Ijtimoiy-iqtisodiy fakultet iqtisodiyot va servis kafedrasi iqtisodiyot nazariyasi


-rasm Yerning renta miqdorining shakillari



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə12/17
tarix17.02.2022
ölçüsü0,55 Mb.
#52686
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Agrar ishlab chiqarish. Renta munosabatlari.. TAYYOR1 (2)

4-rasm

Yerning renta miqdorining shakillari

Renta nazariyasi dastlab fiziokratlar maktabining asoschilari F.Kene va A.Tyurgolarning ilmiy asarlarida kwrib chiqilgan. Ular rentaning vujudga kelish sababini tabiat, erning qandaydir sirli kuchi, tabiat ehsoni, erning qo’shimcha mahsulot yarata olish qobiliyati natijasi orqali izohlaganlar. Ular qishloq xo’jalik mahsulotlarini yaratishda, jumladan, sof va qo’shimcha mahsulot yaratishda tabiat rolini ko’rsatishga harakat qilganlar.

Keyinchalik renta nazariyasining asoslari klassik iqtisodchilar U.Petti, J.Anderson, A.Smit va D.Rikardolar tadqiqotlarida turli darajada takomillashtirilgan. Jumladan, Anderson differentsial renta to’g`risidagi qarashlarni ilgari surgan, biroq rentaning tovar qiymatining bir qismi ekanligini tushuntirib berolmagan. Rikardo esa, fiziokratlardan farqli o’laroq, rentaga mahsulot ijtimoiy va individual qiymatlari o’rtasidagi farq sifatida qarab, renta nazariyasini qiymatning mehnat nazariyasi, qiymat qonuni bilan bog`lagan.
Renta nazariyasini rivojlantirishda rus iqtisodchilaridan N.G.Chernishevskiy va N.I.Ziberlar salmoqli hissa qo’shganlar.

Hozirgi vaqtda Rossiyada «Iqtisodiyot nazariyasi» bo’yicha chop etilgan qator o’quv qo’llanma va darsliklarda ham yer rentasi munosabatlari keng bayon etilmoqda.


D.D.Moskvin tahriri ostida tayyorlangan darslikda yozilishicha, resurslarning turli-tumanligi natijasida ulardan foydalanish chog`ida renta daromadlarining turli ko’rinishlari paydo bo’ladi, jumladan: qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishda vujudga keluvchi yer rentasi; foydali qazilmalarni qazib olish chog`ida vujudga keluvchi renta; o’rmon resurslaridan foydalanishda hosil bo’luvchi renta; qurilish uchastkalaridan olinuvchi renta va h.k. Barcha turdagi tabiiy resurslar yer bilan uzviy bog`liq bo’lganligi sababli ulardan foydalanishda rentaning vujudga kelishi uchun bir-biriga o’xshash shart-sharoitlar mavjud bwladi. Qishloq xo’jalik ekinlaridan foydalanishning iqtisodiy shart-sharoitlariga nisbatan ishlab chiqilgan renta munosabatlarini tahlil qilish uslubiyoti rentaning barcha turlariga tegishli bwladi, shunga ko’ra ularni er rentasiga kiritish to’g`ri bo’ladi. Haydaladigan yer, qurilish uchastkasi, ruda koni, baliq ovi, wrmon va boshqalardan to’lanishidan qat`iy nazar, renta ko’rinishidagi mazkur pul summasi yer rentasi deb ataladi.
Yer rentasi er egaligini iqtisodiy jihatdan amalga oshirish (realizatsiya qilish)ning shaklidir. Yer rentasining bir qancha tarixiy ko’rinishlari mavjud. Masalan, uch shakldagi: barshchina (ishlab berish), obrok (natural soliq) va pul solig`i shakllaridagi feodal rentalari shular jumlasidandir. Hozirgi paytda turli mamlakatlarda mavjud renta vujudga kelish sabablari va shart-sharoitlariga qarab quyidagi turlarga ajratiladi: absolyut er rentasi, differentsial (tabaqalashgan) renta I va II, monopol renta, qazilma boyliklar, qurilishlar joylashgan yerlardan olinadigan renta.Rentaning mohiyatini tushunishdagi asosiy qiyinchilik tadbirkorlar o’rtasida qayta taqsimlanmaydigan qo’shimcha sof daromadning vujudga kelishi shart-sharoit va sabablarini ochib berilishi hisoblanadi. Bunday holat vujudga kelishining sabablaridan biri samarali xo’jalik yuritish uchun yaroqli bo’lgan yerlarning cheklanganligi va qayta tiklab bo’lmasligida o’z ifodasini topadi. Ikkinchi sababi – yerga yoki boshqa tabiiy resursga mulkchilik ob`ekti yoki xo’jalik yuritish ob`ekti sifatidagi monopoliyaning mavjudligi hisoblanadi. Uchinchi sababi esa, ko’p mamlakatlarda qishloq xo’jaligidagi kapital uzviy (organik) tuzilishi, ya`ni doimiy va o’zgaruvchi kapital o’rtasidagi nisbatning pastligi hisoblanadi.

