II BOB. Agrar va renta munosabatlarining iqtisodiy tahlili
2.1. Mamlakatimizda agrar ishlab chiqarish va agro biznesni rivojlantirish
Agrar munosabatlarning asosini renta munosabatlari tashkil qiladi. Renta nazariyasi hozirgacha to’liq yoritib berilmagan nazariyalardan hisoblanadi. Iqtisodchilar o’rtasida uning mohiyatini tushuntirish bo’yicha turlicha yondoshuv va qarashlar mavjud bo’lib, ularning ayrimlari noaniqligicha qolmoqda. Shu sababga ko’ra rentani miqdoriy aniqlash va uning mohiyatini tushuntirish bo’yicha asosiy va ko’pincha bir–biriga qarama–qarshi bo’lgan nazariyalarga duch kelamiz.
Dostları ilə paylaş: |