39
Xalqaro turistlar tomonidan eng katta qiziqish quyudagi ko’rsatgan Toshkent -
Samarqand - Buxoro -Urganch - Toshkent ekskursiya-tanishuv
marshrutiga
bildirilgan. Ushbu yo’nalish O’zbekistonning eng muhim tarixiy yodgorliklari bilan
tanishish, milliy an‟analar va udumlarni kuzatish hamda qadimiy shaharlar
hayotiga qo’shilish imkoniyatini beradi. Turoperatorlarning fikrlaricha,
Surxondaryo tarixiy-arxeologik markaz sifatida shuhrat topib borayapti.
Xalqaro turizm xizmat bozorida O’zbekiston o’z turistlik mahsulotini asosan
«Buyuk Ipak yo’li» reklamasi – brendi orqali sotadi. Bu loyiha bo’yicha eng ko’p
sotiladigan turlar quyidagilar bo’ldi:
- Toshkent - Samarqand - Buxoro - Urganch - Toshkent;
- Toshkent - Samarqand - Shahrisabz - Buxoro - Urganch -Toshkent.
O’zbekistonga chet eldan keluvchi turistlarning 76 % Buxoro, Samarqand,
Xorazm va Toshkentga tashrif buyurishga qiziqsa, qolgan 24% Jizzax, Qashqadaryo,
Surxondaryo va Farg’ona vodiysi viloyatlariga tashrif qiladi.
Shunga
qaramasdan, katta hajmdagi turistik marketingni barpo qilish uchun
bugun O’zbekistonga ancha davomli turistik mavsum zarur. Bugun mamlakatimiz
davomli turistik mavsumni oshirish srtategiyasini ishlab chiqmoqda (hozigi kunda
bu mavsum 3 oy atrifida). 2011 yilda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi mamlakatimizga yosh turistlarni jalb
qilish maqsadida marketing
strategiyasini va axborotlar kompaniyasini ishlab chiqdi.
Tyan-Shan, Pskema, Ugama tog‟ tizmalarida piyoda sayohatlar, djiplardagi
safari va tog‟ daryolardagi rafting kabilar O’zbekistonda ham turizm
sarguzashtlarining yangi mahsuloti bo’lishi va O’zbekistonga
turistlarning yosh
avlodini jalb qilishi mumkin. Bizda ham bunday turlarni taklif qiluvchi
kampaniyalar mavjud, ammo ularga xalqaro darajadagi aksiyalari zarur. Chunki
dunyo odamlari O’zbekistonni faqat tarixiy diqqatga sazovor joylarni taklif qilib
biladi deb o’ylashadilar. O’zbekistonni bunday tasavvur
qilishi keksa yoshdagi
turistlar orasida uni hammabop bo’lishi sabablaridan biri hisoblanadi.