5-rasm


Yer uchastkalarining unumdorligi va joylashgan joyidagi farqlar natijasida vujudga keladigan qo’shimcha daromad (qiymat)ning bir qismi renta shaklini oladi hamda u differentsial renta deb ataladi.

Qishloq xwjaligida eng muhim ishlab chiqarish vositasi –erning miqdori va sifatini tabiatning wzi cheklab qwygan, uni inson kwpaytirishga qodir emas.


Shuning uchun qishloq xo’jalik ishlab chiqarishini faqat yaxshi unumdor er uchastkalarida to’plash mumkin emas. Agar ishlab chiqarilgan mahsulot to’lovga qodir talab bilan ta`minlangan bo’lsa, yerning mahsuldorligi yoki joylashuvi jihatidan yomon sharoit qishloq xo’jalik tovarlariga narx shakllanishini tartibga soluvchi ijtimoiy normal sharoit hisoblanadi. Natijada o’rtacha yoki yaxshi yerlarda xo’jalik yurituvchi ishlab chiqaruvchilar qo’shimcha mahsulot va binobarin foyda oladilar.9

Bu foyda qisqa muddatli emas, balki ozmi-ko’pmi doimiy xususiyatga ega. Barcha erlar mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar tomonidan egallab olinganligi sababli, bu ishlab chiqaruvchilar erga xo’jalik ob`ekti sifatidagi monopoliya vujudga keladi. Bu hol differentsial rentaning vujudga kelishiga shart-sharoit yaratadi.


Shunday qilib, differentsial renta hosil bo’lishining tabiiy sharti miqdori cheklangan yerning sifati (unumdorligi) dagi farqlardir, uning ijtimoiy-iqtisodiy sababi esa foydalaniladigan yerlarda iqtisodiy jihatdan alohidalashgan tarzda mustaqil xo’jalik yuritishdir.
Differentsial renta o’zining kelib chiqish sharoitlarga qarab differentsial renta I va differentsial renta II ga bwlinadi.

Differentsial renta I yerning tabiiy unumdorligi bilan bog`liq bo’lgan, sanoat markazlariga, bozorlarga va aloqa yo’llariga yaqin joylashgan serunum er uchastkalarida vujudga keladi. Chunki bunday er uchastkalarida sarf-xarajatlar darajasi unumdorligi past, bozorlardan, shaharlardan va markaziy yo’llardan uzoq joylashgan er uchastkalari mahsulot birligiga to’g`ri keladigan xarajatga nisbatan kam bo’ladi.


Yer rentasi yer egaligini iqtisodiy jihatdan amalga oshirish (realizatsiya qilish)ning shaklidir. Yer rentasining bir qancha tarixiy ko‘rinishlari mavjud. Masalan, uch shakldagi: barshchina (ishlab berish), obrok (natural soliq) va pul solig‘i shakllaridagi feodal rentalari shular jumlasidandir. Hozirgi paytda turli mamlakatlarda mavjud renta vujudga kelish sabablari va shart-sharoitlariga qarab quyidagi turlarga ajratiladi: absolyut yer rentasi, differensial (tabaqalashgan) renta I va II, monopol renta, qazilma boyliklar, qurilishlar joylashgan yerlardan olinadigan renta.

