Reja: Kirish 1. Ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar, ularning turlari va qondirish usullari
2. Ishlab chiqarishning iqtisodiy mazmuni
3. Ishlab chiqarishning natijalari
Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish Insonning hayotiy faoliyatini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan vositalarning aksariyat qismi inson mehnati bilan yaratiladi. Shunga ko‘ra, ehtiyojlarning mavjudligi ishlab chiqarishning uzluksiz ravishda amalga oshirilishini ham taqozo etadi. Ishlab chiqarish jarayonida sodir bo‘ladigan munosabatlar ayirboshlash, taqsimot va iste’mol jarayonlarida bo‘ladigan munosabatlarga yo‘nalish beradi va ta’sir qiladi. Ishlab chiqarish jarayonidagi munosabatlar boshqa fazalardagi munosabatlarning tavsifini belgilab beradi. Mazkur bobda bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarish omillari va ishlab chiqarish jarayoniga tegishli muammolar qarab chiqiladi. Ishlab chiqarish omillari tavsiflanadi, ishlab chiqarishning maqsadi va mazmuni ochib beriladi, so‘ngra uning natijalari va samaradorligi bilan bog‘liq masalalar bayoni beriladi. Tahlilda «ishlab chiqarish imkoniyati» tushunchasiga ham o‘rin ajratiladi. Bobning oxirida keyingi qo‘shilgan mahsulot va uning kamayib borishi, keyingi qo‘shilgan mehnat va kapital unumdorligining pasayib borishi qonunining mazmuniga tegishli marjinalistik g‘oyalar bilan tanishtiriladi.
Ehtiyojlarning o‘zi ham bir-birini taqozo qiladi. Bir ehtiyoj o‘z orqasidan boshqa bir ehtiyojni keltirib chiqaradi. Masalan, kompyuter texnikasiga ehtiyojning paydo bo‘lishi, o‘z navbatida uni ishlatishni o‘rganish, unga xizmat ko‘rsatish, dastur tuzish kabi ehtiyojlarni keltirib chiqaradi.
Ehtiyojlarning o‘sib borishi bir tekis, uzluksiz bo‘lmaydi. Uning o‘sishiga qarshi ta’sir qiluvchi omillar ham mavjud bo‘ladi. Ishlab chiqarish holati, jamiyatdagi hukmron munosabatlar, favqulodda yuz beradigan holatlar (urushlar, iqtisodiy tizim almashishi) va zilzila, suv toshqini, yong‘in kabi tabiiy ofatlar ehtiyojlarning o‘sib borishiga qarshi ta’sir ko‘rsatuvchi omillardir. Shunday qilib, ehtiyojlarning o‘sib borishi qonuni mavjud ehtiyojlarning miqdoran o‘sib borishida, mutlaqo yangi ehtiyojlarning paydo bo‘lishida, muayyan ehtiyojlar doirasida turli ehtiyojlar nisbatining o‘zgarishida va bir ehtiyojning boshqasi bilan almashinishida namoyon bo‘ladi. Ehtiyojlarning o‘sib borishi, uni qondirish vositalari darajasi bilan chegaralanadi. Chunki ehtiyojlar cheksiz o‘zgargani holda uni ta’minlash uchun kerak bo‘ladigan iqtisodiy resurslar cheklangan bo‘ladi
Ehtiyojlarning uzluksiz o`zgarib turishi har qanday jamiyatga xosdir, ya'ni ehtiyojlar cheksizdir. Ehtiyojlarning cheksizligi ularning to`xtovsiz yangilanib borishidan iboratdir.. Ehtiyojning yuksalish qonuni borki, u umumiqtisodiy qonunlar jumlasiga kiradi va jamiyatning ichki tuzilishidan qat'i nazar insoniyat taraqqiyotining hamma bosqichlarida amal qiladi. Bu qonunga ko`ra jamiyat a'zolarining, butun aholining ehtiyojlari uzluksiz yuksalib boradi, ehtiyoj miqdoran o`sib, tarkiban yangilanib turadi, eski ehtiyojlar o`rniga yangisi keladi, ehtiyojlarning rivojlanishi murakkab tarzda yuz beradi.