Til ijtimoiy funksiyalarini ta’riflash va tasniflash.
Ko‘p qirrali va murakkab hodisa sifatida tilning ijtimoiy funksiyalariga nisbatan qiziqish yo‘qolmagan, aksincha, bu muammo XXІ asr boshlari tilshunosligida o‘ziga xos o‘rin tutadi. Tilshunos olimlar tilning ijtimoiy funksiyalarini, shu bilan birga ularning jamiyatda harakatlanishini o‘rganish bilan bog‘liq muammolarni tadqiq qilmoqdalar. Tilning rivojlanish darajasi o‘zi bajarayotgan funksiyalarning kengayishi, ya’ni ijtimoiy rivojlanish bilan uzviy bog‘liq. Jamiyat ko‘p tarmoqlar, ko‘p sohalarni o‘z ichiga olgan va ulardagi ijtimoiy hayotda til asosiy aloqa vositasi sifatida ishlatilishi va shu bilan birga jamiyatdagi hamma o‘zgarishlar unda aks etishi barobarida jamiyat rivojlanishi, takomillashishi, uning imkoniyatlari kengayishi tilning ijtimoiy funksiyalari rivojlanishiga olib keladi. Demak, tilning ijtimoiy rivojlanishini, ijtimoiy mavqei oshganligini va muloqot vositasi sifatida butun bir jamiyat tomonidan foydalanilayotganligini uning ijtimoiy funksiyalari kengayishida ko‘rishimiz mumkin. Tilning ijtimoiy funksiyalari deganda uning ijtimoiy hayotning ma’lum bir sohasida bajaradigan roli tushuniladi. Muloqot vositasi va fikrlar almashinuvi uchun xizmat qiluvchi tilga ijtimoiy hodisa sifatida qarash va uning ijtimoiy funksiyalarini o‘rganish nazariy va amaliy jihatdan katta ahamiyat kasb etadi. Funksional tavsif tillarning ijtimoiy funksiyalari aloqasini aniqlaydi, tilning funksional bo‘linishi uning ichki tarkibiy rivojlanishiga, uning jamiyat hayotidagi roliga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Tilga funksional yondashuvning ahamiyati shundaki, ilmiy asoslangan tahlil turli ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-maishiy sohalarda til qo‘llanilishi xususiyatlarini ochib berishga xizmat qiladi.
Tilga oid tadqiqotlarga funksional yondashuv til jamiyat rivojlanishi va tillarning o‘zaro aloqa qonuniyatlarining ijtimoiy shartlanganligining asosiy aniqlovchisiekanligini ko‘rsatadi. Tilning jamiyatdagi funksiyalari ko‘p qirrali bo‘lib, tilshunoslar ularni turlicha tasniflaydi. Masalan, YU.S. Stepanov o‘z ilmiy qarashlariga asosan quyidagi funksiyalarni ajratadi: kommunikativ funksiya, voqelikni aks ettiruvchi funksiya, nominativ funksiya, estetik funksiya, magik (ishonchlar, diniy marosimlar) funksiyasi, emotsional-ekspressiv funksiya, apelyativ funksiya. Tasniflangan funksiyalar ichida muallif kommunikativ funksiyani nisbatan asosiy funksiya deb qaraydi. Taniqli sotsiolingvist YU.D. Desheriev tilning funksiyalarini quyidagilarga ajratadi: kommunikativ funksiya, ijtimoiy funksiya, ekspressiv funksiya, estetik funksiya, gnoseologik funksiya. Tilshunos E.S. Kubryakova til funksiyalarini sakkiztaga bo‘linishini ta’kidlaydi: kommunikativ funksiya, aks ettiruvchi funksiya, bilishga yo‘naltirilgan funksiya, informativ funksiya, fatik funksiya, nominativ funksiya, ekspressiv funksiya, apelyativ funksiya. E.S.Kubryakova tasnifida til funksiyalarining yuqoridagi YU.D.Desheriev tasnifiga qo‘shimcha ravishda informativ va fatik funksiyalarni kiritganini ko‘rishimiz mumkin. T.V. Jerebilo tilning quyidagi funksiyalarini sanab, ta’rif berib o‘tadi: ontologik, kommunikativ, akkumulyativ, ijtimoiy, ta’sir etish, ajratuvchi, informativ, kognitiv, umumlashtiruvchi, kommunikativ, aloqa o‘rnatish, magik, metatil, to‘liqsiz, nominativ, birlashtiruvchi, aks ettiruvchi, parallel, perseptiv, poetik, pragmatik, ekspressiv, regulyativ, simvolik, emotiv, estetik va etnomadaniy funksiyalar.