Ijtimoiy gumanitar fanlar


Dinning paydo bo‘lishi haqidagi ta’limotlar va diniy tasavvurlarning dastlabki shakllari



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə54/96
tarix03.12.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#172218
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   96
Guliston davlat pedagogika instituti-fayllar.org

Dinning paydo bo‘lishi haqidagi ta’limotlar va diniy tasavvurlarning dastlabki shakllari.
“Inson qachondan beri Xudoga ishonib keladi?”, “Din qachon paydo bo‘lgan?” kabi savollar doimo olimlarni qiziqtirib, o‘ylantirib kelgan. Mazkur izlanishlar necha asrlardan beri davom etib kelayotgan bo‘lsa-da, hanuz bu borada aniq bir to‘xtamga kelinmagan. Umumiy ma’noda, bugungi kunda fanda dinlarning shakllanishi tarixiga oid ikki xil qarash mavjud.
Birinchi qarash asosida diniy ta’limot yotadi. Unga ko‘ra, dinning paydo bo‘lishi bevosita insoniyatning yaratilishi bilan bog‘liq. Xudo ilk insonlarni yaratishi bilan ularga O‘zini tanitdi, natijada inson dinga e’tiqod qila boshladi. Vaqt o‘tishi bilan xudo insonlarga o‘z elchilarini – payg‘ambarlarini va ular orqali muqaddas kitoblarni yubordi, deb talqin qilinadi.
Ikkinchi qarash tarafdorlari fikricha, dinlar soddadan – murakkabga, umumiylikdan – xususiylikka, ko‘pxudolikdan – yakkaxudolikka tomon uzoq tarixiy evolutsion jarayonni bosib o‘tgan. Mazkur qarash tarafdorlari dinlarning yuzaga kelishi va shakllanishi natijasida animizm, totemizm, fetishizm, sehrgarlik va shamanizm kabi bosqichlarda yuzaga kelganini ta’kidlaydi.
Kishilik jamiyatida din doimo u bilan birga bolganm i yoki qandaydir davrda jamiyat dinsiz yashaganmi, degan savolga turli fikrlar bildirilgan. Bu — dinning tarixiyligi masalasi bo‘lib, unga ikki xil javob berganlar. Birinchisi, qandaydir muddat insoniyat dinsiz yashagan va jamiyatning muayyan bosqichida — yuqori paleolit davrida, bundan 20— 40 ming yil avval din paydo bo‘lgan. Ikkinchisi, dinning kelib chiqishi insoniyatning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq, degan fikrdir.
Dinning ilk shakllari sifatida totemizm, animizm, fetishizm, shomonlik, sehrgarlik olinadi.
Animizm dunyoni ruhlar boshqarishiga, tabiat kuchlarining jonliligiga ishonch va ularni ilohiylashtirish, hayvonot, o‘simlik va jonsiz jismlarda ruh, ong va g‘ayritabiiy qudrat bor, deb tasavvur etishdir. Animizm zamonaviy dinlarning asosiy aqidaviy qismini tashkil etadi. Jumladan, dunyo dinlarining deyarli barchasida ruhlar haqidagi ta’limot mavjud. Tabiat hodisalari, osmon jismlari, tog‘lar, daryolar, adir va o‘rmon kabilarning joni borligiga ishonish animizmning mazmunini tashkil etadi.
Animizm (lotincha «anima» soV.idan olingan bo‘lib, «jon», «ruh» degan ma’nolarni anglatadi) — in son, tabiat jismlari va hodisalarining ruhi, joni bor deb e’tiqod qilish, ular bilan muloqot qilish, ularga ta’sir o‘tkazish mumkin, degan qarashlar bilan bog‘liq e’tiqod shakllaridan biri. Animizmda real moddiy obyektlar dunyosi ruhiy mavjudotlar dunyosi bilan to‘ldirilgan bo‘ladi. Ajdodlarning ruhlari, tirik kishilarning jonlari, tabiiyki kuchlarning jonlantirilishi — animistik timsollardir. Animizmda ruhlar tabiiy hodisalarni boshqaruvchilar hisoblanadi. Bu ruhlar ezgu yoki yovuz bo‘lishi mumkin. Markaziy Osiyoda marhumning joni «arvoh» deb atalgan. Arvohning bir xususiyati shundaki, u o‘likni tashlab uzoqqa ketmaydi, lekin u qabrdan tashqariga chiqadi, deb hisoblangan. Shuning uchun ham qadimgi zamonlarda arvoh uchun go‘rni teshib qo‘yganlar yoki mozor oldida arvoh uyi qurganlar. Arvoh hamma joyda — daraxtlarda, ariq va daryolarda, hovuz va xarobalarda yuradi. Shunga ko‘ra, kishilar o‘z boshlariga biror-bir mushkul ish tushsa, o‘sha yerlarga borib sig‘inganlar, pul tashlaganlar, arvohlardan madad so‘raganlar.
Totemizmning mohiyati “Odamlarning hayvonot yoki o‘simlikning muayyan turlariga qarindoshlik aloqalari bor”, deb e’tiqod qilishdir. Bu qarash tarafdorlariga ko‘ra, totemlar va odamlar orasidagi aloqalar uzoq o‘tmishga tegishli bo‘lib, uni qadimgi rivoyatlar tasdiqlaydi. Masalan, Avstraliya aborigenlari orasida kengurularning muqaddasligi, qadimgi turkiylar orasida kulrang bo‘ri, qirg‘izlarda shoxdor bug‘u, rimliklarda bo‘ri bilan qarindoshlik mavjudligi haqidagi tasavvurlar bunga yaqqol misol bo‘la oladi.
Totemizm — diniy tasavvurlarning eng qadimgi shakllaridan biri bo‘lib, hindular tilida «urug‘, kelib chiqish» m a’nolarini beradi. Uning mohiyati ishonuvchilarning o‘zlari bilan ayrim hayvonlar, o‘simliklar orasida g‘ayritabiiy aloqa, yaqinlik qon-qarindoshlik bor, deb faraz qilishlaridan iboratdir. Totemizmda urug‘-qabila, xususan, shu urug‘ har bir a’zosining hayoti va farovonligi ayni shu urug‘ning haqiqiy ajdodi hisoblangan totem — o‘simlik yoki hayvonga bog‘liq deb ishoniladi. Muqaddas joylarda saqlanadigan biror urug‘ ruhini ifodalovchi hayvon yoki o‘simlik sur’ati solingan tosh taxtachalar totem ruhlarining makoni sanaladi. Hayvon yoki o‘simlik shu urug‘ yoki qabila uchun totem, binobarin, muqaddas va homiy hisoblangan. Shuning uchun ham kishilar totemlardan yordam so‘raganlar, ularga sehr yordamida ta’sir qilishga uringanlar.
Totemizm bilan bog‘liq tasavvurlarning an’anaviy kompleksi — urug‘ning yangi tug‘ilgan a’zolariga, ya’ni tirik avlodlarga «роk уо‘l» bilan totemning o‘tib qolishiga ishonish, sehr jodu yo‘li bilan totemga ta’sir qilib, muayyan urug‘ yoki qabila hududida o‘sha xildagi hayvon yoki o‘simliklarni ko‘paytirish va ularning moddiy farovonligini ta’minlash, totem timsoli bo‘lgan narsaning halokati uning avlodini halokatga olib borishiga ishonishdan iborat bo‘lgan. Totemizm hozirgi dinlarda muayyan unsurlar sifatida mavjuddir. Masalan, hindlarda sigir, ilon, maymun, fil va boshqalar hnmon muqaddas hayvon sifatida e’zozlanadi.
Fetishizmning mohiyati – tabiatdagi jonsiz jismlarga sig‘inishdir. Unga ko‘ra, alohida buyumlarda kishini o‘z maqsadiga erishtirish, ma’lum voqea-hodisalarni o‘zgartirish qudrati mavjud. Fetishizm yog‘och, loy va boshqa materiallardan yasalgan buyumlarning paydo bo‘lishi bilan bir paytda shakllangan. Fetishizmning unsurlari – haykallar, suratlar, tumor, ko‘zmunchoq va turli ramzlarni ilohiylashtirish hozirgi davrda ham ayrim xalqlarning urf-odat va e’tiqodida saqlanib qolgan.
Fetishizm (portugalcha «fetisho», fransuzcha «fetish» so‘zlaridan olingan bo‘lib, «sehrli narsa» degan m a’noni anglatadi) — jonsiz narsalarni g‘ayritabiiy xususiyatga ega deb ishonish va ularga sig‘inish. Sig‘inish obyektlari, ya’ni fetishlar — tosh, tayoq, daraxt, um um an har qanday buyum bo‘lishi mumkin. Xullas, ishonuvchilar g‘ayritabiiy xususiyati bor deb faraz qilingan mod diy buyumlar fetish deb ataladi. Fetishizm tirik bo‘lmagan, jonsiz predmetlarga sig‘inishdir. Fetishizm sehrgarlikdan ko‘ra diniy tasavvurning ancha murakkabroq shaklidir. Bu murakkablik diniy tasavvur shakllangan makonlardagi odamlarning dastlab har xil buyumlardan, tog‘-toshlardan, daraxtlardan, keyinchalik esa tumor, but-sanam va hokazolardan ko‘mak olishga umid bog‘laganliklari bilan belgilanadi. G ‘arbiy Afrikadagi xalqlarda daraxtlar, toshlar va boshqa predmetlarga sig‘inish keng tarqalgan edi. Bu xalqlarda fetishlarni, ya’ni ilohiylashtirilgan predmetlarni hatto savalash, urish odati ham tarqalgan. Ular o‘zlari xohlagan narsalarni yuzaga keltirishlarini talab qilib fetishlarga mix qoqqanlar. Fetishizmning yana bir xususiyati shundaki, uning ko‘rinishlari boshqa dinlarning mushtarak unsuriga aylanib ketgan. Shuning uchun ham uning qoldiqlari o‘sha dinlarda yashab keladi.
Shamanizm animizm, totemizm va fetishizm natijasida yuzaga kelib, u orqali kishilar o‘z totemlari, otabobolarining ruhlari bilan xayolan bog‘lanishni amalga oshirib kelganlar. O‘tmishda ko‘proq ayollar shamanlik bilan shug‘ullanganlar. Shaman marosim oxirida bir holatga kelib hech narsani eshitmay, ko‘rmay qolar edi. Shuning uchun uning ruhlar dunyosi bilan muloqoti xuddi shu holatda amalga oshadi, deb hisoblanardi. Shamanizmning vujudga kelishi bilan diniy tasavvurlar taraqqiyoti tarixida birinchi marta insonlar insonga sig‘ina boshladilar.
Shomonlik «shomon» so‘zidan olingan bo‘lib, u tunguschada «o‘ta hayajonlangan», «jazavali kishi» degan ma’noni anglatadi. Keyinchalik bu so‘z rus tili orqali butun Sibirga, XVIII asrda esa, g‘arbiy yevropaliklar tiliga kirib kelgan va shu bilan u xalqaro ilmiy istilohga aylangan. Biroq bu degani barcha Sibir xalqlarida shomon bir xil nom bilan atalgan degani emas. Shomon masalan, Sibirning turkiy tillarda so‘zlashuvchi xalqlarida «кат» deb atalgan. Shomon — qabilaning ruhoniysi. Diniy tasavvurning bir shakli sifatida shomonlikka xos bo‘lgan umumiylik — shomonlarning alohida ilohiy qudratlariga ishonish. Shomonlik o‘z taraqqiyotida qator bosqichlardan o‘tgan. Uning eng dastlabki shakli Kamchatkada yashovchi itelman qabilasida shakllangan. Itelmanlarda haqiqiy professional shomon bo‘lmagan. Bu qabilaning har bir a’zosi shomonlik qilishi mumkin edi. Shuning uchun ham ularda dastlab xotinlar tomonidan, unda ham qariya xotinlar tomonidan amalga oshirilgan. Shomonlikdagi ikkinchi bosqich — urug‘ shomonligi edi. Bu davrda ham shomon hali professional bo‘lmasa-da, u urug‘ marosimlarini bajarishni amalga oshiruvchi hisoblanardi. Endi har bir urug‘ning o‘z shomoni bo‘lgan. Shomonlikdagi yuqori bosqich — professional shomonlarning paydo bolishi hisoblanadi. Endilikda shomonlik kasbga aylangan. Shomon shu kasbi orqali daromad topgan, hayot kechirgan. Endi u o‘ziga murojaat etgan har qanday odamning iltimosini bajarardi.
Sehrgarlik – odam, hayvon va tabiatga g‘ayritabiiy yo‘l bilan ta’sir o‘tkazish maqsadida bajariladigan marosimlar majmuasidir. Afsungarlik bilan maxsus kishilar – shamanlar shug‘ullanganlar. Sehrgarlik zamonaviy dinlarda va turli xalqlar urf-odatlarida saqlanib qolgan. Insoniyatning qadimiy hayot tarzi, qiyinchiliklari, muammolari, orzu-istaklari mifologik obrazlar va afsonalarda o‘z aksini topgan. Mavjud voqelik insonning ijodi bilan birga uning hayot tarzi, diniy qarashlari, urfodatlariga ham ta’sir ko‘rsatgan. Dehqonchilikning ehtiyojlari – hosilni uzoq vaqt sabrsizlik bilan kutish, aniq vaqtni hisoblash muhimligi, yil fasllarining sikllarini bilish – bularning hammasi dehqon qabilalarining osmon-u yerga, quyosh-u oyga, yomg‘ir-u shamolga qiziqishi paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Xudolar uchun ibodatxonalar tashkil etilib, ularga maxsus mutaxassis xizmatkorlar – kelajakdagi kohinlar xizmat qilgan. Ba’zi xudolarning ko‘rinishi hayvon, qush, baliqlarning boshi yoki tanasi shaklida bo‘lgan.

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin