R.O.YAkobson tasnifiga ko‘ra esa tilning oltita funksiyasi qayd etiladi: emotiv funksiya (jo‘natuvchiga mo‘ljallanish, uning emotsiyalarini uzatish); kognitiv funksiya (adresatga mo‘ljallanish, unda muayyan holat uyg‘onishiga intilish); poetik funksiya (axborot shakli uchun); metatil funksiyasi (til sistemasi uchun); fatik funksiya (muloqot uchun); referentiv funksiya (voqelik uchun). YUqorida keltirilgan til funksiyalari tasniflarini qiyosiy tahlil qilsak, tilga kommunikativ funksiya, nominativ funksiya, estetik funksiya, magik funksiya, emotsional-ekspressiv funksiya, apelyativ funksiya, ijtimoiy funksiya, gnoseologik (kognitiv) funksiya, informativ funksiya, fatik funksiya, metatil funksiyasi, referentiv funksiyalar xosligining guvohi bo‘lamiz. Til funksiyalarining har biri o‘z pragmatik, sotsial va madaniy tabiatiga ega bo‘lib, mana shunday xususiyatlari bilan tilning o‘z vazifalarini bajarishiga imkon yaratadi. Bunday funksiyalar til egalari muvaffaqiyatli muloqotga kirishishida o‘z pragmatik maqsadlarini erkin va ravon ifoda etishida, til birliklarini o‘z kontekstida o‘rinli qo‘llay olishida, nutqning ta’sirchanligini oshirishda namoyon bo‘ladi.