Ijtimoiy gumanitar fanlar


Tushunchaning mohiyati va uning ifodalanishi



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə28/96
tarix03.12.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#172218
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   96
Guliston davlat pedagogika instituti-fayllar.org

Tushunchaning mohiyati va uning ifodalanishi
Buyumlarning umumiy, muhim belgilarini inson ongida aks ettiruvchi tafakur shakliga tushuncha deb ataladi. Tushuncha borliqning odam tafakkurida in’ikos etishining shakllaridan biridir. Uning yordamida hodisalar, jarayonlarning mohiyati bilib olinadi, ularning umumiy va muhim tomonlari, belgilari umumlashtiriladi. Tushuncha tarixan rivojlanuvchi bilim mahsuli, bu bilim quyidan yuqoriga ko‘tarilib borib, amaliyot asosida qo‘lga kiritilgan natijalarni mazmunan chuqurroq tushunchalarda yakunlaydi. Eski tushunchalarni mukammallashtiradi, konkretlashtiradi va yangisini shakllantiradi". Tushunchalar uzul-kesil, absolyut bo‘lmasdan, rivojlanish, o‘zgarish holatida bo‘lib, voqelikni aks ettirib, taraqqiy qilib boradi. Tushunchaning mohiyatini chuqurroq tushunish uchun buyumlarning belgilarini va ularning turlarini bilish zarur. Begilar deb buyumlarning bir-biriga o‘xshashligi yoki bir-biridan farq qiladigan tomonlari va xususiyatlariga aytiladi.
Buyumlarning belgilari cheksiz, shu bilan birga turli- tumandir. Ularning ba’zilari faqat bir bo‘lishga. xos bo‘lib, yakkalikni ifodalaydi, boshqalari buyumlarning muayyan guruhiga xos bo‘lib, ularning umumiyligini bildiradi. Masalan, har bir odam ma’lum belgiga, ya’ni yuz tuzilishi, yurishi, gapirishi, qaddi-qomati va hokazo konkret odamga xos bo‘lib boshqa odamlardan farqini ajratib turadi. Boshqa belgisi, kasbi, millati, ijtimoiy ahvoli kabilar umumiy xarakterga ega bo‘lib, ko‘pchilikka xos belgilardir. shuningdek, buyumlarning muhim va muhim bo‘lmagan belgilarini aniqlash ham zarurdir.
Buyumlarning ma’lum nisbatdagi tub xususiyatlarini, ichki tabiatini, mohiyatini ifodalovchi belgi muhim belgi deb ataladi.
Buyumning tub mohiyatini, xususiyatini ichki tabiatini ifodalamaydigan belgilari muhim bo‘lmagan belgilar deb ataladi. Logika fani narsalarning tushunchalarda aks etgan muhim belgilarini o‘rganadi. Muhim belgilar tushunchalar shakllanishida hal qiluvchi rolni o‘ynaydi.
Tushunchalar buyumlarning belgilarini aks ettirib, bunga umumiy, muhim belgilar kiradi. Masalan, insonning mehnat qurollarini yaratish kabi umumiy belgisi muhim, belgisidir. Tushuncha narsalarning muhim belgilarini aks ettirib, hissiy bilish shakllaridan farq qiladi. Shunday qilib, logika. buyumlarning tushunchalarda aks etgan muhim belgilarini o‘rganadi.

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin