Ijtimoiy gumanitar fanlar



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə13/96
tarix03.12.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#172218
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   96
Guliston davlat pedagogika instituti-fayllar.org

d) Butun va qism. Ma’lumki, borliqdagi har bir narsa, hodisa, jarayon bizning ko‘z oldimizda bir butun, yaxlitlik sifatida gavdalanadi, ular qismlardan, bo‘laklardan komponentlardan, elementlardan iboratligini ko‘ramiz. Bu qismlar bo‘laklar, komponentlar, elementlar o‘zaro muayyan qonuniyatlar orqali birikib, ma’lum tuzilishdagi bir butun narsani, hodisa yoki jarayonni tashkil qiladilar. Bu narsa va hodisalarning ma’lum bir guruhi o‘zaro birikib, biron-bir sistemani hosil qiiadi. Bu esa ma’lum strukturaga ega bo‘lib, muayyan elementlardan iborat bo'ladi. Bundagi butun, qism, sistema, struktura, elementlar o‘zaro dialektik birlikda, bog‘Ianish va aloqadorlikda mavjud bo'ladi.
Butun — o‘zaro dialektik aloqadorlikda boMgan qismlar, boiaklar, tomonlar, elementlar, komponentlarning uzviy birligidan iborat bo‘lgan alohida narsa, hodisa, jarayondir, Masalan, bizni o'rab turgan olam bir butundir. Qism esa, shu butunni tashkil qilgan uning tarkibidagi ma’lum boiak, komponent, elementdir. Masalan, bir butun olamning bir qismi tabiatdir.
e) Sistema, struktura va element. Borliqdagi narsa va hodisalar sistema, struktura va element aloqadorligiga ham ega bo'ladi. Chunki ular ma’lum sistemalar tarzida mavjud boiib, o‘z tuzilishi va tarkibiga ko'ra, muayyan strukturaga ega hamda qator elementlardan tashkil topgan bo'ladi. Sistema — borliqdagi o‘zaro bog'liq, muayyan tartibdagi birbiriga ta’sir va aks ta’sir qilib turuvchi narsalar, hodisalar va jarayonlarning qonuniyatli birligidir. Struktura esa shu sistemani tashkil etgan narsalar, hodisalar va jarayonlarning tartibi, tuzilishi, tarkibi, joylashishi va ifodalanishidir. Struktura har bir narsa yoki hodisaning, har bir sistemaning ajralmas tub xususiyati bo'lib, u muayyan elementlardan tashkil topadi. Element sistema strukturasini tashkil qilgan nisbiy mustaqillikka ega bo'lgan tuzilmadir. Har bir sistema o‘z strukturasiga ko‘ra, bir qancha o'zaro chambarchas bog'liq va aloqadorlikda bo'lgan elementlardan iborat bo'ladi.
f) Mazmun va shakl. Mazmun va shakl ham kishilarning borliqni bilishida katta rol o'ynaydi. Mazmun — narsa yoki hodisani aynan shu narsa yoki shu hodisa sifatida ifodalovchi jarayonlar, muhim elementlar o‘zgarishlarining majmuyidan iborat. Shakl — mazmunning mavjudlik usulini, uning strukturasini, ya’ni tuzilishini ifodalovchi, narsa va hodisalarning ichki va tashqi tomonlarining birligidan iborat. Mazmunni tashkil etuvehi xususiyatlar, ziddiyatlar, elementlar shaklsiz ifodalanmaganidek, ularning mavjudlik usuli, strukturasi, tuzilishi ham mazmunsiz namoyon bo‘la olmaydi. Demak, mazmun va shakl muayyan bir narsa yoki hodisaning bir-biri bilan dialektik aloqador bo‘lgan ikki tomonidir.

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin