Ijtimoiy gumanitar fanlar



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə27/96
tarix03.12.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#172218
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   96
Guliston davlat pedagogika instituti-fayllar.org

Yetarli asos qonuni
Chin fikrlashning aniq muayyan, izchil, ziddiyatsiz bo‘lishligi yuqorida ko‘rib o‘tilgan mantiqiy qonunlarda ifodalangan bo‘lsa, uning isbotli, ishonarli bo‘lishlik xususiyati yetarli asos qonuni deb nomlangan mantiqiy qonunda o‘z ifodasini topgandir.
Bu qonunning talabi bo‘yicha tafakkur jarayonida har bir chin fikr yetarli asosga ega bo‘lmog‘i zarur, ya’ni har bir fikr, mulohaza, muhokamaning chinligi boshqa chinligi isbotlangan fikr yordami bilan asoslanib berilmog‘i kerak.
Bu yerda gap fikrning mantiqiy jihatdan asoslanib berilishida, uning mantiqiy isbotga ega bo‘lishi haqida boradi, chunki mantiqan boshqa bir fikrdan keltirib chiqarilmagan, u bilan isbotlab berilmagan fikrni umuman chin deb atash, mantiqli deb xarakterlash noto‘gridir. Demak, yetarli asos qonunida mantiqli tafakkurning eng muhim hislatlaridan bo‘lmish fikrlarning umumiy izchillik, qator fikrlarning birin- ketin ma’lum va muayyan tartibda bog‘lanib kelishi xususiyati-mantiqiy jarayonning bunday muhim qonuniyati o‘zining yaxlit ifodasi topadi.
Yetarli asos qonuni albatta oldingi ko‘rib o‘tilgan qonunlarning amal qilinishini nazarda tutadi, aniq bo‘lgan, muayyan mazmun va hajmga ega bo‘lgan tushunchalarni o‘z ichiga oluvchi o‘zaro zid bo‘lmagan hukmlarning birin- ketin ichki uzviy bog‘lanib kelishi- faqat shu tartibda va usulda tashkil topgan fikrlar tizmasigina mantiqiy mulohazani, muhokamani, fikrlar tizmasini tashkil etadi.
Demak, yetarli asos qonuni avvalgi o‘tilgan mantiqiy qonunlarga so‘zsiz amal qilishni nazarda tutadi.
Albatta, bayon etiladigan fikrni turli yo‘l bilan isbotlab berish mumkin. Masalan, bahor keldi, daryo ko‘pirib oqmoqda, samolyot uchmoqda, xonada ikki deraza bor kabi hukmlar maxsus isbot talab etmaydi, ularni oddiy ko‘rsatish bilan ifodalash yetarlidir. Ular mantiqiy asosni, isbotni talab etmaydi, ularni oddiy kuzatish, ko‘z bilan ko‘rish orqali ishonch hosil etish mumkin.
Suv sovuq; metal zlektr tokini o‘tkazadi; suyuqlik issiqdan kengayadi; Ahmad kasal; Nodir arab tilini biladi kabi hukmlarning chinligi bevosita tajribada sinab ko‘rilib, eksperiment yordamda isbotlanib, asoslanib beriladi.
Lekin fanda, insonning kundalik tafakkuri tajribasida juda ko‘p uchraydigai fikrlar mavjudki, ularning chinligi avvaldan isbotlangan boshqa bir fikr bilan isbotlanadi.
Masalan: Temir elektr tokini o‘tkazadi, chunki temir metalldir. Har bir metall elektr tokini o‘tkazadi.
Temirning elektr tokini o‘tkazishini eksperiment bilan isbotlash ham mumkin, mantiqiy yo‘l bilan, ya’ni boshqa chin hukm yordamida- «hamma metallarning elektr tokini o‘tkazish» haqidaga fikr yordamida isbotlash ham mumkin.
Demak, biz hayotda o‘z fikrimizni har doim ham dalillarga murojaat etish yoki har safar tajriba o‘tkazish bilan isbotlayvermaymiz va bundan tashqari faktlarga bevosita murojaat qilish hamma vaqt ham mumkin bo‘lavermaydi. Chunonchi organik hayotning bundan bir yarim, ikki milliard yil ilgari paydo bo‘lganligi to‘g‘risidagi fikrniig chinligini tasdiqlamoq uchun hayotning yuzaga . kelishidagi eng birinchi faktni ko‘rsatish mumkin emas.
Shuningdek, fikrning chinligini tasdiqlamoq uchun har safar bevosita faktni ko‘rsata berishga hech qanday zaruriyat ham yo‘q. Insonning tabiat qonunlarini bilishdan maqsadi tajribada uchragan har bir ayrim voqeaga ko‘r-ko‘rona osilib olishdan iborat emasdir.
Taqqoslash yordamida buyumlar o‘zaro solishtirilib, ularning o‘xshash, umumiy tomonlari va bir- biridan farq qiluvchi o‘ziga xos belgilari aniqlanadi.
Taqqoslash analizni taqazo etadi. Binobarin, buyumlarni yaxlit holda taqqoslab bo‘lmaydi. Shuning uchun belgilarga ko‘ra fikrdan ajratishimiz zarur. Analiz yordamida buyum, qism, tomonlar fikrdan ajratilib, har qaysisi alohida o‘rganiladi.

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin