Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə143/153
tarix04.08.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#138686
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   153
banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika (3)

IZOHLI LUG‘AT

Aksept – to‘lovchining to‘lov hujjatini to‘lash uchun bergan roziligi.
Avizo – banklararo hisob-kitoblarda hujjatning yuborilganligi to‘g‘risidagi ogohnoma.
Akkreditiv – ishonch, ishonchli ma’nosini bildiradi, naqd pulsiz hisob-kitob shakllaridan biri.
Amortizatsiya (eskirish) – bu aktivning foydali xizmat qilish muddati davomida uning amortizatsiya qilinadigan qiymatini muntazam ravishda taqsimlash va bank xarajatlari uchun o‘tkazib borish ko‘rinishi-dagi eskirishning qiymat ifodasi.
Amortizatsiyalanadigan qiymat – bu aktivning, uning likvidat-siya qiymatini chegirib tashlagan holda, moliyaviy hisobotlarda ko‘rsa-tilgan boshlanђich (tiklanish) qiymati summasi.
Asosiy vositalar – bu moddiy aktivlar bo‘lib, bank faoliyatida bank xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida, ijaraga berish uchun yoki ma’-muriy maqsadlarda foydalaniladi va bir yildan ortiq vaqt mobaynida foydalanishga mo‘ljallangan.
Boshlang‘ich (haqiqiy) qiymat – bu asosiy vositani qurish yoki uni sotib olish (qurish yoki qurilishni tugallash) uchun haqiqiy xarajatlar summasi, shu jumladan, to‘langan soliqlar, bojxona bojlari va yig‘imlari hamda yetkazib berish, montaj, o‘rnatish, ishga tushirish va aktivdan belgilangan maqsadda foydalanish uchun uni ishchi holatiga keltirish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlar summasidir.
Balans qiymati – bu jamg‘arilgan eskirish va qiymatini yo‘qotish-dan ko‘riladigan jamg‘arilgan zararni chegirib tashlagandan keyin qol-gan va ushbu summa bo‘yicha aktiv balans hisobotida tan olinadigan summa.
Bank amaliyot kuni – bank ish kunining bir qismi bo‘lib, bankka kelib tushgan barcha pul hisob-kitob hujjatlarini qabul qilish, rasmiy-lashtirish va buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida aks ettirish uchun ajra-tilgan vaqt.
Bank buxgalteriya apparati – pul hisob-kitob hujjatlarini rasmiy-lashtirish, bank operatsiyalarini ichki nazoratdan o‘tkazish hamda ularni hisob registrlarida qayd etish bilan shug‘ullanuvchi xodimlar guruhi

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin