Ijtimoiy-iqtisodiy fakultet iqtisodiyot va servis kafedrasi mijozlarga xizmat ko


 O’zbekistonda sayohatning yangi turlarini rivojlantirish istiqbollari



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/25
tarix13.06.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#129515
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25
2-bob o`zbekiston turistik salohiyati haqida

2.3. O’zbekistonda sayohatning yangi turlarini rivojlantirish istiqbollari 
O’zbekiston ekologik turizm va uning sarguzasht turlaridan rafting
trekking, miniladigan turizm (“door of road”), agroturizm, alpinizm va boshqa sport
turlarini rivojlantirish uchun boy imkoniyatlarga va o’ziga xos 
xususiyatlariga ega. Ekoturistlar uchun qiziqarli bo’lgan obyektlar, ya‟ni alohida 
muhofazaga olingan hududlar doirasidagi turli tabiiy va madaniy vujudga kelgan 
landshaftlar, o’simlik va hayvonot olami resurslari, kam uchraydigan va kamayib 
borayotgan organizmlar genofondi, ajoyib tabiat komplekslari, tabiat yodgorliklari 
ekoturizmni rivojlantirishning muhim asosi hisoblanadi. 
Ekologik turizm nuqtai-nazaridan alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar 
tayanch hududlar sifatida qaralmog‟i lozim. G‟arbiy Yevropa mamlakatlari 
o’zlarining tabiiy landshaftlaridan allaqachon mahrum bo’lganliklari sababli, 
yildan yilga boshqa mamlakatalrning tabiatiga bo’lgan qiziqishi tobora ortib 
bormoqda. Shuning uchun turistik resurslardan samarali foydalanishda tabiat 
muhofazasining o’rni katta. 
Ekologik turizm hozirgi kunga kelib jadal sur‟atlarda rivojlanib 
borayotgan 
turizm sohasiga aylandi. O’zbekistonda ekoturizm rivojlanishi tabiatni muhofaza 
qilish, ekoturistlarni vatanimizga jalb etish, noyob o’simliklar va hayvonot 
dunyosini saqlash, ko’paytirish muammolarini hal qilishga, balki mahalliy aholini 
ish bilan ta‟minlab iqtisodiyotimizni rivojlantirishiga katta hissa qo’shadi. 
Hozirgi vaqtda O’zbekiston hududida – qo’riqxonalar, milliy bog‟lar, tabiatning 
nodir yodgorliklari mavjud. 
O’zbekiston hududining muhofaza etilayotgan tabiiy hududlar tarkibida 2164 
km
2
maydonni tashkil etgan 9 ta davlat qo’riqxonasi, 6061 km
2
maydonni tashkil 
etgan 2 ta milliy bog‟ va noyob turlarga kiruvchi hayvonlarni ko’paytirish “Jayron 
ekomarkazi”, 12186 km
2
maydonni tashkil etgan 9 ta davlat buyurtmaxonalari 
mavjud. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni umumiy maydoni 20520 km
2
, yoki 
O’zbekiston hududining 5,2 % ni tashkil etadi. Muhofaza etiladigan tabiiy 
hududlarda yetarli darajada shart – sharoitlar, infratuzilma, hamda moddiy – texnik 
bazasining, servis xizmatlarini yaxshi yaratilmaganligi mamlakatimizda 


41 
ekoturizmni rivojlanishiga to’sqinlik qilmoqda. Shu munosabat bilan, 
Prezidentimizning 2006 yil 17 – aprelda “O’zbekiston Respublikasi 2006 – 2010 
yillarda xizmat ko’rsatish sohasini rivojlantirishni jadallashtirish chora – tadbirlari 
to’g‟risida”gi 325 sonli qarori chiqdi. Bu bo’yicha Respublikamizda ayrim ishlar 
boshlangan. Masalan, hozirgi kunda O’zbekistonda ekoturizm yo’nalishlari 
«Ekosan» xalqaro jamg‟armasining ekoturizm bo’linmasi tomonidan ishlab 
chiqilmoqda. Yo’nalishlar hozircha Zomin milliy bog‟i va Nurota qo’riqxonalariga 
uyushtirilgan. Undan tashqari ekoturizmni rivojlantirish maqsadida Tabiatni 
muhofaza qilish Davlat qo’mitasi “O’zbekiston Respublikasida ekologik turizmni 
rivojlantirish Konsepsiyasi va uning yaqin kelajakdagi istiqbollari”ni ishlab chiqdi. 
O’zbekiston tabiati rang – barang bo’lib, yilning issiq vaqtlaridan tashqari, qish 
va kuz fasllarida ham dam olishni tashkil etishni imkoniyati mavjud. Misol uchun 
tog‟li hududlarda qishki sport – dam olishni amalga oshirish mumkin. Toshkent 
viloyatida joylashgan Chimyon sport – dam olish majmuasi katta imkoniyatlarga 
ega. 
Xuddi shunday majmualarni Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari tog‟li 
mintaqalarida ham tashkil etish mumkin. Sog‟likni tiklash manbasi hisoblangan 
mineral suv va balchiqlar soni mamlakatimizda 200 dan ortadi. Bu yer osti suvlari 
kimyoviy tarkibi, tibbiy – biologik va boshqa xususiyatlariga ko’ra bir – biridan 
farq qiladi. Shuning uchun bu joylarda turli shifoxonalar, sanatoriy – kurortlar va 
boshqa sog‟lomlashtirish muassasalar qurish mumkin. Qashqadaryo, Surxondaryo, 
Zarafshon, Sangzor, Ohangaron va boshqa bir qancha daryolarga oqib tushuvchi 
tog‟ soyliklari rekreasiya resurslariga boy bo’lib, bu mintaqalarda dam olish 
oromgohlarini tashkil etish ko’paysa, birinchidan, aholini salomatligi yaxshilanadi, 
ikkinchidan, shu joy aholisi ish bilan ta‟minlanib, iqtisodiy daromad oshadi. 

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin