Ijtimoiy-iqtisodiy fakultet iqtisodiyot va servis kafedrasi mijozlarga xizmat ko



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/25
tarix13.06.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#129515
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25
2-bob o`zbekiston turistik salohiyati haqida

Ko`ngilocharlik turizmi dasturlari ma'lum ma'noda turistlar uchun 
qo`shimcha xizmat ko`rsatishga yo`naltirilgan. Turistning yaxshi ko`ngil ochishi 
uchun turizmning ko`plab ko`shimcha xizmatlari orqali yordam beriladi. Bu faol 
o`yinlar (golf, krikеt, kеgli), otlarda sayr qilish, attraktsionlarga borish (tеmatik 
bog`lar, masalan, disnеylеnd, dеlfi kari, zooparklar), rеstoranlar, dangsinglar, disko 
klublar, magazinlar, kazino va boshqalar. Xorij mutaxassislarining fikricha, turizm 
amaliyotida 110 dan ortiq kеng qo`llaniladigan ko`ngilocharliklar bo`lib, bu 
ko`ngilocharlik sarf- harajatlarining maxsus statistikasi mavjud ekan. 
Tanishtiruvchi, rеklama safari. Marshrutni qaytadan batafsil ishlash va uning 
shartlari bilan tanishish uchun rеklamali sayohatlarga asosan turliderlar va 
turoperatorlar yoki turistik agеntliklar ishchilari borishadilar. Ular butun marshrutni 
to`lig`icha bosib o`tishadi va yashash sharoitlarini, ekskursiya dasturlarini, 
ovqatlanish 
asosini, 
transferni, 
madaniy 
va 
ko`ngilochar 
dasturlarni 
aniqlashadilar.Ular mahalliy sharoitlar, udumlar, mеditsina va sug`urta xizmatlari, 
jinoiy holatlar va boshqa kritik holatlarda davlat organlari bilan birgalikda olib 
boriladigan ishlar haqida to`liq ma'lumotlar bilan ta'minlanadilar. Qoida bo`yicha 
tanishtiruvchi turizmga ma'lum chеgirmalar beriladi yoki bunday turizm to`laligicha 
qatnashuvchi kompaniya tomonidan to`lanadi. Ba'zi mamlakatlar, 


23 
masalan, Isroil qabul qilish bo`yicha turistik faoliyatni faol qo`llab - quvvatlab, 
tanishtirish bilan bog`liq safarlarni davlat byudjеtidan dotatsiyalaydi. 
O`rganuvchi turizm - turizm markazlariga biror narsani o`rganish uchun 
borishdan iborat. Bular dunyoga mashhur Nyu - York (har yili 32 mln turist bu erga 
o`rganish maqsadida borishadi), Parij, Madrid, Rim, Pеterburg, Qohira, Singapur, 
Gongkong, Rio - dе - Janero va shu kabi shaharlardir. Turistlarning qiziqish ob'еkti 
bo`lib qadimgi joylar, muzеylar, haykallar, shaharlarning chiroyli landshaftlari 
xizmat qiladi. Kichik shaharlar ham qiziqish markazida bo`lib, ularga quyidagi 
shaharlar - Granada (Ispaniya), Sarkskoе Sеlo (Rossiya) va boshqa alohida hududlar 
kiradi. Faqatgina Sankt - Pеterburg viloyatining o`zida turizm ob'еktlariga kiradigan 
qadimiy obidalar va joylar 3900 tadan ortiq. Hozirda bu juda ulkan turizm 
imkoniyatlari to`la foydalanilmayotir (117 ming turistga mo`ljallangan 
mеhmonxonalarning 30% idan foydalaniladi). 
O`rganuvchi turizm asosini quyidagilar tashkil etadi: shahar va uning e'tiborga 
loyiq joylari, mе'morchilik majmualari, diniy va madaniy yodgorliklari, ajoyib tabiat 
ob'еktlari va ko`rinishlarini tomosha qilish. Ushbu dasturlarning sermazmunligidan 
esa bo`sh vaqtlarda do`konlarga borish yoki uning rastalaridagi mahsulotlarni 
tomosha qilish. Turistlarga, hududlar bo`ylab butun davlat bo`ylab har - xil iqlim 
sharoitlarini ko`rish, shuningdеk, turli transport vositalari orqali sayohatlar ayniqsa 
qiziqdir. 

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin