Ushbu lingvistik tahlil metodi til va jamiyatning o‘zaro aloqadorlik tamoyilini asoslash, tilning ijtimoiy tabiatini yoritish, ijtimoiy omillarning til rivojiga ta’sirini o‘rganish, tilni ijtimoiy o‘rganishda uning funksiyalari va ularning kengayishini tahlil qilish, til birliklarining ijtimoiy shartlanganlik holatini yoritish, til sistemasining taraqqiy etishida ijtimoiy omillarning o‘rnini aniqlash masalalarini o‘rganishda qo‘llaniladi. Masalan, tilshunos olima B.Y. Qo‘shoqova ushbu tahlil metodidan asosan ijtimoiy omillarning til rivojiga ta’sirini aniqlash, til sistemasi, xususan, leksik sathning taraqqiy etishida ushbu omillarning o‘rnini yoritib berishda foydalangan. Ijtimoiy tilshunoslikning o‘z metodlari va ularni qo‘llash vositalari mavjud. Ijtimoiy tilshunoslik metodlariga (tashqi) kuzatish, qo‘shilib kuzatish, so‘rov metodlari, intervyu, anketa va test metodlari kiradi. To‘gri, ularning aksariyati sotsiologiya fanida qo‘llaniladigan usullarga yakin, lekin fanning predmetidagi o‘ziga xoslikni hisobga olgan xolda ularni ishlatish yullari va ma’lumotlarni ilmiy jixatdan tahlil qilishda farklar mavjud.