Ijtimoiy-gumanitar fanlar



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/52
tarix02.01.2022
ölçüsü0,57 Mb.
#40316
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   52
falsafa fanidan korgazmali uslubiy qollanma

OLTINCHI  BO`LIM. 

 IJTIMOIY FALSAFA. 

1-mavzu. Jamiyat va inson  falsafasi  

 

Reja: 

1.  Jamiyat  tushunchasining  mohiyati  va  mazmuni.  Jamiyat  

to`g’risidagi nazariyalar. 

2.  Taraqqiyotning  o`zbek  modeli  va  sivilizatsiyalashgan  jamiyatni 

barpo etish hamda barkamol insonni shakllantirish vazifalari. 

3.  Inson  -  falsafaning  bosh  mavzusi.  Inson,  shaxs  va  individ  

tushunchalari. 

4.  Antropologiya  -  inson  to`g’risidagi  fan.  Uning  falsafiy 

muammolari. Insonning jamiyatdagi o`rni. 

 

 



"Jamiyat"  tushunchasi,    uning    mohiyati,    mavjudligi    va 

taraqqiyoti  qonunlari.  Jamiyat  -  insoniyatning  umumiy  oilasi.  Jamiyat 

mavjudligining  moddiy  va  ma`naviy  omillari.  Jamiyat  taraqqiyotining 

turli  xil  nazariyalari.  Jamiyat  rivojida  tadrijiylik  va  vorislik.  Jamiyat 

tarixi  va  taraqqiyotiga  sinfiy  qarash  hamda  ijtimoiy  ziddiyatlarni 

mutlaqlashtirishning zarari. 

Taraqqiyotning 

o`zbek 


modeli-jamiyat 

rivojining 

tadrijiy 

rivojlanish  konsepsiyasi.  Uning  asosiy  tamoyillari,  milliy  va  planetar 

ahamiyati,  iqtisod  va  ma`naviyat.  Iqtisodiy  rivojlanishning  ma`naviy 

taraqqiyotga bog’liqligi. Zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqarishga 

joriy etish vazifalari. Iqtisodni boshqarish  va mafkuraviy jarayonlar. 

Jamiyat falsafasi va taraqqiyotning o`zbek modelini o`rganishning 

ahamiyati.  Yosh  avlodda  ijtimoiy-falsafiy  bilimlarni  shakllantirish  va 

taraqqiyotimizning  tamoyillari  to`g’risida  ilmiy  xulosalar  xosil  qilish 

zarurati.  

Inson  olamning  tarkibiy  qismi.  Odam,  inson,  individ  va  shaxs 

tushunchalari.  Inson  tarixning  yaratuvchisi  va  eng  ulug’  ijtimoiy 

qadriyat. Antropologiya - inson to`g’risidagi fan. Insonning jamiyatdagi 




 

- 38 -


 

o`rnini  zamonaviy  talqinlari.  Insonning  tabiati  va  mohiyati.  Inson 

mavjudligi:  tana  (jism)  va  ruh  (ma`naviyat  uyg’unligi).  Inson  borlig’i: 

tabiiy  jonzot,  biologik  zot,  ijtimoiy  vujud.  Insonning  ma`naviy  -  ruhiy 

olami. Shaxsning tabiiy, ijtimoiy va ma`naviy - psixologik xususiyatlari. 

Maqsad va manfaatlar inson borlig’ining tamoyillari sifatida.  

Mustaqil O`zbekistonda demokratik jamiyat qurish, inson qadri va 

erkinliklari.  Inson  manfaatlari,  uning  moddiy  va  ma`naviy  ehtiyojlari. 

Islohotlar  -  inson  manfaatlarini  ko`zlab  amalga  oshirilayotgan  jarayon. 

Bozor munosabatlariga o`tish sharoitida ijtimoiy himoya qilish tamoyili. 

Inson muammosini o`rganishning tarbiyaviy zarurati va ahamiyati. 

O`zbekistonda  ozod  Vatan  va  erkin  hayot  qurish  vazifalarining  yoshlar 

ma`naviy  kamoloti  bilan  uyg’unligini  ta`minlash  -  zamonaviy  ta`lim-

tarbiya ishining mezoni sifatida.  




Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin