Ijtimoiy-iqtisodiy fakultet iqtisodiyot va servis kafedrasi mijozlarga xizmat ko


Turizm xizmat ko’rsatishi bo’yicha



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/25
tarix13.06.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#129515
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
2-bob o`zbekiston turistik salohiyati haqida

Turizm xizmat ko’rsatishi bo’yicha uch guruhga bo’linadi: ichki turizm
milliy turizm va xalqaro turizm. 
Ichki turizm bir mamlakat ichida odamlarning bir hududdan ikkinchi 
hududga dam olish, davolanish, sport bilan shug‟ullanish, atrof-muhitni o’rganish 
kabi maqsadlarda qisqa muddatli harakatidir. 
Ichki turizm bir mamlakat ichida bo’lganligi tufayli u umumiy iqtisodiyotga 
ta‟siri kam bo’ladi. Ammo bir hudud hisobidan ikkinchi, turistlarni qabul qiluvchi 
hudud iqtisodiy samara, manfaat olishi mumkin. 
Milliy turizm ham turistik faoliyat majmuasi bulib, u ichki turizm va tashqi
mamlakatlardan kelgan turistlarga xizmat ko’rsatish sohasini tulik qamrab oladi.
O’zbekistonda milliy turizm davlat va nodavlat tashkilotlaridan tarkib topgan 
bo’lib, uni «O’zbekturizm» tashkiloti muvofiqlashtirib turadi. 
Xalqaro turizm eng nufuzli turistik harakat bulib, bir mamlakatga boshqa 
mamlakatdan kelgan turistlarni qabul qilish va boshqa mamlakatlarga turistik xizmat
ko’rsatishdir. Juda ko’p mamlakatlarda xalqaro turizm iqtisodiyotning muhim 
sohasi sifatida katta foyda keltiruvchi faoliyat hisoblanadi. Bu holatdan kelib
chiqiladigan bo’lsa, O’zbekiston ham juda katta turistik salohiyatga ega 
ekanligini inobatga olish va uni yirik foyda keltiradigan soha deb qarash lozim. 
Turizm maqsadi bo’yicha quyidagi turlarga bo’linadi: 
- salomatlikni tiklash; 
- dam olish; 
- sport musobaqalariga qatnashish yoki sport mashg‟ulotlarini o’tkazish; 
- ilmiy va ma‟rifiy ekspeditsiya; 
- atrof-muhitni, diqqatga sazovar turistik ob‟ektlarni o’rganish; 
- ziyorat qilish kabilar. 
Turizm foydaliligi bo’yicha ikki guruhga bo’linadi: iqtisodiy samarali 
turizm va ijtimoiy samara beradigan turizm. 


14 
Iqtisodiy samarali turizmga shunday turizm kiradiki, u turistlarni qabul 
qiluvchi mamlakat bo’lib, ularga xizmat qilish orqali ularning daromadlarini 
ta‟minlaydi. Aynan turizmning shu jihati uning iqtisodiy soha ekanligidan, foyda 
keltiruvchi faoliyatligidan dalolat beradi. Qaysi hudud yoki mamlakatda turistik 
ob‟ektlar mavjud bo’lsa o’shalar uning turistik salohiyatini belgilaydi. Turizmdan 
foyda qilaman degan davlat, kompaniya yoki shaxslar aynan ana shu salohiyatdan 
samarali foydalanish choralarini ko’rishi lozim. 
Ta‟kidlanganidek, O’zbekiston, ayniqsa Samarkand, Buxoro, Xiva shaharlari 
misilsiz turistik imkoniyatlarga ega. Agar ushbu sohani tez rivojlantirilsa aholining 
ko’p qismi ishga joylashadi, daromadi oshadi. Shu tufayli turizm industriyasini 
rivojlantirish O’zbekistonda eng ustuvor sohalardan biriga aylanmog‟i lozim. 

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin