Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə146/153
tarix04.08.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#138686
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   153
banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika (3)

Dastlabki nazorat – Front-ofis yoki mas’ul ijrochi buxgalter to-monidan operatsiyalarni bajarmasdan oldin ularning qonunchilikka mos ekanligini aniqlash bo‘yicha amalga oshiriladigan nazorat;
Devidend – deb ataluvchi daromad aksionerlarga ularning qo‘li-dagi aksiyalar soniga muvofiq to‘lanadi.
Debitor – qarzdorlar, to‘lovchi shaxs yoki korxona; fuqarolik hu-quqiga shartnomadagi yoki boshqa majburiyatnomadagi qarzdor.
Debitorlik qarzi – korxona, tashkilot, muassasalar bilan o‘zaro xo‘jalik munosabatlari natijasida jismoniy va yuridik shaxslar (debitor-lar)dan olinadigan tegishli qarzlar miqdori. Debitorlik qarzi xo‘jalik yurituvchi mazkur subyektning oborotidagi pul mablaglaridan ma’lum qismini jalb etish jarayonini va ularning debitorlar tomonidan foydala-nishini aks ettiradi.

270


Jamg‘arma sertifikatlari – bu bank tomonidan chiqariladigan va uni egasiga oldindan shartlashilgan vaqtda belgilangan summani olish huquqini beruvchi qimmatli qog‘ozdir.
Yordamchi kitob – bosh kitob hisobvaraqlariga ochiladigan shax-siy hisobvaraqlar, shuningdek, alohida mablag‘lar turi va qimmatliklar bo‘yicha yuritiladigan kartochka, kitob yoki jurnallar;
Joriy nazorat – Bek-ofis yoki nazoratchi buxgalter tomonidan Front-ofis yoki mas’ul ijrochi buxgalter ma’qullagan barcha bank ope-ratsiyalarining qonunchilikka mosligini aniqlash maqsadida qaytadan amalga oshiriladigan nazorat. Joriy nazorat pul hisob-kitob hujjatlarining asl va elektron nusxalarining bir-biriga mosligini tekshirishni ham o‘z ichiga oladi;
Inflyatsiya – mamlakat iqtisodiyotida iste’mol tovarlari va xizmat-lari narxlari umumiy darajasining o‘sishi.
Imtiyozli aksiyalar – oddiy aksiyalar singari firmani, korxona-ning kapitalini bir qismiga egalik qilish huquqini beradi, ammo uning egasi boshqaruvda ishtirok etish huquqini bermaydi.
Inkasso bank operatsiyasi turi; bank mijozining topshirig‘iga ko‘ra unga tegishli pul miqdorini haq to‘lovchi korxonalardan hisob-kitob hujjatlari asosida ular manziliga jo‘natilgan mollar va xizmat uchun qabul qilib oladi va mijozning bankdagi hisobvarag‘iga o‘tkazadi.
Kredit – iqtisodiy kategoriya bo‘lib, u vaqtincha o‘z egalari qo‘li-da bo‘sh turgan pul mablag‘larini boshqalar tomonidan ma’lum muddat-ga haq to‘lash shcharti bilan qarzga olish va qaytarib berish yuzasidan kelib chiqadigan munosabatlarni bildiradi.

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin