3
Kirish
Turizm bugungi zamon iqtisodiyotida katta o`rin tutadi,
qolaversa,
kun sayin
takomillashib, yangilanib bormoqda. Hozirga kelib inson o’zining
qiziqishi
sohalarini ko’rib ulgurish, qoniqish, o’rganish, tanlash xususiyatlari va imkoniyat
darajalaridan to’g’ri foydalanish uchun ishlab chiqarish sohalarini, tabiiy biologik
resurslarni, insonlarning yashash tarzlarini alohida-alohida
turizm sohasiga
aylantirdi.
Hozirgi Rossiyalik mutaxassislarning yozishlaricha
jahonda turizmning asosiy
turlari 20-22 yo’nalishdan iborat. Ishlab chiqarish
sohalarining yoki insonlar
guruhining mo’jizakor, mukammal va hayratomuz ko’rinishga ega bo’lgan
mahsulotlari, inshootlari insonlar oqimini o’ziga jalb qilishi turizm sohasini keltirib
chiqardi, sohadagi turlarning ko’payib borayotganligi
ham ana shu omillarga
bog’liq.