar birligi ayniyat deyiladi. Ayniylik — narsa va hodisalarning tomonlari va xususiyatlarining birga mayjudligini ifodalaydi. Har bir narsa yoki hodisada ayniylik bilan birga tafovut ham mavjud bo'ladi. Tafovut — narsa va hodisalar tomonlarining har birining farq qiluvchi jihatlarining ifodalanishidir. Tafovutlarning rivojlanishi ziddiyatning kelib chiqishiga olib keladi. Tafovutlar o'rtasidagi ziddiyatlar kuchayib qara rna-qarshili klarga ay la nad i.
Hozirgi davrda murosa (konsensus) usuli jamiyat taraqqiyotida muhim rol o'ynamoqda. Ayniqsa, uzoq muddatlar davomida birbiriga qarama-qarshi bo'lib kelgan davlatlar, jamiyatdagi qaramaqarshi tomonlar, kuchlar, ijtimoiy guruhlar, harakatlar va partiyalar o'rtasidagi ziddiyatlarni jamiyatning umumiy manfaatlaridan kelib chiqib hal qilishda bu usul juda qo'l kelmoqda.