Ijtimoiy gumanitar fanlar


Formal mantiqning predmeti



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə24/96
tarix03.12.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#172218
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   96
Guliston davlat pedagogika instituti-fayllar.org

Formal mantiqning predmeti. Har bir fan kabi mantiq ham o‘zining o‘rganadigan ob’ekti va predmetiga ega. Tafakkur mantiq fanining o‘rganish ob’ektidir. Tafakkurni mantiq fanidan tashqari falsafa, fiziologiya, psixologiya, dialektika, kibernetika kabi fanlar ham o‘rganadi. Grammatika mantiq faniga yaqin bo‘lib, fikrni aniq va bexato ifodalashga yordam beradi. Tushuncha va hukmlarning ifodalanish strukturasini aniqlashda ham grammatikaning roli katta. Falsafa tafakkurni moddiylik va ideallikning o‘zaro aloqadorligi nuqtai nazaridan o‘rganadi. Psixologiya tafakkurni ruxiy jarayonlar bilan bog‘liq xolda tadqiq etadi. Yuqorida tilga olingan fanlarning har biri tafakkurga o‘z nuqtai nazaridan yondashadi, uning turli qirralarini ochib beradi.
Mantiqning asosiy qonunlari. Ma’lumki, har bir dunyoviy fanlarning o‘ziga xos qonunlari bo‘lib, ular voqelikni o‘rganishda katta yordam beradi. Masalan, tabiat sohasiga oid qonunlar tabiatshunoslik fanlari - fizika, ximiya, biologiyaga tegishli bilimlarni, jamiyatga oid qonunlarga esa, jamiyatshunoslik fanlari - tarix, siyosatshunoslik, falsafaga oid bilimlarni keltirib chiqaradi.
Qonun tushunchasi, jumladan, mantiqiy qonun tushunchasi nimani ifodalaydi? Qonun narsa va hodisalar o‘rtasidagi ob’ektiv, takrorlanib turuvchi muhim, zaruriy, umumiy, qat’iy va barqaror munosabatlarni va bog‘lanishlarni ifodalaydi.
Tafakkur qonunlari esa, fikrlar o‘rtasidagi eng umumiy, zaruriy, barqaror takrorlanuvchi bog‘lanishlarni ifodalaydi. Tafakkur qonunlaridagi o‘ziga xos xususiyat nimada? Tafakkur qonunlari ham kishilarning fikrlarida mavjud bo‘lgan zaruriy, ob’ektiv bog‘lanishlardan bahs yuritadi. Mazkur qonunlarning zaruriy va ob’ektivligi shundaki, kishilar ularni chuqur bilib olib o‘z ommaviy faoliyatlarida foydalanmasalar, ularning hayotidagi o‘rinlari nomukammal bo‘ladi.
Ayniyat qonuni
Ayniyat qonuni mantiqiy tafakkurning eng muhim hislatlaridan bo‘lgan har bir fikr, muhokama aniq, ravshan bo‘lishini o‘zida ifodalaydi. Shuning uchun ham fikrlar hamma vaqt to‘g‘ri bo‘lishi, barcha kishilarga tushunarli darajada ifoda etilishi zarur. Chunki, muayyan buyumlar haqidagi fikrlar ayni shu muayyan fikrlar to‘g‘risida bo‘lishlari, boshqa buyumlar haqidagi fikrlar ham o‘zga fikrlar kabi qabul qilinishi tafakkurga qo‘yiladigan talablardan biridir. Ayniyat qonuni ana shu mezoniylikni ta’minlaydi.
Demak, ayniyat qonuni muayyan buyum to‘g‘risida ifodalangan fikr muhokama davomida o‘zgarmasdan, ayni shu buyum to‘g‘risida bo‘lishi lozimligini talab qiladigan qonundir.
Ma’lumki, tevarak atrofimizdagi tabiat, jamiyatda mavjud bo‘lgan predmet, hodisalarning hammasi o‘zgarishda, rivojlanishda, yangilanishdagi har bir predmet, hodisa voqea sifatida boshqalardan farq qilib, o‘z konkret mazmuni, tuzilishi va shaklga (rangi, hajmi, qat’iyat ovozi va boshqalarga) ega bo‘ladi. Shu xususiyati tufayli u boshqa predmet, hodisalar bilan munosabatga kirish imkoniga ega bo‘ladi.
Har bir predmet, hodisalar ma’lum davr ichida shunday o‘z aniqligiga ega bo‘lgani uchun ham inson daraxtdan suvni, suvni planetadan, planetani yulduzdan farq qiladi. Shu aniqlik o‘z navbatida aynan uzumni anor bilan, paxtani g‘alla bilan, Ahmadni Abdulla bilan aralashtirib yubormaslik imkonini beradi. Har bir terak, ma’lum davr ichida o‘sib, so‘ng chirib, yo‘qolib, tuproqqa aylanib ketadi. Lekin shu qisqa davr ichida u o‘zining ma’lum konkret mazmuni va xususiyatini saqlab terak bo‘lib qoldi.
Binobarin, ayniyat qonunining talabi - fikrlari bir vaqtning o‘zida bir xil belgilarga ko‘ra bir - biriga teng bo‘lishi zarur.
Tabiat va jamiyatdagi narsalar to‘xtovsiz rivojlanib tursada, u ma’lum davr ichida o‘z sifat muayyanligini, doimiyligini saqlab qolganidek, bizning narsa va hodisalar to‘g‘risidagi fikrlarimiz, bilimlarimiz ham to‘xtovsiz boyib boraveradi. Lekin, ular bir - birlari bilan aralashib qo‘shilib ketmasdan o‘z muayyan mazmunini saqlab qoladi.
Ayniyat qonuniga binoan ma’lum muhokama, bahs, munozarada har bir fikr aynan bir ma’noda ishlatilmog‘i lozim. Bu qonunga ko‘ra, har bir narsaning sifati ma’lum vaqtlardagina ma’noga ega bo‘ladi. O‘zga vaqtlarda esa, ana shunday fikrni saqlab qolishi buyumning muayyanligini to‘la izohlab bermasligi mumkin.
Masalan, ba’zi qabul qilinadigan qonunlar vaqt o‘tishi bilan eskirib, o‘z o‘rnini yangi davr talablariga muvofiq qoladigan qonunlarga bo‘shatib beradi. Masalan, sobiq SSSR mavjud bo‘lgan davrlarda mazkur davlat qurilmasi tomonidan qabul etilgan qonunlar uning barcha hududlarida ustuvor edi. SSSR tugatilgach, uning qonunlari ham o‘z kuchini yo‘qotdi. Mustaqil O‘zbekistonda hozirgi davrda mustaqil davlatning o‘z huquqiy qonunlari mavjud.
Ayniyat qonuni qayd etadigan fikrlar boshqa sohalarning (jamiyat, tabiat) ham qonunlariga dahldor, hatto I.Nyutonning mashhur butun olamning tortilishi qonuni ham o‘zgarmas qonun bo‘lolmaydi. Birinchidan, mazkur qonun Quyosh tizimi doirasidagina muayyan ma’noga ega. Ana shu tizim tashqarisida K.Nyutonning emas, balki A.Eynshteynning shu nomdagi qonuni harakat qiladi. Ikkinchidan, Quyosh tizimining 15 milliard yil avvalo paydo bo‘lganini inobatga olsak, I.Nyutonning mazkur qonuni tarixiy o‘zgaruvchan qonun ekanligini e’tirof etgan bo‘lamiz.
Bu o‘rinda ikki nuqtaga e’tiborni tortish lozim. Birinchidan, bizning olam va uning qonunlari to‘g‘risidagi tasavvurlarimiz ham kengayib boradi. Natijada har bir kuzatishga qonuniyat ham nisbatlashadi, ya’ni uning harakat doirasi ma’lum chegaralardagina bo‘lishi mumkin. Ikkinchidan, moddiy olam o‘zgarishi tufayli qonunlarning ta’sir doirasi ham rivojlanib boradi.
Ma’lumki, har bir tilda turli ma’noda ishlatiladigan bir xil so‘zlar,yoki bir xil ma’noli turli so‘zlar bilan ifodalash hollari ko‘p uchraydi. Masalan, «uch» so‘zi raqamni («3») ham , predmetning uchinchi (boshlanishi, ya’ni qalamning uchi) ifodalaydi. Suhbatda yoki muhokamada «uch» so‘zini ham raqam ma’nosida, ham ikkinchi ma’noda ishlatish chalkashliklarga olib kelishi muqarrardir. Yoki «yoz» so‘zini olib ko‘raylik. U uch xil ma’noda ishlatilishi mumkin. 1) Yilning ma’lum fasli - yoz fasli; 2) xat yozish, kitob yozish, 3) qanot yozmoq, barg yozmoq.
Grammatikada turli tushunchalarni ifodalovchi bunday bir xil so‘zlar omonimlar deb aytiladi. Bunday omonim so‘zlarni muhokamada ishlatish ba’zan kulgili hollarga olib keladi.
Masalan: Mol - uy hayvoni
Magazinga mol keldi.
Magazinga uy hayvoni keldi.
Bu muhokamada kulgili, be’mani xulosada «mol» so‘zi ikki xil ma’noda ishlatilmoqda, birinchi asosda «mol» uy hayvoni tushunchasini, ikkinchi asosda «mol» savdo - sotiq narsalari mato tushunchasini ifodalaydi. Shuning uchun ham xulosa har tomonlama noto‘g‘ri bo‘lib qolgan. Turli tushunchalarni bunday aynan qilib qo‘yish, ya’ni mazkur muhokama jarayonida bir tushuncha o‘rniga ikkinchi tushunchani almashtirib yuborish ayniyat qonunining buzilishiga olib keldi va uni «Tushunchani o‘zgartirib qo‘yish» deyiladi. Muhokama jarayonida tushunchani o‘zgartirib qo‘yish bu muhokama ob’ektini o‘zgartirib yuborishdir. Ya’ni, bir predmet ustida fikr yurita boshlab, ikkinchi tomon boshqa predmet haqidagi fikrga o‘tib ketishdir. Muhokama predmetini o‘zgartirib yuborish, ya’ni «tushunchani o‘zgartirib qo‘yish» ixtiyorsiz, ya’ni ongsiz ravishda yoki ataylab ma’lum maqsad uchun ongli ravishda amalga oshirilishi mumkin.

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin