Muddatli kredit – kredit shartnomasiga ko‘ra to‘lav muddati hali yetib kelmagan ssudadir.
Muddati uzaytirilgan kredit – ayrim hollarda kreditni qaytarish muddati kelmasdan avval qarzdor tomonidan bankka taqdim etilgan iqti-sodiy asoslangan yozma iltimosnoma asosida kreditni qaytarish mudda-tini keyinroqqa surilishi to‘g‘risida filial kredit komissiyalari qarorlari asosida Bosh bank kredit qo‘mitasi bilan kelishilgan holda ijobiy qaror qabul qilingan qarzlar.
Muddati o‘tgan kreditlar– kredit shartnomasida belgilangan qaytarish muddati, shuningdek, garchi ularning muddati uzaytirilgan bo‘lsa, uzaytirish muddati ham tugagan qarzlardir. Muddati o‘tgan kre-ditlar iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra qayta rasmiylashtirilgan hisoblanadi, chunki kredit shartnomasida muddati o‘tkazib yuborilganligi uchun oshirilgan foiz stavkalarini qo‘llash ko‘zda tutiladi.
Nazoratchi buxgalter –mas’ul ijrochi buxgalter tomonidan dast-labki nazoratdan o‘tkazilgan barcha bank operatsiyalarini joriy nazorat-dan o‘tkazib amalga oshiruvchi buxgalter;
272
Obligatsiyalar – zayom oluvchilarni (emitentini) va kreditlarni (investorni) munosabatlarini rasmiylashtiruvchi qimmatli qog‘oz bo‘lib, emmitentini belgilab pul summasini kelishilgan vaqtda to‘lash shartini ifoda qiladi.
Overdraft – kontokorrent hisob raqamining maxsus shakli hisob-lanadi. Uning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, bank mijozning asosiy “talab qilib olinguncha” depozit hisob raqamida qisqa muddat mobaynida debetli (qoplanmagan) qoldiq bo‘lishiga ruxsat beradi. Over-draft hisob raqamidan foydalanish huquqi eng ishonchli mijozlargagina beriladi.
Real foiz stavkasi– moliyaviy aktivning mo‘ljallangan xizmat muddati davomida yoki maqbul bo‘lgan holda, qisqaroq davrda kutila-yotgan kelgusi pul to‘lovlari yoki tushumlari oqimlarini uning sof balans qiymatigacha aniq diskontlaydigan stavka;
Rezerv kapital – aksionerlik jamiyati va boshqa tashkilotlarning xususiy valyutalarining bir qismi bo‘lib, ular foydadan chegirmalar hiso-biga xosil bo‘ladi. Ular, asosan, operatsion faoliyatlarda sodir bo‘ladigan yo‘qotishlarni to‘ldirish, asosiy kapital va daromad yaxshi bo‘lmagan holda ham dividend to‘lash hisoblarida qo‘llaniladi.