Rentaning mohiyatini tushunishdagi asosiy qiyinchilik tadbirkorlar o‘rtasida qayta taqsimlanmaydigan qo‘shimcha sof daromadning vujudga kelishi shart-sharoit va sabablarini ochib berilishi hisoblanadi. Bunday holat vujudga kelishining sabablaridan biri samarali xo‘jalik yuritish uchun yaroqli bo‘lgan yerlarning cheklanganligi va qayta tiklab bo‘lmasligida o‘z ifodasini topadi. Ikkinchi sababi – yerga yoki boshqa tabiiy resursga mulkchilik ob’ekti yoki xo‘jalik yuritish ob’ekti sifatidagi monopoliyaning mavjudligi hisoblanadi. Uchinchi sababi esa, ko‘p mamlakatlarda qishloq xo‘jaligidagi kapital uzviy (organik) tuzilishi, ya’ni doimiy va o‘zgaruvchi kapital o‘rtasidagi nisbatning pastligi hisoblanadi. Yer uchastkalarining unumdorligi va joylashgan joyidagi farqlar natijasida vujudga keladigan qo‘shimcha daromad (qiymat)ning bir qismi renta shaklini oladi hamda u differensial renta deb ataladi. Qishloq xo‘jaligida eng muhim ishlab chiqarish vositasi – yerning miqdori va sifatini tabiatning o‘zi cheklab qo‘ygan, uni inson ko‘paytirishga qodir emas. Shuning uchun qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini faqat yaxshi unumdor yer uchastkalarida to‘plash mumkin emas. Agar ishlab chiqarilgan mahsulot to‘lovga qodir talab bilan ta’minlangan bo‘lsa, yerning mahsuldorligi yoki joylashuvi jihatidan yomon sharoit qishloq xo‘jalik tovarlariga narx shakllanishini tartibga soluvchi ijtimoiy normal sharoit hisoblanadi. Natijada o‘rtacha yoki yaxshi yerlarda xo‘jalik yurituvchi ishlab chiqaruvchilar qo‘shimcha mahsulot va binobarin foyda oladilar.

Demak, differensial renta hosil bo‘lishining tabiiy sharti miqdori cheklangan yerning sifati (unumdorligi) dagi farqlardir, uning ijtimoiy-iqtisodiy sababi esa foydalaniladigan yerlarda iqtisodiy jihatdan alohidalashgan tarzda mustaqil xo‘jalik yuritishdir. Differensial renta o‘zining kelib chiqish sharoitlarga qarab differensial renta I va differensial renta II ga bo‘linadi.
Differensial renta I yerning tabiiy unumdorligi bilan bog‘liq bo‘lgan, sanoat markazlariga, bozorlarga va aloqa yo‘llariga yaqin joylashgan serunum yer uchastkalarida vujudga keladi. 

Qishloq xo'jaligida o'tkazilayotgan iqtisodiy islohot1arning yangi bosqichida mulkchilikning ijara shakllarini, shartnomaviy munosabatlarga asoslangan хо'jalik yuritish tizimini rivojlantirish, qishloq xo'jaligi mahsulot1ari ishlab chiqaruvchilari manfaatlari ustuvorligini ta'minlash vа xizmat ko'rsatuvchi tashkilot1ar faoliyatini ana shu maqsadga qaratish, turli tashkiliy-huquqiy shakldagi xo'jalik yuritish sub'ektlari saqlab qolingan holda fermer хо'jaliklarini rivojlantirish muhim yo'nalish etib belgilandi. Shirkat, fermer va dehqon хо'jaliklariga ishlab chiqarish

faoliyatida yanada keng erkinlik berildi, bir vaqtning o'zida yer- suv resurslaridan unumli foydalanish va shartnoma shartlarini bajarishda tomonlarning javobgarligi va mas'uliyati oshirildi.

Farmonda ko'zda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishdan bosh maqsad islohotlarni yanada jadallashtirish, mavjud tabiiy, iqtisodiy, tashkiliy va mehnat resurslari salohiyatidan samarali foydalanish, pirovard natijada aholi turmush farovonligini oshirishga qaratilgan. Farmonda shirkat, fermer va dehqon хо'jaliklarining teng huquqligini saqlab qolgan fermer хо'jaliklarini ustuvor

rivojlantirishga alohida urg'u berildi.

Absolyut renta - qishloq xo’jaligida yerga bo’lgan xususiy mulkchilik monopoliyasi natijasida vujudga kelib, hamma turdagi: yaxshi, o’rtacha va yomon yerlardan olinadigan renta.

Ma'lumki, yerga bo’lgan monopol egalik natijasida eng sifati past yerlar ham bepul ijaraga berilmaydi. Yer uchastkalarining sifati qanday bo’lishidan qat'iy nazar, yer mulk bo’lganligi uchun uning egalari absolyut renta oladi. Absolyut yer rentasi eng unumdor, o’rtacha unumdor va unumdorligi past bo’lgan yerlardan ham

olinadi. Barcha uchastkalardan olinadigan renta miqdori teng bo’ladi. Sifatli yerlardan undiriladigan absolyut renta, umuman olganda, renta miqdoridan kam bo’ladi. Shuningdek, yer tanqisligi sharoitida uning mulk bo’lishi va band etilishi undan olinadigan mahsulotlarga talabning ortib borishi natijasida absolyut renta binobarin, yer egasi uni o’ziga o’zlashtiradi. Bunday yer uchastkalarining egalari absolyut renta bilan bir qatorda differensial renta ham oladilar.

Qishloq хо'jalik korxonalarida soliq tizimi takomillashtirilib, 1999 yil 1 yanvardan boshlab, uning mavjud bir nechta turlari o'rniga yagona yer solig'i joriy etildi. Вu tadbir MDH davlatlari ichida birinchi bo'lib qo'llanila boshlanganligi va hozirgacha amaldaligi muhim ahamiyat kasb etadi.

Agrar islohotlarning uchinchi bosqichi 2000 yildan boshlandi. Вu bosqich: qishloq xo'jaligida tovar ishlab chiqaruvchilar haq- huquqlarini himoya qilish ustuvorligi; tovar ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy erkinligini yanada kengaytirish va davlat buyurtmasi bo'yicha yetishtirilayotgan mahsulotlarga baho belgilashda dunyo bozori narxlariga mos keluvchi tizimni shakllantirish; shirkat хо'jaliklarini, birinchi navbatda past rentabelli vа zarar ko'rib ishlayotgan korxonalarni fermer хо'jaliklariga aylantirish asosida qayta tashkil etish mexanizmi joriy etilishi; qishloq xo'jalik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga xizmat ko'rsatuvchi zamonaviy infratuzilma tizimining barpo etilishi bilan xarakterlanadi.

Xizmat ko'rsatish sohalari ob'ektlarini bozor iqtisodiyoti tamoyillari asosida tashkil etish boshlandi. Ular birinchi navbatda yangi fermer xo'jaliklari tuzilayotgan hududlarda barpo etilmoqda. Shunday qilib, qishloq хо'jaligi o'tish davrining Murakkab bosqichlarida o'z oldiga qo'yilgan vazifalarni bajara oldi. Q'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 24 martdagi "Qishloq хо'jaligida islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim yo'nalishlari to’g’risida"gi Farmoni qishloq xo'jaligida tarixiy ahamiyatga ega hujjat bo'lib, tarmoq rivojlanishida yangi bosqichni boshlab berdi.

Farmon ayrim idora vа vazirliklarning shirkat hamda fermer xo'jaliklari erkin faoliyatiga to'g'anoq bo’lib kelgan buyruqbozlik vа taqsimot funksiyalariga chek qo'ydi. Ushbu hujjat qishloq хо'jaligida mana shunday kamchilliklarni bartaraf etish yo'llarini hamda yaqin kelajakda agrar sohani rivojlantirishdagi ustuvor yo'nalishdagi vazifalarni aniq belgilab berdi.

Agrosanoat birlashmalari vа kombinatlari agrobiznesning yana bir turlaridir. Agrosanoat birlashmalari bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi vа unga bog'liq ishlab chiqarish faoliyati bilan shug'ullanuvchi bir necha хо'jalik hamda korxonalarni birlashtiradi. Masalan, bog'dorchilik vа uzumchilik bilan shug'ullanuvchi хо'jaliklar, ular mahsulotni qayta ishlovchi sex vа zavodlar, yetkazib beruvchi savdo-sotiq korxonalari bir texnologik jarayonga birlashib agrosanoat birlashmalarini tashkil qiladi. Birlаshmа ishtirokchilari ishlab chiqarish, xo'jalik vа moliyaviy mustaqilliklarini saqlab qolishi bilan birga, ularning umumiy mulki ham tarkib topib boradi. Agrosanoat kombinatlari qishloq хо'jalik mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash vа iste'molchiga yetkazib berishgacha barcha texnologik jarayonga xizmat qiluvchi хо'jalik vа korxonalarning ma'lum bir hududida birlashuvidir. Agrobiznes turiga ko'ngilli vа paychilik mablag'lari asosida tashkil qilingan turli xil uyushma vа ittifoqlarni ham kiritish mumkin. Qishloq хо'jaligida davlat korxonalari, jamoa хо'jaliklari vа shirkatlari, turli xil mulkchilik asosida tashkil qilingan ko'shma korxonalar ham agrobiznes turlari sifatida faoliyat ko'rsatadi.


Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin